Meva daraxtlariga shakl berish va qirqish



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə1/4
tarix15.06.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#117479
  1   2   3   4
1404470094 53638

Meva daraxtlariga shakl berish va qirqish


Reja:




  1. Shakl berish va butashning ahamiyati.

  2. Shakl berish texnologiyasi.

  3. Sust o’suvchi payvandtagga ulangan daraxtlarni kesish va ularga shakl berish.

  4. Palmetta daraxtlarga shakl berish.

1. Shakl berish va butashning ahamiyati. Mevali daraxtlarni butash-xirurgik operatsiya bo’lib, bunda daraxtning hosildorligi hamda mevalarning sifati bilan bog’liq bo’lgan quyosh radiatsiyasidan ratsional foydalanishni daraxtlarning o’sishi, assimilyatsiya apparatining kattaligini, shoh-shabbada uning joylanishini tartibga solishga imkon beradi.
Butash bilan daraxtning hosilga kirish muddatlarini o’zgartirish, uning mahsuldorlik davrini uzaytirish, mustahkam yoritilgan shoh-shabba tuzish, bog’larni parvarish qilishni qulaylashtirish, yildan-yilga meva berishni tartibga solish. Daraxt hosildorligini oshirish mumkin va hokazo. Butash yordamida gektariga ko’proq daraxt joylashtirishga imkon beradigan ixcham (kompakt) shoh-shabbalar tuzish, shu bilan bir vaqtda butashda, mevalarni uzib olishda mehnat unumdorligini oshirish mumkin. Ixcham shoh-shabbalar bog’ ishlarini mexanizatsiyalashga yordam beradi. Bunday shoh-shabbalar kichikroq daraxtlarda hosil qilinishi mumkin. Kam gabaritli va yassi formalar birmuncha afzalliklarga ega, ularda asosiy shohlar kam. O’suvchi shohlar esa ko’p bo’ladi. Ular juda serbarg bo’lganda, hosil shohlari ko’p bo’ladi. Bu formalar daraxtlarni zichlashtirish va mevalardan yuqori hosil olishga imkon beradi. Ulkan meva daraxtlarga qiziqish qolib ketdi. Hozir ular o’zini oklay olmaydi. Lekin kam gabaritli, yassi formalar endigina ishlab chiqarishda joriy etilmoqda. Bog’larimizning mutlako ko’pchiligi xajmi formalardagi kuchli o’sadigan payvandtaglarda barpo etilgan. Ular xali ancha uzoq vaqt saqlanadi va ularni yangilarini ekish davom etaveradi.
Butash -meva daraxtlariga ta’sir etadigan eng aktiv agrotexnik usullaridan bo’lib, ularni parvarish qilish kompleksida muhim element hisoblanadi. Meva daraxtlarini sistemali butash orqali hosilni uch barobargacha oshirish mumkin.
Daraxtlarni butash mevalarini 20,4%gacha yiriklashtiriladi, ularning ta’m sifatini ham yaxshilaydi. Butalgan mevali daraxtlarning tarkibida butalmagan daraxtlarnikidagiga qaraganda shakar va kislotalar ko’p bo’ladi. Butash shoh-shabbalarini yig’inchoq qiladi, shohlashini kuchaytiradi, asosiy (skelet) shohlarini mustahkamlaydi, tirgovichlar qo’yishga bo’lgan talabni kamaytiradi, shoh-shabbaning pastki qismlaridagi barglar to’kilishini (daraxtning yalong’ochlashini) kechiktiriladi va mevani shoh-shabbaning gektarida hosil bo’lishiga yordam beradi, daraxtni sinishdan saqlaydi va shu bilan daraxtlarning uzoq yashashini ta’minlaydi. Butash yordamida daraxtlarni yoshartirib bog’ning mahsuldorlik yoshini uzaytiradi.
Butash daraxtlarning sovuqqa chidamliligini ham oshiradi, ya’ni bunda butalgan daraxtlar yaxshiroq barg chiqaradi va qishki tinim davri uchun ko’p oziq moddalar to’playdi. Bu moddalar o’simlikni sovuqdan himoya qilish quvvatiga ega bo’ladi.
Nihoyat, butash agrotexnikaning boshqa usullari bilan birga har yilgi hosilni tartibga solib turishiga yordam beradi.

Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə