Maxsus (korreksion) pedagogika reja



Yüklə 28,52 Kb.
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü28,52 Kb.
#137464
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAXSUS (KORREKSION) PEDAGOGIKA

Ko‘zi ojiz bolalar.
Tiflopedagogikada ko‘zi ojiz bolalar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar guruhlariga bo‘linadi. Ko‘r bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlik) yoki korreksiya qo‘llanilganda (ko‘zoynak tutilganda) ham ko‘rish o‘tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko‘r bo‘ladi. Zaif ko‘ruvchi bolalarda ko‘rish o‘tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhdagi bolalar tevarak-atrofni ko‘rish analizatori orqali idrok etadi.
Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar, homilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha va boshqa kasalliklar bilan kasallanishi sabab bo‘lishi mumkin.
Orttirilgan ko‘rish anomaliyalari traxoma, chechak, suzak, ko‘z sili, qizamiq, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. Aholiga davolash-profilaktika,oftalmologiya yordamining yaxshilanishi hamda tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo‘lga kiritilganligi munosabati bilan zaif ko‘ruvchi bolalar ancha kamaydi.
Ko‘rish nuqsonlari zo‘rayib boradigan va turg‘un (muqim) bo‘ladi. Zo‘rayib boradigan xili kun sayin og‘irlashib, bora-bora ko‘rlikka olib keladi. Muqim xili esa turg‘un bo‘ladi, bolaning ko‘rish darajasi bir xilda turaveradi. Ko‘rish qobiliyatining zo‘rayib boradigan xili kuksuv, ya’ni glaukoma kasalligi (ko‘z ichki bosimining ko‘tarilib turishi) ko‘ruv nervi atrofiyasi, to‘r parda distrofiyasiga bog‘liq bo‘lib, bolaning har qanday rivojlanish davrida vujudga kelishi mumkin. Gigiyenik talablarga rioya qilmaslik refraksiya anomaliyalari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘z kamchiliklari zo‘rayib borishiga ham olib keladi.
Ko‘zi ojiz bolalar ko‘r tug‘ilgan va ko‘r bo‘lib qolgan bolalar deb ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug‘ilgandan va tug‘ilgandan so‘ng to uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida ko‘rish qobiliyati zaif bolalar kiritilsa, ikkinchisiga keyinchalik ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan bolalar kiritiladi. Ko‘z ojizligi qanchalik kech paydo bo‘lgan bo‘lsa, bolaning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari shunchalik boy va ularni mustahkamlash, takomillashtirish shunchalik oson bo‘ladi.
Ko‘zi ojiz bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab-internatlar mavjud. Bu joylarda ishlar kompensatsiya, korreksiya yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Yüklə 28,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə