Metall panjaralarining real tuzilishini tahlil qilish 1



Yüklə 50 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü50 Kb.
#163240
1   2
1. Qodirov R. docx

Sirtqi nuqsonlar esa kristall panjarali jismning yuza qismida yoki kristall panjaralarni yoqlarida joylashgan bo‘lib, u bir nechta nuqtali nuqsonlardan va har xil chiziqli nuqsonlardan tashkil topgan, kombinatsiyalashgan nuqson turidir.
Kristall panjarali tuzilishga ega bo‘lgan barcha moddalarning xossalariga mazkur nuqsonlar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Masalan, vakansiyalarning paydo bo‘lishi metallning zichligini kamayishiga olib keladi, zichligining kamayishi esa uning mexanik mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bu nuqsonlar metallarning elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligining kamayishiga va ularda elektr qarshiligining ortishiga ham olib keladi. Buning natijasida metallarning mexanik ko‘rsatkichlari va sifati pasayadi.
Allotropiya.'>Allotropiya. Tabiatda ba’zan bir xil kimyoviy elementdan tashkil topgan lekin tarkiblari, xossasi va kristall holatlari bilan farq qiladigan oddiy moddalarni uchratamiz. Masalan, grafit tarkibi uglerod elementi atomlaridan iborat bo‘lib, nisbatan yumshoq, mo‘rt va qoramtir rangga ega. Ammo xuddi shu uglerod elementidan iborat bo‘lgan olmos moddasi ham bor, lekin uning xossalari butunlay aksincha, juda ham qattiq, mustahkam va shaffof ko‘rinishga ega. Oddiy moddalarda uchraydigan bunday g‘ayritabiiy hodisani allotropiya hodisasigina tushuntirib berishga qodirdir.
Allotropiya – bir oddiy modda odatdagi sharoitda bir necha xil oddiy moddalarni hosil qilish hodisasidir. Hosil bo‘ladigan moddalar esa allotropik shakl o‘zgarishi yoki modifikatsiyasi deyiladi.
Allotropiya hodisasi ikki xil holatda vujudga keladi:

  1. molekulada atomlar sonining turlicha bo‘lishiga qarab; masalan, kislorod moddasi – O2 va ozon – O3, S4 va S8, P4 va P;

  2. kristal panjaralarining turlicha bo‘lishiga qarab; masalan,

C → olmos, grafit, karbin, fulleren; P → oq, qizil, sariq, qora; Fe → α, β, γ, σ; Sn → oq, kulrang; S → monoklinik, plastik, kristall; Si → amorf, kristall; Se → plastik, kristall.
Allotropiya hodisasi asosan davriy sistemada IV, V, VI guruhlarda uchraydi. H2, N2, F2, Cl2, Br2, J2 larda allotropiya hodisasi kuzatilmaydi.
Bir moddaning turlicha kristall tuzilishga ega bo‘lishi polimorfizm hodisasi ham deyiladi. Masalan: SiO2, S, Fe, Sn, Se kabilar turli tuzilishdagi moddalarni hosil qilgani uchun bu moddalar polimorf moddalar deyiladi.
Tarkibi turlicha bo‘lgan moddalarning bir xil kristall tuzilishga ega bo‘lish hodisasiga izomorfizm deyiladi. Masalan: olmos va osh tuzi o‘zaro bir xil tuzilishli kristallarni hosil qiladi. Bu moddalar izomorf moddalar deyiladi.
Harorat oshganda metallarning kristall panjaralari asta-sekin buzila boshlaydi va atomlarning harakati tezlasha boradi. Bu holat esa metallni bora-bora suyuq holatga o‘tishini ta’minlaydi. Metallarning suyuq holatga o‘tishi boshlangan harorat metallarning suyuqlanish harorati deyiladi.
Ba’zi metallar harorat oshganida o‘z kristall panjaralarini o‘zgartiradi. Bu harorat ularning allotropik yoki polimorf o‘zgarish harorati deyiladi. Masalan, temirning ikkita polimorf o‘zgarish harorati bor, ular: 911oC va 1392oC lardir.
911 oC dan quyi haroratlarda temir α (alfa) modifikatsiyasi ko‘rinishida bo‘ladi. 911 oC haroratda esa, kristall panjarasi hajmi markazlashgan kub shaklidagi α – temir yoqlari markazlashgan kub shaklidagi γ – temir modifikatsiyasiga o‘tadi. Harorat tobora oshib 1392 oC ga yetganda yana temirning hajmi markazlashgan kub shaklidagi α – modifikatsiyasi hosil bo‘ladi. Yana shuni aytib o‘tish joizki, temirning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi natijasida uning xossalari ham o‘zgara boradi. Masalan, temir 768 oC dan quyi haroratlarda ferromagnit xususiyatiga ega bo‘lib, harorat 768 oC ga yetganda esa u butunlay magnitlik xossasini yo‘qotadi. Magnitlik xossasini yo‘qotgan temirni ba’zan β – temir modifikatsiyasi deb ham yuritiladi.
Xulosa qilib aytganda metallarning fizik xossalari ularning kristall tuzilishi bilan izohlanadi. Kristallni tashkil qilgan zarrachalar orasidagi bog‘lanishning mustahkamligi kristall panjara energiyasining qiymati bilan belgilanadi. Kristall panjara energiyasi 1 g-mol kristalldagi zarrachalarni bir-biridan ajratish uchun zarur bo‘lgan enegiya bilan o‘lchanadi.


ADАBIYOTLАR

  1. Pyrometallurgy, by Fathi Habashi. 2003.

  2. A textbook of Pyrometallurgy, by Fathi Habashi. 2002.

  3. Yusupxodjaev A.A., Aribjonova D.E., Mirzajonova S.B. Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi. Ma’ruza matni. – T.:. ToshDTU, 2014.

  4. Xudoyarov S.R., Yusupxodjaev A.A., Valiev X.R., Aribjonova D.E. Rangli va qora metallarni ishlab chiqarish. –Toshkent: Noshir, 2012.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə