Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132
kimyo o\'qitish

Nazorat savollari 
1.O`yinli texnologiyalarga ta`rif bering 
2.O`yinli texnologiyalar qanday turlarga bo`linadi? 
3.Ishbilarmonlik o`yinlari necha bosqichda o`tkaziladi? 
 
8-§.
 
Kimyo fanini o’qitishda didaktik o’yinli darslarning turlari 
Ma`lumki, ta`lim jamiyat taraqqiyotining asosidir. Bugungi kunda 
jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri yangicha tafakkur, ijodiy 
fikrlash, intellektual salohiyatga ega bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalashdir. 
Ta`lim jarayonida yoshlarni o`qish va o`qitishga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirishda 
zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan bo`lgan didaktik o`yin usullaridan foydalanish 
muhim ahamiyatga egadir. 
Ta’lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars 
shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin
faoliyati orqali uyg'unlashtiriladi. Shu sababli o`quvchilarning ta'lim olish
faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar
didaktik o'yinli darslar
deb ataladi. 


51 
Didaktik o'yinli mashg'ulotlarni talaba-o`quvchilarning bilim olish va o'yin 
faoliyatining uyg'unligiga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:
Didaktik o'yinli mashg'ulotlarda o'qituvchi avval o`quvchilarni individual
(yakka tartibdagi), so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi,
o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ularni ommaviy o‘yinlarga 
tayyorlashi lozim. Chunki o`quvchilar didaktik o'yinli mashg'ulotlarda faol 
ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari,
bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga
kelishi lozim. 
Kimyo o'qituvchisi didaktik o'yinli mashg'ulotlarni o'tkazishga qizg'in 
tayyorgarlik ko'rishi va uni o'tkazishda quyidagi didaktik tartibga rioya qilishi talab 
etiladi: 
1. Didaktik o'yinli mashg'ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning 
ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga
qaratilgan bo'lishi; 
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag'ishlanib,
ular o'yin davomida hal qilinishi
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq 
normalariga mos kelishi; 
4. O'yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi; 
5. Mashg'ulotlar davomida didaktik tamoyillarga amal qilinishi va eng kam 
vaqt sarflanishiga erishishi kerak. 


52 
Mashg'ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o'yinli texnologiyalar
o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo'shimcha
adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini
rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo'llash, didaktik o'yin 
davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo'ljalni to 'g 'ri olish,
har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi. 
Didaktik o`yinlarni ta`lim jarayoniga tadbiq etishda ular fanning maqsadi
vazifasi va xususiyatiga qarab tanlab olinadi. Didaktik o`yinlar quyidagi asosiy 
yo`nalishlarda bo`lishi mumkin: 
a) didaktik maqsad o`yinli vazifa shaklida qo`yiladi; 
b) o`quv faoliyati o`yin qoidalariga bo`ysunadi; 
c) o`quv materialidan o`yin vositasi sifatida foydalaniladi; 
d) o`quv jarayoniga qo`yilgan didaktik vazifaga o`yinga aylantirilgan tarzdagi 
musobaqalashtirish unsurlari kiritiladi. 
Bu didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o`yin natijalari bilan 
bog`lanadi. 
Shunday qilib, didaktik o`yinli mashg`ulotlar modeli o`quvchilarning o`quv 
jarayonida faoliyatni egallashga qaratilishi kerak. O`yinlarni o`tkazishda pedagogik 
vaziyatlar to`liq tahlil etilib, ularni bajarish usulari to`liq muhokama qilinadi. 
O`quvchilar oldiga aniq o`yinning maqsadi qo`yiladi. Baholash uchun ekspertlar 
qo`yiladi. O`yinlar guruh yoki jamoa asosida amalga oshiriladi. 
Kimyo o`qituvchisi o`yin tanlashda darsga ajratilgan vaqt, o`quvchilarning 
tayyorgarligi, o`quv materiallarining mazmuniga alohida e`tibor qaratishi lozim. Dars 
jarayonida o`yinlarni amaliyotga tadbiq etishda suhbat, ko`rgazmali, amaliy 
usullardan foydalanish mumkin. Mashg`ulot yakunida o`yin natijalari tahlil qilinadi. 
O`quvchilarga kerakli tavsiyalar beriladi. Demak, kimyo ta`limi jarayonida 
pedagogik o`yinlardan foydalanish o`qituvchidan ijodkorlik, tashabbus va kasbiy 
mahoratni talab qiladi. Bu esa dars samaradorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. 
Kimyo darslarida didaktik o’yin texnologiyasidan foydalanish muhim
o’rin tutadi. Kimyoni o’qitishda boshqa pedagogik texnologiyalar kabi didaktik


53 
o’yin texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur texnologiyaning
konferentsiya, taqdimot, ijodiy o’yin, o’yin mashqlardan foydalanish yuqori 
samara beradi. Ushbu mashg’ulotlarda o`quvchilarning bilim olish faoliyati o’yin
faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi, shu sababli o`quvchilarning bilish faoliyatini
tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Quyida 
kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan didaktik o’yinli mashg’ulotlarning tavsifi 
berilmoqda.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə