Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132
kimyo o\'qitish

2-usul. O’zaro so’rov.
Guruhdan 3ta o’quvchi ―“5”, “4”, “3” bahoga
da’vogar o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazish uchun uch qator bo’lib o’tiradi. 
“3” bahoga javob bergan o’quvchi ―”4” bahoga harakat qilish uchun keyingi 
qatorga o’tadi. 
3-usul. Sokin so’rov.
O’qituvchi o’quvchilarga umumiy vazifa beradi.
O’zi esa bir yoki bir necha o’quvchidan past ovozda suhbat-so’rov o’tkazadi. 
4-usul. Ideal topshiriq.
O’qituvchi aniq uy vazifasini bermaydi, lekin
o’quvchilar o’tilgan mavzuga oid o’zlari topshiriq tuzadilar va bajaradilar. 
Uy vazifasini berish usullari. 
Juda ko’p hajm va qiyinlikdagi uy vazifasini berish bu o’zini 
oqlamaydigan usuldir. Uy vazifasini berishda bilimlarni mustahkamlash uchun 
maksimal foyda keltiradigan usullardan foydalanish lozim bo’ladi: 
1-usul. Uy vazifasining uch bosqichi.
Bu usulda o’qituvchi bir vaqtning 
o’zida uch bosqichda uy vazifasini beradi.
Birinchi bosqich
-majburiy 
minimum. Bu vazifaning xususiyati-barcha o’quvchilarga tushunarliligi va 
bajara olishida.


86 
Ikkinchi bosqich
-mashq vazifalari. Bu vazifalarni fanni yaxshi bilishni 
istaydigan va dasturni qiyinchiliksiz o’zlashtiradigan o’quvchilar bajaradilar. Bu
o’quvchilar 1-bosqichdagi vazifalarni bajarishdan ozod bo’ladilar.
Uchinchi bosqich
- darsning mavzusi, sinfning tayyorgarligiga ko’ra 
o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi. Bu-ijodiy topshiriq. Bu vazifa ixtiyoriy 
bajariladi, o’qituvchi tomonidan yuqori baho va olqishlar bilan 
rag’batlantiriladi. 
Ijodiy topshiriqlar qo’lami juda ham keng bo’lish mumkin:
- o’quv materiallari bo’yicha hikoyalar, esselar; 
- chaynvordlar, krossvordlar, skanvordlar, filvordlar; 
- o’quv komikslari; 
- plakatlarda tayanch chizmalar
- formulalar va h. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə