Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 58,45 Kb.
səhifə5/10
tarix25.09.2023
ölçüsü58,45 Kb.
#123700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja

Mashg’ulotlar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyatlari hamda atrof tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda amalga oshirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mash-g‘ulotlarda gruppaning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq oddiy bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma‘lum sistema hamda izchillikda o‘stiriladi. Kundalik hayotda, kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib, boradi. Mashg‘ulotlar ularni aniqlash va
sistemalashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg‘ulotning turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.
Ayrim mashg‘ulotlarda boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Yuqorida keltirilgan metodlardan tashhari mazkur mashg‘ulotda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi tur mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda sistemaga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik, o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Mehnat va o‘yinlarda bolalar egallagan bilimlarini amalda qo‘llaydilar.
Mashg‘ulotlar barcha yosh gruppalarda: kichik va o‘rta yoshdagi gruppalarda oyiga 2 marta, katta yoshdagi gruppalarda esa haftasiga 1 marta o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotni samarali o‘tishi tarbiyachining qanchalik puxta tayyorgarlik ko‘rganligiga bog‘liq.
Tarbiyachi «Dastur» asosida mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘radi. Bunda tarbiyachi mashg‘ulotni yaxshi o‘tkazishi uchun o‘zi ishlaydigan, mehnat qiladigan ekologik sharoitni yaxshi bilishi talab qilinadi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish, formalaridan yana boshqalari ekskursiya va sayrlardir. Bunda asosiy e‘tibor tarbiyachining ekskursiyaga tayyorlanishi, bolalarni ekskursiyaga tayyorlashi, uni o‘tkazishi, ekskursiyani yakunlashi, sayrlarni qanday uyushtirishi kabi ishlarni to‘g‘ri, puxta tashkil qila bilishiga bog‘liq.
Bular haqida «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish» kitobida batafsil yozilgan. Shu sababli ularni takrorlamaslik uchun bu YORa ular haqida to‘xtamadik.


Yüklə 58,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə