Mavzu;Din psixologiyasi va ijtimoiy hayotdagi o’rni Bajardi; 13-23 guruh talabasi



Yüklə 7,03 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,03 Kb.
#163686
Din psixologiyasi va ijtimoiy hayotdagi o’rni

Mavzu;Din psixologiyasi va ijtimoiy hayotdagi o’rni

Bajardi; 13-23 guruh talabasi

Nasrullayeva Sabrina

Din psixologiyasi - bu tushunchani birinchi marta Shleyermaxerning “Psixoloiya” (1862) kitobida uchratish mumkin. Unda boshqa dinga sig‘inishga o‘tganlarning ichki xis-hayajonlari bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan bo‘lib, tavba-tazarru, gunoh, diniy kitob amrlariga bo‘ysunish va boshqalar tadqiq etilgan. Dinga sig‘inish kayfiyati jamiyatda sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlar, inqiroziy vaziyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ayni chog‘da din psixologiyasi nisbatan jiddiy emotsional xolatlarsiz ham o‘zini namoyon etishi mumkin. Din psixologiyasi negizida katarsis (poklanish) yotadi. Poklanishning birinchi bosqichida ruhiy inqiroz, hayotdan qoniqmaslik, axdoqiy va dunyoqarashga doir izlanishlar ro‘y beradi.

Ikkinchi bosqichda his-tuyg‘uda to‘satdan “burulish” - qalb ravshanlanib,individ xudoga yaqinlashgandek bo‘ladi. Uchinchi bosqichda qizg‘in his-hayajon o‘rnini xotirjamlik, o‘z fe’l-atvoridan qoniqish ruhi egallab, ichki dunyo ziddiyati o‘rnini diniy iymonga asoslangan uyg‘unlik egallaydi[

Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.

Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.

Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir.

Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, «dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi.

Dinning funksiyalari hozirgi dinshunoslik fanida juda keng turli konsepsiyalarga ko’rsatiladi. Din kishilar hayotida o’z qavmlari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi (kopensatorlik) funksiyani bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo’lib qolganda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezadi. Shu paytda u xudoga, payg’ambarlar, farishtalar, avliyolar 20 ajdodlarining ruhlariga murojaat» qilib, ishonch bilan ulardan madad so’raydi va ko’nglida «Xudo xohlasa yaxshi bo’ladi, dunyo baumed» deb, o’ziga tasalli beradi, o’zini ruhiy-ma’naviy tinchitadi.

Dinning to’ldiruvchanlik funksiyasi uning ijtimoiyligida eng asosiy vazifa hisoblanadi va shu bois din o’tmishda ham, hozirda ham jamiyat a’zolari hayotida mustahkam o’rin egallagan. Shu sababdan dindorlar va dindor bo’lmagan odamlar ham dinning kompensatorlik kuchiga ishonadilar, o’zlariga ma’naviy-ruxiy taskin berib qurbonlik qiladilar, chiroq yoqadilar, muqaddas joylarga ziyoratga boradilar, sadaqa beradilar va hokazo.

Ya’ni din insonlar hayotida ma’naviy-ruhiy kuch, odamlarning irodasini, iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi. Hozirgi zamon dinshunoslik fanida dinning kompensatorlik funksiyasini bayon qilishda mutaxassislar har xil yondashib, uni «dushespasitelnaya»1 (ya’ni shaxsga nisbatan «jonni qutqazish» , «najot berish», «ruhni baquvvat qilmoq») ma’nolarida ishlatgan. Dinning bu funksiyasini nemis sosiologi M.Veber «smыslopologayuщaya» (ya’ni «mazmunga ega») deb, uni asosiy va hamma dinlar uchun umumiy sifatida e’tirof etadi.

Bu funksiyasi odamni «biroz to’xtab, orqaga nazar tashlash», «hayot mazmuni», «ruhni, jonni qutqazish» haqida uylashga vodor qiladi. Irodasi kuchsiz odamlarga taskin beradi, ularning hayot qiyinchiliklarini yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi2. Dinni tadqiq etuvchilar uni ma’naviy omil sifatida inson hayotiga mazmun baxsh etadi deb, ta’kid qilganlar masalan, Z.Freyd ta’limotining davomchisi va keyinchalik uni tanqid qiluvchisi Shveysariyalik psixolog K.Yung ham shu mavqyeidan turib, dinning funksiyasini tushuntiradi.


Yüklə 7,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə