Mening oilam” (o`rta guruhlar uchun integrallashgan mashg`ulot ishlanmasi) Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/5
tarix20.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#128978
1   2   3   4   5
Mening oilam ishlanma

ILM-FAN VA TABIAT:
Mavzu: “Kimning uyi mustahkam” uy maketlarini tajribada sinab ko`rish.
Maqasd: Haqiqiy qurilish materiallarini biladi, qamish nima ekanligi haqida bilimga ega. Uy nimalardan qurilsa mustahkam bo`lishi to`g`risida tasavvurga ega, quruvchi kasbi haqida bilim va tasavvurlari kengayadi, uyni qurishda ketma-ketlik va uning asoslarini biladi. Kelajak uchun taxminiy uylar rejjasini hayolan va amalda yasab ko`radi.
Kerakli jihozlar: Qamish, yog`och kubiklar, qog`oz qutilarr uylar rasmi, qamishli, qutili, yog`och kubikdan yasalgan uy namunalari.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlar orqali uylar nimalardan qurilishi haqida bilim va mallakalarini oshirish.

  2. Uy namunalarini ko`zdan kechirish.

  3. Uylarning nimadan qurilganligini tahlil qilish.

  4. Tayyor uy maketlarini birma-bir qo`pol harakatlar orqali mustahkamligini sinab ko`rish.

  5. Natijani tahlil qilish.

  6. Mustahkam va mustahkam bo`lmaganligi sababini aniqlash

  7. O`zaro fikr almashish.

Qo`shimcha: Jamoa bo`lib qamishdan chayla qurishni taklif etish.

QURISH-YASASH VA MATEMATIKA MARKAZI:
Men yashayotgan uy” mavzusida legodan uy yasash tavsiya etiladi.
Maqsad: qurish-yasah ishlarini amalga oshirishda aniq hisobni oladi, matematik tasavvurlari kengayadi, qurilishdagi ketma-ketlikka rioya qiladi. Sanoq tartib sonlarni farqlay oladi. “Qancha?”, “Hisob bo`yicha qancha?” kabi savollarga javob beradi.

Kerakli jihozlar: AKT orqali quruvchining uy qurish jarayoni namoyish etilgan disk yoki fleshka. Turli xil uylar tasvirlangan rasmlar, kubik va lego.


Faoliyatning borishi:

  1. Uy qurilish jarayonini AKT orqali kuzatish.

  2. Uy qurishni rejalashtirish.

  3. Kerakli jihozlarni tanlash.

  4. Shinam uy qurish.

  5. Uy uchun foydalanilgan materialni tahlil qilish.

  6. Natijani tahlil qilish va do`stlari bilan o`rtoqlashish.

Q o`shimcha: Mavzuga doir multfilm namoyish etish.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə