Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132
kimyo o\'qitish

Nazorat savollari 
1.
Innovatsiya deganda nimani tushunasiz? 
2.
Ta`lim innovatsiyalari nima? 
3. Innovatsion ta`lim turlarini ayting. 
4.
Innovatsion ta`limda o`qituvchi faoliyati qanday tashkil etiladi? 
 
3-MODUL. KIMYO FANINI O’QITISHDA O’YINLI TEXNOLOGIYALAR
 
7-§

Kimyo fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalar. 
O’yinli texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, 
o’quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko’nikma va 
malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig’ini qisqartirish, ta’limni 
jadallashtirishga yordam beradi. 
O’yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar 
ham namoyon bo’ladiki, buning oqibatida har bir o’quvchi o’zining shaxsiy 
imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o’zi egallagan o’rinni 


46 
barqarorlashtiradi, o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalarini hosil qiladi. O’yinli 
texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy 
ko’nikma va malakalaraga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki o’quvchilarda 
muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi. 
O’yinli texnologiyalarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko’zda to’tiladi: 
1)
ta’limiy (didaktik) maqsad; 
2)
tarbiyaviy maqsad; 
3)
faoliyatni rivojlantirishga yo’naltiruvchi maqsad; 
4)
ijtimoiy maqsad. 
Kimyo fanini o’qitishda o’yin faoliyati funktsiyalari 
Kimyo fanini o’qitishda foydalaniladigan o’yin faoliyati quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi: 
- o’yin har doim o’quvchining tahsil olish faoliyatiga bo’lgan qiziqishini 
orttiradi. 
- O’yin davomida o’quvchilarning muloqotga kirishishi kommunikativ - muloqot
madaniyatini egallashga yordam beradi. 
- O’quvchining dars davomida o’z iqtidori, qiziqishi bilimini va o’zligini 
namoyon etishga imkon yaratadi. 
- Hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga, 
mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalari tarkib topadi. 
- O’yin jarayonida o’quvchilarda ijtimoiy me’yorlarga mos fanni egallash
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi. 
- O’quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi, ya’ni
ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi. 
- Insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa tabiiy, ijtimoiy, 
ma’naviy-madaniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi. 
- O’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda
tutiladi. 


47 
- O’yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va 
o’quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo’ljalni to’g’ri 
olishga o’rgatadi. 
O’rgatuvchi o’yin usuli o’qitish usuli sifatida quyidagi vazifalarni amalga 
oshiradi: 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə