''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/33
tarix13.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#86959
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

 


 

II BOB. MEHNAT POTENTSIALIDAN FOYDALANISH 

SAMARADORLIGI STATISTIKASI 

 

2.1. Mehnat unumdorligini statistik o’rganishning nazariy asoslari 

 

Mehnat  unumdorligi  darajasi  qilingan  mehnatdan  olingan  samarani 

(mahsulot  yoki  xizmat)  baholab  borishi  lozim.  Shuning  uchun  bu  ko’rsatkichni 

hisoblashda sarf qilingan mehnat–T, natijaviy ko’rsatkich – Q lar nisbati olinadi.     

Ishlab chiqarish natijalari ko’rsatkichlari sifatida mahsulotning natura shakli, 

shartli-natura  shakli  va  qiymat  ko’rsatkichlaridan  foydalaniladi.  Mahsulotning 

natura  shaklidagi  ko’rsatkichlari  bir  turli  mahsulotning  mehnat  unumdorligi 

dinamikasini  aniqlash  imkonini  beradi.  Ulardan  mehnat  unumdorligini 

mahsulotning eng muhim turlari bo’yicha tavsiflashda foydalaniladi:   

W =


q

T

 



Iste’mol  qiymati  bir  xil  bo’lgan,  lekin  ayrim  parametrlari  bilan  farqlangan 

mahsulotlarni  umumlashtirish  maqsadida  shartli  natural  mehnat  unumdorligi 

darajasidan foydalaniladi: 

W =


qk

T



 

 Bu erda, k – shartli etalonga o’tkazish ko’rsatkichi.  



Mahsulotning  qiymat  ko’rsatkichlari  mehnat  unumdorligining  turli  xil 

iste’mol qiymatlari bo’yicha  umumlashgan tavsiflarni olish imkonini beradi: 

W =

qP

T



 



Bu erda, P – baho. 

Mehnat  unumdorligining  natura  shakli,  shartli-natura  shakli  va  qiymat 

ko’rsatkichlari  bilan  birga  unumdorlikning  mehnat  ko’rsatkichlari  ham 

hisoblanadi.  Ular  ayrim  mahsulot  turlarini  ishlab  chiqarishning  mehnat  talabiga 




asoslanadi  va  mahsulot  birligini  ishlab  chiqarishda  mehnat  sarfining  o’zgarishini 

aks ettiradi. Unumdorlikning mehnat ko’rsatkichlari bir turli mahsulotning bir yoki 

bir necha turlari bo’yicha aniqlanadi: 

W =


qt

T



 

Bu erda, t - mehnat talabchanligi. 



Ikkinchidan,  yuqoridagi  ko’rsatkichlarning  bir-biriga  nisbati 

T

Q

  tariqasida 

olinsa,  chiqqan  natija  maxraj  birligiga  qancha  surat  ko’rsatkichi  to’g’ri  kelishini 

ifodalaydi yoki mehant talabchanligi, ya’ni 

t =

 

T



Q

 teskari ko’rsatkich  hisoblanadi, 

chunki mehnat talabchanligi oshsa, mehnat unumdorligi pasayadi, ya’ni to’g’ri va 

teskari mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari orasida teskari bog’liqlik mavjuddir. 

             

W =


1

t

,        



t =

1

W



 

G’arb  statistikasida  unumdorlik  ko’rsatkichlarini  hisoblash  asosida  keng 

tarqalgan  “ishlab  chiqarish  omillari”  kontseptsiyasi  yotadi.  Uning  asoschisi  J.B. 

Sey  ta’kidlashicha,  yollanma  mehnat  ekspluatatsiya  qilinmaydi,  chunki  ishlab 

chiqarish jarayonida mehnat, kapital va er teng huquqlarda ishtirok etadi. Shuning 

uchun  ishlab  chiqarishning  har  xil  omili  ko’rsatgan  xizmati  uchun  taqdirlanadi: 

xodim ish haqi bilan taqdirlanadi; kapital egasi foyda yoki foiz oladi; er egasi-renta 

oladi. 


“Ishlab  chiqarish  omillari”  nazariyasidan  uning  turli  modifikatsiyalarida 

hozirgi kunda ham xalqaro statistikada foydalaniladi. Hozirgi kunda g’arbdagi turli 

iqtisodchilar  fikricha,  ishlab  chiqarishda  ko’p  sonli  omillar  ishtirok  etadi.  Ular 

orasida  ishchi  kuchini  ifodalaydigan  (xodimlarning  malaka  darajasi,  ishchi 

kuchining  qo’nimsizligi,  ish  kunining  davomiyligi),  ishlab  chiqarish  fondlari 

(asosiy kapitalning holati, ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanganlik 

darajasi, energetika quvvatlaridan foydalanish), ishlab chiqarish jarayoni (mahsulot 

ishlab chiqarish, mahsulot assortimenti va navlari), ishlab chiqarishni tashkil etish 

(boshqaruvni  tashkil  etish,  mehnat  xavfsizligi  texnikasi,  moddiy-texnika 



ta’minotini  tashkil  etish)  va  boshqa  omillar  bor.  Ammo  ko’pgina  omillarni 

miqdoriy baholab bo’lmaydi.  

Shuning uchun iqtisodiy tahlil maqsadlarida ko’pincha jonli mehnat, asosiy 

kapital  (erni  ham  qo’shib),  tadbirkorlik  faoliyati  (ishlab  chiqarishni  boshqarish), 

oraliq iste’mol (iste’mol qilingan mehnat predmetlarining qiymati) kabi omillardan 

foydalaniladi.  G’arb  iqtisodchilari  “Iqtisodiyot  omillari”  nazariyasiga  tayanib, 

mehnat unumdorligi kategoriyasiga ishlab chiqarish natijalarining ishlab chiqarish 

omillari  sarflariga  nisbati  sifatida  talqin  beradilar.  Ular  nuqtai  nazaridan,  mehnat 

unumdorligi  asosiy  kapital  unumdorligi,  oraliq  iste’mol  unumdorligi  va  ishlab 

chiqarishning  boshqa  omillari  bilan  birga  omillar  umumiy  unumdorligining 

xususiy ko’rsatkichi hisoblanadi.  

Amaliy  hisob-kitoblarda  ko’pincha  mehnat  unumdorligi  ko’rsatkichlari 

qo’llaniladigan  holatni  g’arb  iqtisodchilari  jonli  mehnat  sarfini  o’lchashning 

oddiyligi  bilan  izohlaydilar.  Bundan  tashqari,  ular  jonli  mehnat  iqtisodiyotining 

ko’pgina  sohalarida  qiymat  yaratishning  ustuvor  omili  bo’lganligi  va  hozir  ham 

shunday  ekanligini  tan  oladilar.  Ammo  ularning  fikricha,  iqtisodiyot  rivojlanishi 

bilan  ishlab  chiqarishning  boshqa  omillari  (kapital  va  tadbirkorlik  faoliyati)  roli 

ortib borishiga ko’ra, jonli mehnatning ahamiyati kamayib boradi. 

Shunday  qilib,  g’arb  iqtisodiyoti  fani  unumdorlik  deganda  o’z  mazmuniga 

ko’ra,  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  samaradorligi  ko’rsatkichiga  yaqin 

ko’rsatkichni  tushunadi.  Tabiiyki,  iqtisodiy  samaradorlik  darajasi  va  dinamikasi 

barcha  ishlab  chiqarish  omillaridan  foydalanishga  bog’liq  bo’ladi.  Ishlab 

chiqarishning  barcha  omillari  teng  huquqlarda  ishtirok  etganliklari  uchun  ham 

taqdirlanishida teng huquqqa ega bo’ladi. 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə