Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   132
kimyo o\'qitish

 “Muammoli vaziyat” usuli
– o`quvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va 
oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini 
shakllantirishga qaratilgan usuldir. 
"Muammoli vaziyat" usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi 
o`quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular qo’yilgan muammoning 
yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmaslik, ta’lim 
oluvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib 
keladi. «Muammoli vaziyat» usuli qo’llanilganda o`quvchilar mustaqil fikr yuritishni
muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar.
“Muammoli vaziyat” usulining bosqichlari: 
1. O`qituvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni 
aniqlaydi. O`qituvchi o`quvchilarga muammoni bayon qiladi. 
2. O`qituvchi o`quvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan 
tanishtiradi. 
3. O`qituvchi o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. 
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o’rganadilar. Muammoning kelib 
chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha 
taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
5. Bu bosqichda muammoning oqibatlari to’g’risidagi fikr-mulohazalarni taqdimot 
qiladilar. Taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama va tahlil qiladilar. 
Muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar. 
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo’yicha taqdimot qiladilar va 
o’z variantlarini taklif etadilar. 
8. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi 


63 
bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo’llarining eng maqbul variantlarini 
tanlab oladi. 
Namuna.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə