Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi: 5112000 Jismoniy madaniyat ta`lim


Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/33
tarix09.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#116301
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi 5112000 Jismoniy mada

Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
 
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan 
ko‘nikma va malakalarga ega ekanliklari aniqlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida ma`ruza mashg‘ulotlaridagi mavzular bo‘yicha berilgan 
ma`lumotlarni, jismoniy madaniyat va sportning asosiy tushunchalari, jismoniy madaniyat 
tizimining umumiy printsiplari va uning amalga oshirish yo‘llari, jismoniy madaniyat vositalari, 
jismoniy mashqlar texnika va taktikasi, jismoniy mashqlarni turkumlarga bo‘linishi, jismoniy 
mashqlar mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni, qishloq joylarda jismoniy madaniyat ishlari 
va ularning xolati, o‘quv muassasalarida jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarini tashkil qilish va 
o‘tkazish metodikasi, jismoniy madaniyat darsning shakllari va turlari hamda ommaviy sport 
tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va malakalarga qay darajada 
o‘zlashtirilganligini aniqlanadi, baxolanadi hamda ularni bilimlari yanada mustaxkamlanadi. 
Seminar mashg‘ulotlarida
 
tavsiya etiladigan mavzular. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. 
Bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va 
chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb 
etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi 
pedagogik texnologiyalardan foydalana olish haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini 
aniqlash va baholash. SHuningdek bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv 
muassasalari maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda 
kasb- hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi 
mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport 
bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi 
bilimlarini shakllanishini haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə