|
Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc12.3.20. MAKTUBOT
İ
ALLOM
İ
Y
“Maktuboti Allomiy” –“Maktuboti Abulfazl”, “
İ
nshoyi Abulfazl”
(”Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan (va kwchirilgan) maktublar”)i deb h’am
ataladi. Maktublarning asosiy qismi Boburiylar saltanati (1526-1858 yy.)ning
atoqli podshoh’laridan Jaloliddin Akbar (1556-1605 yy.) nomidan, bir qismi
vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy
mazmundagi maktublaridan iborat. Twplam uch qismga bwlingan. Undan bizga
uchdan ikki qismi, yani ikkita daftari etib kelgan, xalos. U Allomiyning
qarindoshi Abdusamad ibn Afzal Muh’ammad tarafidan tuzilgan.
“Maktuboti Allomiy”da 1586-1596 yillarda Buxoro va Balx xonliklari
bilan Boburiylar davlati (Hindiston) wrtasidagi si
ё
siy munosabatlar h’aqida wta
qimmatli malumotlarni uchratamiz. Malumki, wsha yillari Hindistonning nafaqat
Buxoro va Balx xlndiklari, balki Eron bilan h’am munosabatlari jiddiy tus olgan
edi. Agar Boburiylar bilan Shayboniylar davlatlari wrtasidagi si
ё
siy
munosabatlar Badaxshon tufayli, twg’risi Badaxshonni wz h’ukmronligiga
kiritib olish xususida bir qadar buzilgan bwlsa, Safaviylar Eroni bilan Hindiston
wrtasidagi munosabatlar katta si
ё
siy-strategik ah’amiyatga ega bwlgan Qandaxor
xususida bir muncha buzilib qolgan edi.
Majmuadagi maktublarda mana shu chigal masalalarning moh’iyatini
tushuntirib bera oladigan daliliy malumotlar kwp. Bu jih’atdan Akbarning
Abdullaxonga ywllagan uchta maktubi va Abdullaxonning mavlono Mir
Quraysh, Ah’mad otaliq boshchiligida Hindistonga yuborgan elchiligi, va
Buxoro elchisi olib borgan maktub, va Akbarning Balx bilan Buxoroga xoja
Afzal, Hakim Humom va Mir Sadrijah’on boshchiligida ywllagan elchiliklari
xususida qimmatli malumotlar keltirilgan.
Yana bir muh’im masalani h’am aytib wtishga twg’ri keladi.
Maktublarning birida kelgusida tutiladigan si
ё
sat xususida ikki davlat –
Boburiylar davlati va Buxoro xonligi h’ukmdorlarining maxsus uchrashuvini
uyushtirish masalasi kwtariladi.
“Maktuboti Abulfazl” majmuasining yaxshi bir qwl
ё
zma nusxasi (tartib
raqami 290, 154 varaq) Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining
Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud.
Dostları ilə paylaş: |
|
|