Maxsus nisbiylik nazariyasi elementlari



Yüklə 6,87 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü6,87 Kb.
#180167
Maxsus nisbiylik nazariyasi asoslari (Qobilova Munavvar)

Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti Biotibbiyot muhandisligi yo’nalishi K 20-23 guruh talabasi Qobilova Munavvarning Fizika fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi

Maxsus nisbiylik nazariyasi elementlari

Reja :

  • Reja :
  •  Kirish
  • Asosiy qism
  • Galileyning mexanik nisbiylik prinsipi
  • Relyativistik kinematikada tezlik va tezlanishlarni almashtirish
  • Lorens almashtirishlari
  • Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari
  • Relyativistik dinamika haqida tushuncha
  • Massa va energiyaning o‘zaro bog‘liqlik qonuni
  •  Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar

Galileyning mexanik nisbiylik prinsipi

  • Galileyning mexanik nisbiylik prinsipi
  • 1. N’yuton mexanikasida bir inersial sanoq sistemasi K(x, y, z, t) dan unga nisbatan doimiy tezlik bilan ilgarilanma harakat qilayotgan boshqa K(x, y, z, t) sanoq sistemasiga o‘tishda Galiley almashtirishlari deb ataluvchi koordinatalar va vaqt almashtirishlaridan foydalaniladi. Birinchi aksiomadan hamma sanoq sistemalarida vaqt o‘tishining bir xil ekanligi, ikkinchisidan esa jism o‘lchamlarini ularning harakat tezligiga bog‘liq emasligi kelib chiqadi. Agar K va K inersial sanoq sistemalari dekart koordinatasining o‘xshash o‘qlari bir-biriga o‘zaro parallel holda o‘tkazilsa va vaqtning boshlang‘ich momentida (t=t=0) ularning O va O koordinata boshlari bir-biri bilan ustma-ust tushsa (1-rasm), Galiley almashtirishlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari

  • Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari
  •  1. Nisbiylikning mexanik prinsipiga bog‘liq holda quyidagicha savollar paydo bo‘lishi tabiiy: barcha inersial sistemalarning teng xuquqligi faqat mexanikada o‘rinlimi yoki boshqa fizik hodisa va jarayonlarga nisbatan ham o‘rinlimi? Ko‘pgina inersial sanoq sistemalarining ichidan, masalan elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish qonunlariga asoslanib «bosh» inersial sanoq sistemani ajratib olish mumkin emasmi? Bu savolga 1905 yilda A.Eynshteyn o‘zining «Harakatlanuvchi jismlar elektrodinamikasiga doir» ishida javob berdi, unda maxsus nisbiylik nazariyasining asosiy qonun - qoidalari bayon etildi*. Maxsus nisbiylik nazariyasida N’yuton mexanikasidagi kabi, vaqt bir jinsli, fazo esa bir jinsli va izotrop deb faraz qilinadi.

. Eynshteyn maxsus nisbiylik nazariyasining asosiga tajribada aniqlangan qonuniyatlarni umumlashtiruvchi ikki postulotni  ikki asosiy prinsipni qo‘ydi.

  • . Eynshteyn maxsus nisbiylik nazariyasining asosiga tajribada aniqlangan qonuniyatlarni umumlashtiruvchi ikki postulotni  ikki asosiy prinsipni qo‘ydi.
  • Birinchi postulot Galiley mexanik prinsipini ixtiyoriy jarayonlarga ham umumlashtirdi. Nisbiylik prinsipi yoki Eynshteynning relyativistik nisbiylik prinsipi deb ataluvchi bu postulat quyidagicha ta’riflanadi: barcha fizik hodisalar ayni bir xil sharoitda ixtiyoriy inersial sanoq sistemalarida bir xilda sodir bo‘ladi. Boshqacha aytganda, nisbiylik prinsipi fizik qonunlar inersial sanoq sistemalarining tanlashiga nisbatan befarqligini (invariantligini) tasdiqlaydi: bu qonunlarni ifodalovchi tenglamalar barcha inersial sistemalarda bir xil ko‘rinishga ega.

Lorens almashtirishlari

  • Lorens almashtirishlari
  •  1. Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlaridan, hamda fazoning bir jinsli va izotropligidan va vaqtning bir jinsliligidan ikki inersial sanoq sistemasidagi bir hodisaning koordinata va vaqtlari orasidagi munosabat, N’yuton mexanikasi hisoblaganidek, (1) Galiley almashtirishlari bilan emas, balki Lorens almashtirishlari bilan ifodalanishi kelib chiqadi. Qo‘zg‘almas K va harakatlanuvchi K dekart koordinatasining o‘xshash o‘qlari o‘zaro parallel, shu bilan birga K sistema K ga nisbatan OX o‘qi yo‘nalishida o‘zgarmas V tezlik harakatlanganda, Lorens almashtirishlari sodda ko‘rinishga ega bo‘ladi (2-rasmga qarang). Agar, bundan tashqari, ikkala sistemada ham vaqtning hisob boshi sifatida (t=0 va t=0) ikki sistemaning koordinata boshlari ustma-ust tushgan vaqt momenti tanlansa, Lorens almashtirishlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Relyativistik dinamika haqida tushuncha

  • Relyativistik dinamika haqida tushuncha
  •  1. Nisbiylik prinsipidan har qanday fizik qonunning matematik yozilishi har qanday inersial sistemada bir xil bo‘lishi kerakligi kelib chiqadi. Bu shuni bildiradiki, qandaydir fizik hodisani K inersial sanoq sistemasida ifodalovchi tenglama, o‘sha hodisani K sanoq sistemasida ifodalangan tenglamalardagi shtrixlanmagan ya’ni K sanoq sistemada o‘lchangan kattaliklarni shtrixlangan ya’ni, K sistemada o‘lchangan kattaliklarga oddiy almashtirish yo‘li bilan olinadi.

Yüklə 6,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə