Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132
kimyo o\'qitish

DARS
 SHAKLLARI
INDIVIDUAL 
(o’qituvchining har 
bir o’quvchi bilan 
yakka tartibda 
ishlashi)
FRONTAL 
(o’qituvchining 
butun sinf bilan bir 
tomonlama ishlashi)
GURUHIY
(4-6 kishilik 
guruhlarda 
o’quvchilarning 
ishlashi)
JAMOAVIY
(sinf 
o’quvchilarining 
bitta jamoa bo’lib 
ishlashi)



27 

Mustahkamlash (refleksiya), yangi mavzuga oid amaliy ko’nikmalarni 
shakllantirish darsi; 

Umumlashtirish, bilimlarni bir tizimga solish va mustaqil o’rganish 
ko’nikmalarni rivojlantirish darsi; 

Rivojlantiruvchi nazorat darsi. 
Dars bosqichlari va uning dars turiga qarab turlicha bo’lishi 
Ma’lumki, dars jarayoni, asosan:
a) tashkiliy qism (darsni tashkil qilish);
b) o’tgan darsni so’rash va baholash;
v) yangi mavzuni bayon qilish;
g) yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash;
d) darsni yakunlash (xulosalash) va uyga topshiriq berish kabi bosqichlardan 
iborat. 
 
Tashkiliy qism (darsni tashkil qilish)
. O’quvchilar bilan salomlashiladi. 
Dars o’tkaziladigan xonaning darsga tayyorligiga e’tibor beriladi. Bu ishlarga 2-3 
minut sarflash tavsiya etiladi. 
O’tgan darsni so’rash va baholash
. Uy vazifalarining to’liq
bajarilganligini, ularning to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirish, unda yo’l qo’yilgan 
xato va kamchiliklarni ko’rsatish, o’quvchilarning o’tgan dars mavzusini qanday 
o’zlashtirganligini aniqlash va baholash uchun 5-10 minut sarflash tavsiya etiladi.
Yangi mavzuni bayon qilish
. O’qituvchi har bir darsni darslik 
mundarijasidagi mavzular ketma-ketligida o’tishi lozim. Darsning bu qismiga 15-
20 minut sarflash tavsiya etiladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə