Mavzu;Matn protsessorlari yordamida kasbiy faoliyatga doir hujjatlar yaratish va tahrirlash



Yüklə 24,43 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü24,43 Kb.
#157548
1   2
dildora

PDF (Portable Document Format) — ya'ni o'zida ham matn ham rasm ko'rinishidagi ma'lumotlarni saqlaydigan va uning betlari rasm sifatida qo'shilganligi bilan farqlanuvchi Adobe system tomonidan ishlab chiqilgan kengaytma hisoblanadi. Uning betlari rasm sifatida ketganligi sababli undan ma'lumot ko'chirish mumkin emas lekin hozirgi kunda matnlarni olish mumkin. Bu turdagi kengaytmalarning afzalligi shundaki uning himoyasi kuchli va undan nusxa olish qiyin hisoblanadi. Asosan kitoblar uchun format, lekin kitoblardan tashqari, jurnallar, qo‘llanmalar ham shu formatda tayyorlanishi mumkin. PDF kengaytmasida himoyalash tizimi ancha ko'p bo'lib ulardan to'g'ri foydalanilsa bu kengaytmadan deyarli umuman hech qanday ma'lumot olib bo'lmaydi ya'ni ma'lumotning nusxasi ko'paymasligiga ancha yordam beradi.
DJVU — fransuzcha déjà vu so'zidan olingan bo'lib, ancha kichik yoki siqilgan ma'nosini anglatadi. Bu ham PDF kengaytmasiga o'xshagan bo'lib faqat uning yutug'i betlar (rasmlar) siqilgan bo'ladi va hajmi PDF dan ancha kichik bo'ladi. Bunda deyarli matni ko'rinishidagi ma'lumotlardan nusxa olib bo'lmaydi.
TXT — bu kengaytma eng sodda matnlar bilan ishlay oladigan kengaytma hisoblanadi va uni istalgan matn bilan ishlovchi dastur bilan ochish mumkin.
DOCX kengaytmasi MS Office paketiga tegishli kengaytma hisoblanadi. Bu kengaytmadagi matnni o'zimiz xoxlagancha (dastur imkoniyatidan kelib chiqqan holatda) o'zgartirishimiz, yangilashimiz mumkin. Hozirgi kunda eng keng ko'lamda qo'llanuvchi matn muharrirdir. MS Office ning turli versiyalarida bu kengaytmalar farq qilishi mumkin lekin eng so'ngi versiyasi MS Office paketining har qanday undan oldingi eski versiyasidagi hujjatlar bilan ishlay oladi lekin yangi versiyadagi hujjatni eski versiyada ochadigan bo'lsak bizda turli muammolar yuzaga kelishi mumkin. Misol o'rnida ko'rsak agar siz MS Office paketining 2016 versiyasidagi hujjatni MS Office paketining 2010 versiyasida ochadigan bo'lsangiz sizda matnlardagi so'zlarni bir biriga qo'shilib ketish kabi xatolikni ko'rishingiz mumkin vaholanki MS Office 2016 paketining o'zida ochsak bu hujjatda odatiy matn ko'rinishida bo'ladi.
XLSX bu kengaytma MS Office paketining tarkibiga kirgan holda, bu kengaytma bilan turli jadval, hisob kitob ishlari, bugalteriya ishlari va shu kabi vazifalar uchun juda qulay va vaqtingizni ancha tejashga imkon yaratadi.
PPTX kengaytma bu ham MS Office paketining tarkibigi kiradi. Bu orqali biz o'zimizga kerakli bo'lgan prezentatssiyalar qilishi, turli effektlar berish, ularni boshqarish va eng asosiysi o'z fikrimizni turli animatsiyalar bilan birga ko'rsatib berish imkoniyatini yaratadi.
Kompyuterdan foydalanuvchi ish jarayonida biror xujjatni tez va yuqori sifatida kirill yoki lotin alifbosida tayorlash hamda chop qilish zaruratiga ko’pincha duch keladi. Bunday vaziyatda u Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan WORD dasturida ishlashni bilishi lozim.MS WORD – bu matnli xujjatlarni tuzish, ko’zdan kechirish, taxrir qilish va chop etish uchun xizmat qiluvchi xamda Microsoft Office dasturlari guruxiga kiruvchi zamonaviy matn muxarriridir.MS WORD – matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi MS WORD – yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda tayorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta xujjatlar bilan, ya’ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko’chirish, matn oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, xarflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin MS WORD – ayrim “kamchiliklar” dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
Yüklə 24,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə