55
Kimyoni o`qitishda quyida keltiralayotgan didaktik o`yinlar
darsning turli
qismlarida, ya`ni, mavzuni takrorlash, mustahkamlash,
umumlashtrish maqsadida
qo`llanilishi mumkin.
Kimyoviy baxri-bayt
O`yinda ishtirok etuvchilar doira shaklida turadilar. O`yin quyidagicha
boshlanadi. Boshlovchi o`quvchi kimyoga oid biror atama yoki tushuncha nomini
aytadi va uning oxirgi harfiga keyingi o`quvchi shu harfga boshlanuvchi so`zni
aytadi. O`yin shu tariqa davom etadi.
Qaysi o`quvchi 5-10 soniya davomida atamalar nomini ayta olmasa,
to`xtalib qolsa, u o`yindan chiqqan sanaladi. O`yin bitta o`quvchi
qolguncha
davom ettiriladi. Eng oxirida qolgan o`quvchi g`alaba qilgan hisoblanadi.
Kimyoning asosiy tusunchalarini o`rganishda ham bu o`yin yaxshi samara
beradi. Masalan, modda – atom – molekula – atom massa – allotropiya – yadro –
olmos – sublimatsiya - va hokazo.
Yoki, kimyoviy element – tenglama – amorf – formula – atom – molekulyar
– reaksiya – yadro – oltin – neytron – nisbiy molekulyar massa – va hokazo.
Shu bilan birga kimyoviy elementlar, anorganik
birikmalarning eng muhim
sinflari kabi mavzularda qo`llash ham yaxshi samara beradi.
Masalan, Kaliy nitrat ─ Temir (II)-sulfat ─ Temir (III)-sulfat - va hokazo
yoki Natriyli silitra ─ Ammoniy xlorid ─ Dimetil ammoniy sulfat va hokazo.
Toponomik o`yin
Bir xil kattalikdagi qog`ozga elementlar nomlari yoziladi: mis, oltin,
kumush, qalay, qo`rg`oshin, temir, simob, oltingugurt, uglerod, rux, mishyak,
surma va xokazo.
O`yin
tartibi
:
elementlar nomlari aralashtirilib, yozuvli tomoni pastga
qaratilgan holda stol ustiga yoyib qo`yladi. O`quvchilar o`zlariga tushgan
element
nomlariga qisqacha izoh berishi kerak.
Masalan, Oltin-tong shafog`i, berilliy-shirin, alyuminiy-achchiqtosh,
argon-
dangasa, yod-binafsha, vodorod-suv tug`diruvchi, kislorod- kislota
hosil qiluvchi
va hokazo.
56
O`yinga taklif etilgan o`quvchilarga 5 tagacha qog`oz olishga ruxsat etiladi.
O`quvchi javob bera olsa, nom yozilgan qog`ozni o`z qo`lida
olib qoladi, javob
bera olmasa uni joyiga qo`yadi. Demak, o`quvchilarning har bir to`g`ri javobiga bir
ball beriladi.
Bu o`yinni butun guruh o`quvchilari ishtirokida uyushtirish mumkin. O`yin
davomida qaysi o`quvchi ko`p ball to`plasa, o`sha o`quvchi g`olib deb topiladi.
Toponomik o`yin o`quvchilarni darslikdan tashqari materiallarni ko`proq
o`qishga va ma`lumotnoma materiallari bilan tanishishga majbur etadi.
Dostları ilə paylaş: