Mavzular ro’yhati



Yüklə 273,65 Kb.
səhifə4/5
tarix21.05.2018
ölçüsü273,65 Kb.
#45053
1   2   3   4   5

Nazorat uchun savollar

1. Qoqshol qo'zg'atuvchisining morfologiyasi qanday? 2. Qoqshol qo'zg'atuvchisining kultural va fermentativ xossasi qanday? 3. Qoqshol qo'zg'atuvchisining toksigenlik va antigen xossasini bilasizmi? 4. Qoqsholning patogenezini aytib bering. 5. Qoqsholning maxsus profilaktikasi va davosini aytib bering.



Mavzu: Botulizm qo’zg’atuvchisi.

Reja:

1. Botulizm qo’zg’atuvchisining asosiy xossalari 2. Ularning epidemiologiyasi va patogenezi 3. Profilaktikasi va davolash



Clostridium botulinum lotincha botus — kolbasa degan ma’noni bildirib, 1896-yili Ermengen tomonidan aniqlangan. Morfologiyasi. Tayoqchasimon, 4—9x0,6—1 mkm kattalikda, uchlari yumaloq. Tayoqchasimon, polimorf bo'lib, qisqa va ipsimon shakllari uchrab turadi. Spora hosil qiladi, subterminal holda joylashadi.Spora tayoqchadan katta bo'lganligi sababli ularga tennis raketka shaklini berib turadi. Kapsulasi yo'q. Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Yosh kulturalar Gram musbat bo'lib bo'yaladi. Kultural xossasi. C. botulinum — jiddiy anaerob. 25—37°C harorat ta’sirida pH 7,3—7,6 da kazeinli va go'shtli muhitlarda yaxshi o'sadi. 0°muhitda noto'g'ri shaklda ipsimon o'sadi. Tik agarda paxtaga o'xshash, ayrim hollarda donga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Qonli agarda shudring tomchisiga o'xshash, chetlari tekis yoki g'adir-hudur R shaklli koloniya hosil qiladi. Jigarli sho'rvada loyqalanish, kevinchalik cho'kma hosil qiladi va sho'rva tiniq'lashadi. Fermentativ xossasi. Saxarolitik xossasiga ko'ra laktoza, glukoza, maltoza, glitserinni kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra jigar bo'lakchalarini eritadi, tuxum oqsilini parchalaydi, jelatinani eritadi, sutni peptonlaydi, vodorod sulfati va ammiak hosil qiladi. Toksigenligi. С. botulinum barcha mavjud biologik toksinlardan ham kuchli bo'lgan toksin ajratadi . 1 mkg botulizm toksinida 100 000 000 oq sichqonlarni o'ldiruvchi doza mavjud. Toksin ikkita komponentdan tashkil topgan: neyrotoksin va gemagglyutinin. Antigenligi. Neyrotoksinli barcha shtammlar antigenlik xossasiga ko'ra yettita serovarga bo'linadi: A, B, C, D, E, F va G. Har bir serovari maxsus immunogenligi bilan tavsiflanadi. Ko'pincha A, B, E serovarlari kasallik keltirib chiqaradi, kam hollarda C, D, F serovarlari ham uni keltirib chiqarishi mumkin. G serovari kam o'rganilgan. Chidamliligi. C.botulinumning vegetativ shakli 80°C harorat ta'sirida 30 daqiqadan so'ng nobud boiadi. Sporasi chidamli. Qaynatilganda bir necha soat - 5 soatgacha saqlanadi. Go'shtning katta bo'laklarida, katta hajmli konserva bankalarida avtoklavda sterilizatsiya qilingan hollarda ham saqlanib qoladi, 5 %li fenol ta'sirida sporalar bir kuchgacha saqlanadi. Botulizm toksini qaynatilganda 10 daqiqadan so'ng parchalanadi. U tik quyosh nuriga, past haroratga va dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli. Patogenligi. Botulizm qo'zg'atuvchisiga yirik va mayda shoxli hayvonlar, kemiruvchilar, qushlar sezgir. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, dengiz cho'chqachalari, quyonlar, mushuklar sezgirdir. Infeksiya manbayi. Botulizm qo'zg'atuvchisi tashqi muhitda keng tarqalgan: hayvon va baliq chiqindilari bilan tuproqqa, suvga va boshqa yerlarga tushadi. Tuproqda ular hatto bo'linib ko'paydi. Odam botulizm qo'zg'atuvchisini saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilishi natijasida zararlanadi. Tarqalish yo'li. Alimentar, ya'ni go'sht, baliq, qo'ziqorin va sabzavotlardan tayyorlangan konservalarni iste'mol qilish natijasida yuqadi. Ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan konservalar xavfli hisoblanadi. Patogenezi. Kirish darvozasi bo'lib og'iz shilliq pardasi hisoblanadi. Botulizm qo'zg'atuvchisi bo'linib ko'payishi natijasida hosil bo'lgan neytrotoksin oshqozon ichak sistemasida ishlab chiqarilgan proteolitik fermentlarga sezuvchan emas. Patologik jarayonlar neytrotoksin ta'sirida yuzaga keladi. Neytrotoksin ichakdan so'riladi, butun a'zolarga tarqaladi va markaziy nerv sistemasi, uzunchoq miya, yurak tomir sistemasini shikastlaydi. Ko'rish a’zolarida, nafas olish va yutish funksiyalarida o'zgarish yuzaga keladi.Kasallanish belgilari 12—24 soatdan so'ng namoyon bo'ladi. Zaharlangan kishilarda ko'z soqqasi muskullarining chala falaji, halo falaji kuzatiladi, ovoz chiqmaydi, ko'z qovoqlari osilib qoladi ко' g'ilay bo'ladi. Bemor boshi aylanayotganini, narsalar ko'ziga ikkit^ bo'lib ko'rinayotganligini aytadi. So'ngra ich qotishi, ba'zan ich ketishi, tana muskullarining kuchsizligi qo'shiladi. Bemorning hushi joyida bo'ladi, puis tezlashadi, tana harorati normal qolishi yoki birmuncha pasayishi mumkin. Bemorlar nafas falajidan yoki yurak falajidan nobud bo'ladi. Immuniteti. Odatnda tabiiy immunitet yo'q. Odam C. botulinum toksiniga juda sezgir. Kasallikdan so'ng immunitet yuzaga kelmaydi. Profilaktikasi. Oziq-ovqatlar ifloslanishining oldini olish, konserva mahsulotlarini tayyorlash, ayniqsa, uyda tayyorlanadigan konserva-larni tayyorlash texnikasiga rioya qilish. Uyda tayyorlangan konservalarni iste'mol qilishdan avval 15—20 daqiqa suv hammomida sterilizatsiya qilib, so'ng iste'mol qilish lozim, chunki botulizm toksini qaynatganda neytrallanadi. Maxsus profilaktikasi yuzasidan botulizm qo'zg'atuvchisi yoki toksini bo'lgan mahsulotlarni ite'mol qilgan odamga botulizmga qarshi polivalent A, B, E antitoksin zardobi yuboriladi. Qo'zg'atuvchining turi aniqlangandan so'ng esa, shu turga xos botulizmga qarshi zardob yuboriladi.

Nazorat uchun savollar 1. Botulizm qo'zg'atuvchisini morfologik va kultural xossalarini aytib bering. 2. Botulizm qo'zg'atuvchisining fermentativ xossasini bilasizmi?

3. Botulizmga shubha qilinganda qanday tekshirish materiali olinadi?

4.Tekshirishda qaysi asosiy usullardan foydalaniladi?

5. Botulizmga qarshi zardob bilan qanday biologik va neytral reaksiyasi qo'yiladi?

6. Botulizm bilan kasallangan bemorlarda kasallik belgilari necha soatdan keyin nomoyon bo’ladi?

7. Botulizm qaysi yo’llar orqali yuqadi?

8. Botulizm qo'zg'atuvchisining infeksiya manbai kim hisoblanadi?

Mavzu : Havo - tomchi infeksiyalari.

Reja:

1.Havo - tomchi infeksiyalarini asosiy xossalari 2. Ularning epidemiologiyasi va patogenezi 3. Profilaktikasi va davolash

Havoga mikroblar tuproqdan chang bilan ko’tariladi. Havoning quyi qatlamlarida mikroblar ayniqsa ko’p.Qorli cho’qilarning tepasidagi va dendizlar ustidagi havoda mikroblar juda kam bo’lib,1m kub havoda 4-5 tadan ortiq mikrob topilmaydi.Yahshi shamollatilmagan uylar , odamlar ko’p to’planadigan honalar havosida mikroblar juda Havoda har xil kokklar,ayniqsa sarsinalar,turli tayoqchalarning sporalari , mog’or zamburug’lari , aksinomisitlar ko’proq topiladi. Saprofitlardan tashqari, havoda ba’zan patogen mikroblar – tuberkulyoz mikobakteriyalari, difteriya, ko’kyo’tal tayoqchalri, har xil kokklar streptokokklarar ,pnevmokokklar va boshqa mikroblar uchrashi , odam bunday havodan nafas olganda kasallik yuqishi mumkin. Bemor aksa urganda yo’talganda, so’zlashganda, shuningdek,bemor chiqindilari bilan ifloslangan narsalardan havoga mikroblar havoga o’tadi. Mikroblar havoda uzoq vaqt turmaydi, chunki turli omillar – quritish , quyosh nuri, temperaturani o’zgarishi , oziq moddalarning kamligi mikroblarga zararli ta’sir ko’rsatadi. Havo – tomchi ifeksiyalari asosan tayoqchasimon, ovalsimon, Gram usulida bo’yaladi, aerob, harakatsiz, kapsula va spora hosil qilmaydi ,ozuqa muhitlariga talabchan pH 5,5 – 7,8 bo’lganda Petrov ,Klauberg, Levinshteyn, glitserinli, qonli, zardobli muhitlarda yahshi o’sadi.Fermentativ xossasiga ko’ra bir oz faol,kislota va gaz hosil qiladi.Yuzaki, oqsil tabiatli, yuqoti haroratga chidamli antigenga ega. Qo’zg’atuvchilar endotoksin va ekzotoksin hosil qiladi.Tashqi muhitga chidamli, 6- 8 oygacha saqlanadi.Quritishga ancha chidamli. Ba’zilari 100 – 120 Cda halok bo’ladi. Havo tomchi infeksiyalariga sil, ko’kyo’tal, bo’g’ma, gripp qo’zg’atuvchilari kiradi. Infeksiya manbai bo’lib bemor odam hisoblanadi.Havo tarkibidagi mikroblar havo – tomchilari bilan odam nafas yo’li orqali organizmida tushadi. Qo’zg’atuvchi nafas shilliq qavatlarida joylashadi, bronxlarda,o’pkada, yuqori nafas yo’llarida ko’payib toksin ishlab chiqaradi,organizmga tarqaladi.Sil, bo’g’ma, kokyo’tal, bronxit, ko’z, tomoq, traxeya, teri, jinsiy a’zo’larda kasallik keltitib chiqaradi .Organizmning kasallikka berilmasligi antitoksik va antibacterial immunitetga bog’liq. Bolalat 1- 2 oyligidan boshlab AKDSanatoksini bilan emlanadi.Revaksinasiya ADS bilan olib boriladi.Tirik BSJ vaksinasi qo’llaniladi.Revaksinatsiya 7 – 12 yoshda olib boriladi.

Mavzu : Bo’g’ma korinobakteriyalari

Reja:

1. Bo’g’ma qo’zg’atuvchilarining asosiy xossalari 2. Ularning epidemiologiyasi va patogenezi 3. Profilaktikasi va davolash



Bo'g'ma qo'zg'atuvchisi korinebakteriya avlodiga kiradi . Coryna — to'nog'ich, diphthera — parda degan ma'noni bildiradi. Bu avlodga odamlar uchun patogen va patogen bo'lmagan qo'zg'atuvchilar kiradi , ya’ni soxta bo’g’ma qo’zg’atuvchisi va defteriodlar. Bo'g'ma qozg'atuvchisini 1883-yili T. Klebs aniqlagan, sof kulturasini 1884-yili Lyoffler ajratib olgan. Morfologiyasi. Tayoqchasimon bakteriyalar bo'lib, 3—6 x 0,3—0,5 mkm kattalikda, uchlari biroz kengaygan, uchlarida volyutin donasini saqlaydi ( Babesh—Ernst donachasi). Harakatsiz, spora va kapsuia hosil qilmaydi. Gram musbat bo'lib, volyutin donachalari biroz to'qroq bo'yaladi.Surtmada ular X yoki V raqamiga o'xshab joylashadi. Soxta bo'g'ma qo'zgatuvchilari alohida joylashib, uchlarida volyutin donachalari bo'lmaydi yoki ular bir uchida joylashadi. Bo'yashda ishqorli metilen ko'ki yoki kristall binafsha bo'yoqlaridan foydalaniladi. Kultural xossasi. Fakultativ anaerob, pH 7,4—7,8. Oziqa muhitiga talabchan, qon, zardobli muhitlarda yaxshi rivojlanadi. XIX asr oxirida fransuz olimi E. Ru bo'g'ma qo'zg'atuvchilarini o'stirish uchun ivitilgan buqa yoki ot zardobini qo'llashni tavsiya etdi, F. Leffler esa unga (24 %) sho'rva va 1 % glukoza qo'shishni tavsiya etdi. Bu muhitda bo’'g'ma qo'zg'atuvchisi 14—18 soat ichida alohida, bo'rtib chiqqan, krem rangii (qiyshiq agarda shagren teriga o'xshash) koloniya hosil qilib o'sadi. Lekin bu muhitda bo'g'ma tayoqchalarini soxta bo'g'ma qo'zg'atuvchilaridan farqlash mumkin emas.Hozirgi vaqtda bo'g'ma qo'zg'atuvchilarini o'stirish uchun Klaubarg muhiti (qon zardobi va kaliy tellurit saqlovchi), xinozolin, Puchin muhiti, Tinsdal va boshqa muhitlar qo'llanilmoqda. Kultural va biokimyoviy xossasiga ko'ra bo'g'ma qo'zg'atuvchisi 3 ta serovarlarga bo'linadi. 1. Gravis 2. Mitis 3. Intermedius Klauberg muhitida Gravis tipi R shaklli, yirik 2—3 mm kattalikda, kulrang - qora koloniyalar hosil qilib o'sadi. Bulyonda bo'linib ketuvchi va donador cho'kma hosil qilib o'sadi. Mitis tipi Klauberg muhitida o'rtacha, silliq, S shaklli koloniya hosil qilib o'sadi, qora rangda bo'ladi. Sho'rvada bir tekis loyqalanish hosil qilib o'sadi. Intermedius tipi Klauberg muhitida mayda, yaltiroq, qora koloniya hosil qiladi. Fermentativ xossasi. Наг uch tur ham sistinaza fermentini ishlab chiqaradi va sistinni vodorod sulfitgacha parchalaydi. Hammasi glyukoza va maltozani kislotagacha parchalaydi. Faqat gravis turini parchalaydi. Ularning hammasi indol hosil qilmaydi, mochevinani parchalamaydi. Neyraminidaza, gialuronidaza va boshqa fermentlarni hosil qiladi. Toksigenligi. Virulent shtammlari ekzotoksin ishlab chiqarad'i.Kimyoviy jihatdan termolabil, oqsil tabiatli, 2 ta fraksiyadan ibont B—fraksiyasi o'ziga sezuvchan to'qimalarga toksinni fiksatsiya qilib A—fraksiyasi esa toksik ta'sirchanligiga javobgardir. Bu toksin buyrak osti beziga, yurak muskullariga ta'sir ko'rsatadi. Toksinning bor-yo'qligini zich oziqa muhitida ham o'rganish mumkin. Bu usui amaliyotda keng qo'llaniladi. Bo'g'ma toksini kam chidamli. U yuqori harorat, nur va kislorod ta'sirida tez parchalanadi. Toksinga formalin (0,3—0,4%) qo'shilgandan so'ng 37—38° C da bir necha hafta saqlanganda u anatoksinga aylanadi. Bunda toksin zaharli xossasini yo'qotib antigenlik xossasini saqlab qolgan bo'ladi. Turli xil shtammlardan hosil bo'lgan toksinlar bir-biridan farqlanmaydi va bo'g'ma anatoksini ta'sirida neytrallanadi. Antigenligi. Bo'g'ma qo'zg'atuvchisining yuzaki, oqsil tabiatli termolabil antigeni va turlarning spetsifik polisaxarid O—antigeni mavjud. Bundan tashqari 19 - fagovari bo'lib, ular qo'zg'atuvchilarni farqlashda, infeksiya manbayini aniqlashda qo'llaniladi.

Chidamliligi. Tashqi muhitga chidamli. Bolalar o'yinchog'ida bir necha kun, ivigan zardobda uy haroratida 2 oygacha saqlanadi. Past haroratga, quritishga ancha chidamli 60°C harorat ta'sirida 10—15 daqiqadan, 100°C ta'sirida bir daqiqadan so'ng, dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar bo'g'ma bilan kasallanmaydi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalari, quyonlar sezuvchandir. Ularga yuqumli material teri ichiga yoki teri ostiga yuborilsa, toksikoinfeksiyaning klinik belgisi va yuqumli material yuborilgan joyda shish, nekrotik yallig'lanish yuzaga keladi. Buyrak usti bezida qon quyilishi kuzatiladi. Infeksiya manbayi. Kasal odam va bakteriya tashuvchilardir. Tarqalish yo’li. Havo-tomchi yo'li, maishiy kontakt ( idish-tovoq, o'yinchoq, kitob, sochiq va boshqa) yo'l orqali tarqaladi.Odamda tomoq, burun bo'g'masini keltirib chiqaradi. Kam hollarda traxeya, bronx, ko'z, quloq, qin va teri bo'g'masini keltirib chiqaradi. Patogenezi. Nafas shilliq pardalari va shikastlangan teri orqali organizmga kiradi. Yashirin davri 2—5 kun. Shilliq pardada bo’linib ko'payadi, nekroz keltirib chiqaradi. Parda hosil qiladi, parda tagidagi to'qimaga mustahkam yopishgan bo'ladi. Mahalliy ekssudat to'plab, tampon yoki shpatel yordamida material olinadi. Qo'zg'atuvchi o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi va shilliq qavatidagi yallig'lanish jarayoni burun, halqum orqali bronxga tarqaladi, asftksiyani keltirib chiqaradi. Immuniteti. Organizmning kasallikka berilmasligi antitoksik va antibakterial immunitetga bog'liq. Emizikli bolalar onadan o'tgan passiv immuniteti bo'lganligi sababli kasallanmaydilar. Antitoksik immunitet borligini Shik reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Beaksiyani qo'yish uchun dengiz cho'chqachasini o’limga olib keluvchi minimal doza — 1/40 D/M 0,2 ml fiziologik eritmaga aralashtirilib bilakning ichki tomoniga yuboriladi. Yuborilgan joyda 24—48 soatdan so'ng 2 sm kenglikda qizarish va shish hosil bo'lsa, qonda antitoksin yo'qligidan dalolat beradi. Qonda antitoksin bo'lsa qizarish va shish bo'lmaydi, chunki qondagi antitoksin yuborilgan toksinni neytrallaydi. Kasallikdan so'ng immunitet hosil bo'ladi. Lekin 6—7 % hollarda qayta kasallanish hollari kuzatiladi. Toksin qonda aylanib, yurak muskuli, buyrak usti bezi va nerv to'qimasiga ta'sir ko'rsatadi. Bo'g'ma — bu toksikoinfeksiyadir. Kasallikni og'ir o'tishi shtammning toksigenlik darajasi va organizmning himoya kuchiga bog'liq. Maxsus profllaktikasi. Bolalar 1—2 oyligidan boshlab AKDS anatoksini bilan emlanadi. Revaksinatsiya ADS bilan olib boriladi. Umumiy profllaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash, tashxis qo'yish, izolatsiya qilish. Dezinfeksiya choralarini qilish. Bakteriya tashuvchilarni aniqlash. Davosi. Antitoksik zardoblar bilan davolanadi, antimikrob preparatlar beriladi.
Nazorat uchun savollar

1.Bo'g'ma korinebakteriyalarning morfologiyasi qanday va qanday biovarlari mavjud? 2.Bo'g'ma bakteriyalar qanday muhitda o'stiriladi va qanday o'sadi? 3.Bo'g'ma biovarlari qanday uglevodlarni parchalashiga qarab farqlanadi? 4.Bo'g'ma kasalligi qanday yuqadi? 5.Bo'g'maning spetsifik profllaktikasi qanday?


Mavzu : Sil mikobakteriyalari

Reja:

1. Sil qo’zg’atuvchilarining asosiy xossasi 2. Ularning epidemiologiyasi va patogenezi 3. Profilaktikasi va davolash

Mikobakteriya (Mycobactericeae) oilasi a'zolarining barchasi ingichka, tayoqchasimon bo'lib, oziqa muhitlarida sekin o'sadi va shu xossasiga ko'ra zamburug'larga o'xshaydi. Mikobakteriyalar kislota, ishqor, spirtga ancha chidamli, chunki ular tarkibida yog' miqdori ko'p. Mikobakteriya avlodiga patogen va patogen bo'lmagan bakteriyalar kiradi. Mikobakteriya avlodiga odam uchun patogen bo'lgan sil va moxov (lepra) qo'zg'atuvchilari kiradi: Sil hayvonlar, parrandalar, kemiruvchilar orasida keng tarqalgan. Sil tayoqchasining bir qancha turi tafovut etiladi.

1. Odamda kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchi — Mycobacterium tuberculosis.

2. Yirik shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium bovis.

3. Parrandalarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium avium.

4. Kemiruvchilarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium murium.

5. Sovuqqonlilarda kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchi. Ularga alohida atipik mikobakteriya guruhi kiradi.



Hozirgi vaqtda atipik mikobaktcriyalar bir necha xossasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi. Ular sil qo'zg'atuvchisiga qaraganda oziqa muhitiga talabchan emas. Ular bir-birlaridan oziqa muhitiga nisbatan aloqasi, o'sish tezligi, pigment hosil qilishi, katalaza va peroksidaza faolligiga qarab farqlanadi: I va II guruh a'zolari odamda kasallik keltirib chiqaradi Morfologiyasi. Sil tayoqchasi R. Kox tomonidan 1882 - yilda aniqlangan. Ingichka tayoqchasimon 1,5—4 x 0,3—0,5 mkm kattalikda bolib, tashqi muhit omillarining ta'siriga qarab uning bukilgan, kolbasimon, mayda. tayoqchasimon shakllari ham uchraydi. Harakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi. Gram musbat, Sil—Nilson usulida qizil rangga bo'yaladi. Kultural xossasi. Aerob. Oziqa muhitiga talabchan. 37—38°C haroratdap H 5,8—7,0 li muhitda sekin rivojlanadi. Petranyani, Petrov, Levenshteyn — lyensen, glitserinli muhitlarida yaxshi rivojlanadi. Glitserin sil qo'zg'atuvchilarini o'sishini sekinlashtiradi. M. bovis glitseringa muhtoj emas. Levenshteyn—lyensen muhiti sil qo'zg'atuvchisini o'stirishda keng qollaniladi. Hozirgi vaqtda Finna II muhiti keng qo'llanilmoqda. Finna II muhiti Levenshteyn—lyensen muhitidan asparagin o'rniga natriy glutamin moddasini saqlashi bilan farqlanadi. Bu muhitda sil qo'zg'atuvchilari ancha tez o'sadi. Sil mikobakteriyalari muhitda R va S shakllarda o'sadi. R shakli virulentli hisoblanadi. muhitlarda sil qo'zg'atuvchisi R shaklli, quruq, g'adir - budur, gulkaramga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq muhitlarda 10 kundan keyin parda hosil qilib o'sadi. Parda sekin-asta qalinlashib burishgan, sochiluvchan bo'lib, og'irligidan cho'kmaga tushib ham qoladi va muhit tiniq qoladi. Fermentativ xossasi. Biokimyoviy xossasiga ko'ra kam faol, Proteolitik fermentlami ishlab chiqaradi, oqsillarni, ayrim uglevodlami parchalaydi, ureaza hosil qiladi. Lekin qo'zg'atuvchining bu xossasi doimiy emas. Shuning uchun fermentativ xossasi bo'yicha diagnostikada ahamiyatga ega emas. Toksigenligi. O'zidan endotoksin ishlab chiqaradi. Bu oqsil modda 90-yili R. Kox tomonidan aniqlangan va tuberkulin deb nomlangan.Tuberkulin allergenlik xossasiga ega. U sog' organizmga toksigenik ta'sir qiladi. Undan diagnostikada Mantu va Pirke allergik sinamalarni qo'yishda foydalaniladi. Shuning uchun yirik shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi tuberkulin turidan foydalaniladi.Sil qo'zg'atuvchisining virulentlik shtammi alohida lipid kord— J omilni saqlaydi. U sil qo'zg'atuvchilarini bir - biriga yopishtirish xossasiga ega va natijada o'rilgan sochga o'xshab o'sadi. Antigenligi. Sil mikobakteriyasi oqsilli, yog'li, polisaxaridli omillarni saqlovchi antigen saqlaydi. Bu antigen organizmda antitelo hosil qiladi. Lekin bu antitelolar kam konsentratsiyada aniqlanadi, shuning uchun diagnostikada ahamiyatga ega emas. Chidamliligi. Sil mikobakteriyasi spora hosil qilmaydigan bakteriyalar orasida eng chidamlisidir. Bu chidamliligi hujayra qobig'ida joylashgan yog' moddasi hisobigadir. Tashqi muhitga chidamli. Qurigan balg'amda 10 oygacha, 100°C harorat ta'sirida 4 daqiqagacha, UBN (ultrabinafsha nur) ta'sirida bir nechta soatgacha saqlanadi. Xloramin va xlor aralashmasiga sezgir. Sulema (1:1000), karbol kislota (5 %) ta'sirida bir necha kundan keyin nobud bo'ladi. Patogenligi. M. tuberculosisga odam juda sezgir bo'lib, hayvonlar, parrandalar kam sezuvchan. Sil qo'zg'atuvchisiga laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalari juda sezgir, ularda kasallik generalizatsiyalangan shaklda o'tadi va natija o’lim bilan tugaydi. M. bovis turiga yirik va mayda shoxli hayvonlar va uy hayvonlari juda sezgir bo'lib, odam kam sezuvchan, lekin bolalar kasal hayvonlarning sutini iste'mol qilishi natijasida kasallanishi mumkin. Laboratoriya hayvonlaridan quyonlar juda sezgir bo'lib, ularda kasallik generalizatsiyalangan shaklda o'tadi. M. avium parrandalarda ( tovuq, kabutar, fazan va boshqalarda ) kasallik keltirib chiqaradi. Lekin ayrim hayvonlar ham kasallanishi mumkin. Odamga kamdan - kam yuqadi. Laboratoriya hayvonlaridan quyonlar unga sezgir bo'ladi va ularda kasallik o'tkir shaklda o'tadi. M. murim ga kemiruvchilar, ayniqsa dala sichqonlari sezuvchan. Laboratoriya hayvonlaridan bu tur qo'zg'atuvchiga quyonlar va dengiz cho'chqachasi sezgir va kasallik ularda surunkali shaklda o'tadi. Infeksiya manbayi. Odam, ayrim hollarda hayvonlar hisoblanadi. Tarqalish yo'li. Havo - tomchi, havo-chang, kam hollarda alimentar, vertikal yo'l orqali tarqaladi. Patogenezi. Sil kasalligining o'pka, oshqozon, ichak, buyrak miya, suyak shakllari uchraydi. Havo -tomchi, havo - changi orqali yuqqanda sil qo'zg'atuvchisi birlamchi o'choqda do'mboqcha hosil qiladi. Do'mboqcha leykotsitlar, gigant to'qimalar ichida sil qo'zg'atuvchilaririi saqlaydi. Organizmning kasallikka qarshi kurashish kuchi yuqori bo'lsa bakteriyalar biriktiruvchi to'qima bilan o'raladi. Uning ichidagi qo'zg'atuvchilar tirik qoladi va buni „Gona o'chog'i" ham deb ataladi. Kasallikning bu shakli yopiq shakl bo'lib hisoblanadi va bunda qo'zg'atuvchilar organizmdan tashqariga chiqmaydi.Organizmning kasallikka qarshi kurashish kuchi susayganda do'mboqchada tomirlar bo'lmaganligi sababii biriktiruvchi to'qima nekrozga uchraydi va qo'zg'atuvchi boshqa to'qimalarni shikastlab kavernalar hosil qiladi. Natijada do'mboq suzmaga o'xshab qoladi. Bu shakli ochiq shakl bo'lib hisoblanadi. Qo'zg'atuvchi qonga so'riladi va butun organizmga tarqaladi. Endi qo'zg'atuvchi tashqi muhitga chiqa boshlaydi. Ko'pincha kasallik surunkali shaklda o'tadi. Immuniteti. Organizm zararlanganda infeksion immunitet hosil bo'ladi. Profilaktikasi. Vaqtida kasallikka diagnoz qo'yish, bemor boshqalardan ajratish. Maxsus profilaktikasida, fransuz olimlari Kalm va Geren olgan tirik BSJ vaksinasi qo'llaniladi. Bu vaksina yelkaning tashqi tomoni terisi ichiga yuboriladi. Revaksinatsiya 7—12 yoshda ,so'ng har 5—6 yilda 30 yoshgacha qilinadi. Davosi. Antibakterial preparatlar: streptomitsin, rifampitsin, PASK ftivazid va boshqalar beriladi. Bemorlarni dispanser hisobiga olinadi oila a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi, bemorlar sanatoriya kurortlarda davolanadi. Aholini bir yilda bir marotaba tibbiy ko'rikda o'tkazib turish lozim.

Nazorat uchun savollar

1. Sil qo'zg'atuvchisini kim va qachon aniqlagan? 2. Sil qo'zg'atuvchisining qanday turlarini bilasiz va ularning qaysi biri odam uchun patogendir? 3.Sil qo'zg'atuvchisining tashqi muhitga chidamliliga nima sabab bo'ladi? 4.Sil qo'zg'atuvchisi qanday usulda bo'yab o'rganiladi?

Mavzu : Ko’kyo’tal bordetellalari

Reja:

1. Ko’kyo’tal qo’zg’atuvchilarining asosiy xossasi 2. Ularning epidemiologiyasi va patogenezini 3. Profilaktikasi va davolash

Bu kasallik qo’zg’atuvchilari Bordetella avlodiga kiradi. 1. B. pertussis—parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi -,Jangu tomonidan aniqlangan 2. В.parapertussis – parako’kyo’tal qo’zg’atubchisi, 1937 yili Eliding va Kondrik tomonidan aniqlangan. 3. B.bronhoseptika— hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. 1931yili Вraun aniqlagan (kam uchraydi) Morfologiyasi. Ovalsimon shaklda, 0,3—0,5 x 1 kattalikdagi mayda tayoqchalar. Parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi esa bir oz yirikroq. Ikkalasi ham spora hosil qilmaydi, harakatsiz. Kapsuia hosil qiladi. Gram manfiy bo'lib, ikki cheti to'qroq bo'yaladi. Kultural xossasi. Aerob. Oziqa muhitiga talabchan. QO'A oziqa muhitida ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisi 48—72 soaldan so'ng, рагако'kyo'tal qo'zg'atuvchisi esa 24—48 soatdan so'ng o'sadi. Ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisi mayda, parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi esa yirikroq, yaltiroq kulrang, krem rangli, simob tomchisiga o'xshash koioniya hosil qilib o'sadi. Koloniyani olganda qaymoqqa o'xshash dog' qoladi. Stereooskopik mikroskopda qaralganda soya ko'rinadi. Energiya manbayining joyi o'zgartirilganda soya ham o'z joyini o'zgartiradi. Bu diagnostikada katta ahamiyatga ega. B.parapertussis tirozinaza fermentini ishlab chiqaradi, tirozin saqlovchi muhitga ekilganda tirozin parchalanishi natijasida muhit jigarrangga aylanadi. Oziqa muhitining rangini o'zgartirishi diagnostikada katta ahamiyatga ega.Suyuq oziqa muhitida B.pertussis va B.parapertussis bir tekis loyqalanadi va probirka tubida cho'kma hosil qilib o'sadi. Yangi ajratilgan kultura ko'pincha S shaklda bo'ladi, kasallik oxirida, II—IV fazada olingan materialda va noqulay sharoitda o'stirilgan kulturalar bir-biridan farqlanuvchi koloniyalarni hosil qilib o'sadi.Qonli agarda gemoliz zonasini beradi. Suyuq oziqa muhitida bir tekislik loyqalanish va cho'kma hosil qilib o'sadi. Fermehtativ xossasi. Ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisi uglevodlarni parchalamaydi, oqsillarni fermentlamaydi. Parako'kyo'tal bakteriyasi esa ureaza va tirozinaza fermentlarini ishlab chiqaradi va ularni parchalaydi.B.pertussis va B.parapertussis patogen bo'lgan gialuronidaza plazmakoagulaza va letsitinaza fermentlarini ajratadi. Toksigenligi. Ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisining 4 ta oqsil tabiatli toksini aniqlangan:

1. Termolobil dermenekrotik toksin.

2. Termostabil endotoksin.

3. Leykotsitlarni stimullovchi toksin (hayvonlarga og'izdan yuborilganda o'limga olib keladi). 4. Gistaminni sensibilizatsiyalovchi omil (hayvonlarga yuborilganda ularda gistaminga sezuvchanligi ortadi ) Antigenligi. Borditella avlodining antigenlik tuzilmasi juda murakkabdir. Diagnostika agglyutinogen asosiy antigen bo'lib hisoblanadi. Avlod antigeni — 7, turga xos agglyutinogen ko'kyo'tal uchun 1, parako'kyo'tal uchun 14,v bronxoseptika uchun 12 hisoblanadi. Monospetsifik 1, 14, 12 antigenlari zardob turlarini farqlash ichun qo'llaniladi. Turga xos antigenlardan tashqari, Bordetella avlodiga kiruvchi a'zolarning boshqa agglyutinogenlari ham mavjud bo'lib, ular yordamida qo'zg'atuvchilarning serovarlari aniqlanadi. Chidamliligi. B.pertussis va B.parapertussis tashqi muhitga kam chidamli. 50°C harorat ta'sirida 20—30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past harorat ham ularga o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Tik quyosh nurlari ta'sirida 1—2 soatdan so'ng, ultrabinafsha nurlari ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Qurigan balg'amda bir necha soatgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarning oddiy eritmalari ham ularga o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Ularning ikkalasi ham antibiotiklarga kam sezuvchan, penitsillinga esa umuman sezuvchan emas. Patogenligi. Tabiiy holda hayvonlar bu qo'zg'atuvchilarga sezuvchan emas. Laboratoriya hayvonlaridan maymun, yosh itlarda , sichqonlarda ko'kyo'tal o'limni yuzaga keltirishi mumkin. Infeksiya manbayi. Bemor odam, ayniqsa, kataral davrdagi bemordir. Tarqalish yo'li. Havo-tomchi yo'li orqali tarqaladi. Patogenezi. Qo'zg'atuvchilar yuqori nafas yo'lining shilliq pardalariga tushib, bo'linib ko'payadi. Kataral yallig'lanish jarayoni, tumov avj oladi. Yashirin davri 3—8 kun. O'zidan toksin ishlab chiqaradi va bu toksin markaziy nerv sistemasi, yuqori nafas yo'llari shilliq qavatidagi nerv retseptorlariga ta'sir ko'rsatadi va natijada yo'tal keltirib chiqaradi. Keyinchalik bemor yo'talganda qotib qolish holati kuzatiladi.Yo'tal kundan - kunga kuchayadi. U vaqt - bevaqt tutib qattiq azob beradi. Yo'tal, ayniqsa, kechasi tez - tez tutadi. Yo'tal tutgan vaqtda bemor ko'pincha qusadi va hatto beixtiyor ichi o'tib ketadi va siyib qo'yadi. Kasallik 6—8 hafta davom etadi. Yo'tal tutishi sekin - asta kamayadi. Ko'kyo'talga bilarrtchi infeksiya—gripp, zotiljam qo'shilganda kasallik, ayniqsa, og’ir o'tadi. Immuniteti. Kasallikdan so'ng mustahkam immunitet hosil bo'ladi. Profilaktikasi. Umumiy profilaktikasida bemorni vaqtida aniqlash va izolatsiya qilish, kontaktdagi bolalarga immunoglobulin yuborish lozim. Maxsus profilaktikasida bolalarga 1 —2 oyligidan boshlab AKDS ( ko'kyo'tal + bo'g'ma + qoqshol vaksina ) yuboriladi, keyinchalik revaksinatsiya ishlari olib boriladi. Davosi. Boshlang'ich davrlarida immunoglobulin qo'llanllaniladi.Eritromitsin va ampitsillin ishlatiladi.



Yüklə 273,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə