Men nechun sevaman, O‘zbekistonni?!



Yüklə 8,72 Mb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü8,72 Mb.
#136081
1   2   3   4   5   6
MEN NECHUN SEVAMAN O’ZBEKISTONNI

Quyosh sevgan yurt farzandi ekanimdan behad baxtiyorman. Vatanim menga nima berdi? - Baxt berdi. Har kuni iqbol ulashdi. Bag’rida insoniylikni tuyib ulg’aydim. Vatan menga o‘zimni-o‘zligimni tanitdi, kimligimni angladim. Vatan tuyg’usi, vatan muhabbati tomirlarim uzra jo‘sh ura boshladi. Vatan qo‘llarimga qalam tutdi. Uning madhini bita boshladim. Vatan menga insonlikni, odam bo‘lib yashashni o‘rgatdi. Shu yurtda buyuk bobolarimni tanidim. Bugun O‘zbekiston – yoshlar mamlakati! Har bir farzandining orzu-istaklari uchun qanot bermoqda. Ammo bu dorulomon kunlarga erishguncha yurtimiz boshiga qanchadan qancha musibatlar tushmagan deysiz. O‘zbek xalqi qanchalar og’ir kechmishlarni boshidan kechirsa-da, doim erk istadi, ozodlikka intildi, yaxshi kunlarni orzuladi va erishdi.

  • Quyosh sevgan yurt farzandi ekanimdan behad baxtiyorman. Vatanim menga nima berdi? - Baxt berdi. Har kuni iqbol ulashdi. Bag’rida insoniylikni tuyib ulg’aydim. Vatan menga o‘zimni-o‘zligimni tanitdi, kimligimni angladim. Vatan tuyg’usi, vatan muhabbati tomirlarim uzra jo‘sh ura boshladi. Vatan qo‘llarimga qalam tutdi. Uning madhini bita boshladim. Vatan menga insonlikni, odam bo‘lib yashashni o‘rgatdi. Shu yurtda buyuk bobolarimni tanidim. Bugun O‘zbekiston – yoshlar mamlakati! Har bir farzandining orzu-istaklari uchun qanot bermoqda. Ammo bu dorulomon kunlarga erishguncha yurtimiz boshiga qanchadan qancha musibatlar tushmagan deysiz. O‘zbek xalqi qanchalar og’ir kechmishlarni boshidan kechirsa-da, doim erk istadi, ozodlikka intildi, yaxshi kunlarni orzuladi va erishdi.

Ma`rifatparvar adib vatandoshimiz Abdurauf Fitrat o‘z kitobida vatanining qayg’usi va taqdiri haqida shunday yozadi: “Ey ulug’ Turon… Sen mening vatanimsan… Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq – mening o‘limim. Sening uchun o‘lmoq – mening tirikligimdir. Panohim, sajdagohim, umidim! Yotlaring seni shu kuygami soldilar? Zolimlar seni kimsasizmi ko‘rdilar? Yo‘q, sen kimsasiz emassan. Mana, men chin ko‘nglum bilan sening yo‘lingda o‘lurg’a rozi… Men sening uchun yasharman, sening uchun o‘lurman. Ey turklikning muqaddas o‘chog’i! O‘lim – sening o‘limingni istaganlarga, nafrat – seni ko‘mgani kelganlarga!”. Chin ma`rifatparvar adib Abdurauf Fitrat qalbidagi bu chin vatanparvarlik hissi va vatanga bo‘lgan ta`masiz muhabbat unga – ona suti, ona allasi, ona bag’ri va ona mehr-muhabbati bilan singigan bo‘lsa ajab emas.

  • Ma`rifatparvar adib vatandoshimiz Abdurauf Fitrat o‘z kitobida vatanining qayg’usi va taqdiri haqida shunday yozadi: “Ey ulug’ Turon… Sen mening vatanimsan… Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq – mening o‘limim. Sening uchun o‘lmoq – mening tirikligimdir. Panohim, sajdagohim, umidim! Yotlaring seni shu kuygami soldilar? Zolimlar seni kimsasizmi ko‘rdilar? Yo‘q, sen kimsasiz emassan. Mana, men chin ko‘nglum bilan sening yo‘lingda o‘lurg’a rozi… Men sening uchun yasharman, sening uchun o‘lurman. Ey turklikning muqaddas o‘chog’i! O‘lim – sening o‘limingni istaganlarga, nafrat – seni ko‘mgani kelganlarga!”. Chin ma`rifatparvar adib Abdurauf Fitrat qalbidagi bu chin vatanparvarlik hissi va vatanga bo‘lgan ta`masiz muhabbat unga – ona suti, ona allasi, ona bag’ri va ona mehr-muhabbati bilan singigan bo‘lsa ajab emas.

Yüklə 8,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə