25
har bir dars maktabning ijtimoiy muhit imkoniyatini
hisobga olgan holda
amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rgazmali vositalar bilan jihozlanmog’i;
har bir dars mavzuga mos usul va uslublardan samarali foydalanilgan holda
tashkil etilishi;
dars uchun ajratilgan vaqt va uning daqiqalaridan tejamkorlik va unumli
foydalanish;
dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro faol munosabatda bo’lishi,
o’quvchi passiv tinglovchiga aylanmasligi;
o’tilayotgan mavzuning mazmuniga bog’liq holda mustaqil O’zbekistonda ro’y
berayotgan o’zgarishlardan o’quvchilarni xabardor etish lozim.
Darsning mazmuni va xarakteriga qarab xalqimizning boy ma’naviy
merosidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Darsning butun sinf va har bir o’quvchi bilan,
ularning shaxsiy
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi yuqori samara beradi.
O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi,
bilim olishi,
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,
yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga
aylanadi.
Dars o`quvchilarga bilim berish va berilgan bilimni ularning ko’nikmasiga
aylantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlarida
ajratilgan
vaqtning asosiy qismi dars o’tish uchun sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: