41
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi
Innovatsion faoliyat o`qituvchining ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum
maqsadga yo’naltirish asosida BKMni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar
bilan to’ldirib borish, bilish,
loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik
mahoratini rivojlantirishni talab etadi.
Zamonaviy
sharoitda
o’quvchilarning
o’quv-bilish
faolliklarini
kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini
yaxshilash maqsadida
innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit
tizimi, masofali o’qitish, Blended learning
(aralash o’qitish)
va mahorat darslari
ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari belgilangan maqsadga muvofiq
yo'nalish va hajmga ega bo'lgan ta’lim mazmunini davlat ta’lim standartlari, o'quv
rejasi, o'quv dasturi va darsliklar asosida yetkazishga xizmat qiladi.
Har qanday
texnologiya ta’lim maqsadiga mos sabab bilan yaratiladi.
O`qituvchi tomonidan ta’lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli
faol metodlarning qo’llanilishi o`quvchlarni
rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada
o’stirishga xizmat qiladi. Xususan:
- muammoli izlanish;
- kichik tadqiqotlarni olib borish;
- debat;
- bahs-munozara;
- evristik suhbat;
- kichik guruhlarda ishlash va b.
Quyida kimyoni o`qititishda keng qo`llaniladigan
ayrim metodlar bilan
tanishib o`tamiz.
Dostları ilə paylaş: