Maxsus (korreksion) pedagogika reja


O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim



Yüklə 28,52 Kb.
səhifə9/9
tarix28.11.2023
ölçüsü28,52 Kb.
#137464
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAXSUS (KORREKSION) PEDAGOGIKA

O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasi anomal bolalarga bag‘ishlangan. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ham ta’lim olish huquqiga ega. Ularni maxsus muassasalarga tashxis etishda 1998 yilda o‘z faoliyatini boshlagan «O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari» faoliyati nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tashxis etilgan bolalar rivojlanishidagi nuqsoniga ko‘ra ta’lim olish qurbiga ega bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi muassasalarda o‘qiydi, tarbiyalanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nogironlik berib, ularni o‘z qaromog‘iga tegishli muassasalarda muruvvat uylarida tarbiyalanishni va mehnat qilishni ta’minlaydi.
Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi anomal bolalarning barcha toifalari uchun; maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muassasalar, maxsus maktablar, maktab-internat va maxsus sinflarda differensial ta’lim tashkil etilgan. Sog‘lom tengdoshlari orasida o‘qishni istagan bolalarga tegishli shart-sharoitlar yaratilishi mumkin bo‘lgan integratsiyalashgan ta’lim amalga oshirilmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aaytganda mujassam nuqsonli bolalardan eshitish qobiliyati va aqli zaif bolalar birinchi bo‘lib o‘rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan zaiflik kuzatilib boriladi. Natijada intelekti sog‘lom, eshitish qobiliyati zaif bolalarni aqli zaif eshitish qobiliyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha mushkul. Ayniqsa ilk yoshdagi bolalarda. Hozirgi kunda ular uchun differensial-diagnostik mezonlar ishlab chiqilgan. Aqli va eshitish qobiliyati zaif bolalar karlar yoki zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlarining yordamchi sinflarida yordamchi maktab dasturi bo‘yicha ta’lim oladilar. Yordamchi sinflar ko‘rlar va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatlarda ham mavjud.

Adabiyot:


1. K.K.Mamedov, G.B Shoumarov, V.P.Podobed Ruhiy rivojlanishi sustalashgan bolalar haqida T., 1993
2.Pulatova F.M. Oligofrenopedagogika.-T.,2006
3. V.S.Raxmanova Maxsus pedagogika. T., 2005
4. Ђ.B.Shoumarov va boshqalar. 1001 savolga psixologning 1001 javobi. T., “Mehnat” 2000.
5. www.ziyonet.uz
6. www.pedagog.uz
Yüklə 28,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə