Mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy vositalari. Reja



Yüklə 494,32 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü494,32 Kb.
#136433
  1   2   3   4
3-mavzu (IAKTvaT)


3-mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy vositalari
Mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy vositalari.
Reja:

  1. Zamonaviy operatsion tizimlar Android va iOS.

  2. Windows operatsion tizimi.

  3. Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish talablari.


1. Android va iOS operatsion tizimlari.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, qurilma ishini boshqarish, qurilma va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatishni ta’minlaydi.

Android (yunoncha andro - inson oid - robot; odamsimon robot) ma’nosini bildiradi.
Android smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, bilakuzuklar, oʻyinpristavkalari, noutbuklar, netbuklar, smartbuklar, koʻzoynaklar, televizorlar, proyektorlar hamda boshqa qurilmalar (2015-yilda avtomobil koʻngilochar tizimlari va maishiy robotlarga ham oʻrnatildi) uchun operatsiontizim hisoblanadi.
Dastlab ushbu operatsion tizim Android Inc. tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik uni Google sotib oldi. Operatsion tizim Linux yadrosi va Google tomonidan ishlab chiqilgan Java virtual mashinasiga asoslangan.
Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi.
Dunyo boʻylab sotilgan smartfonlarning 86 % dan Android tizimi oʻrnatilgan.
2005-yil 11-iyulda Google Android Incʼni 130 million dollarga sotib oldi. 2007-yilning 5-noyabrida birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.
Android operatsion tizimining har bir versiyasining kod nomi avval boshida shirinliklar nomi bilan atalardi (bu anʼana 1.5 dan 9 gacha boʻlgan versiyalarda amal qilib keldi). Ismlarning birinchi harflari versiya tartibida lotinalifbosidagi harflarga mos keladi: 
1.5 Cupcake (keks), 1.6 Donut (boʻgʻirsoq), 2.0/2.1 Eclair (ekler- shirinligi), 2.2 Froyo (muzlatilgan yogurt-inglizcha frozen yogurt soʻzining qisqartmasi), 2.3 Gingerbread (zamjabilli pryanik), 3.0 Honeycomb (asalari uyasi), 4.0 Ice Cream Sandwich (vaflili muzqaymoq), 4.1/4.2/4.3 Jelly Bean (jeleli loviyachalar - konfet turi), 4.4 KitKat (shu nomdagi shokolad brendi), 5.0/5.1 Lollipop (obakidandon), 6.0 Marshmallow (marshmellou - amerikancha shirinlik), 7.0 Nugat (yongʻoqholva), 8.0 Oreo (Oreo pechenyesi), 9.0 Pie (pirog). Android versiyalariga shirinliklar nomini berish anʼanasi Android 10 chiqarilishi bilan tugadi. Android 11,12 versiyalari mavjud.

Yüklə 494,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə