96
“Ravzat us-safo” asarini eng mashh’ur va manzur
umumiy tarixga oid fors
tilidagi kitoblardan biri deb bah’olash mumkin, chunki birgina Toshkentdagi
Wzbekiston FA Abu Rayh’on Beruniy nomli institut xazinasida uning yuzdan ziёd
mwtabar qwlёzmalari mavjud. Ushbu ulkan asarning wzbek tiliga tarjimasi
Xorazmda bir necha yillar davomida etuk tarjimon, shoir va tarixchilar Munis va
Ogah’iy ishtiroki va rah’barligida amalgaoshirilgan.
Kitob matni 1845-1848 yillari Bombey, 1853-1857, 1960 yillari Teh’ron,
1874-1883-1891 yillari Lakh’nav shah’arlarida chop etilgani h’am asarning
shuh’rati va ah’amiyatidan dalolatdir.
Asardan
ayrim parchalar ingliz, frantsuz, nemis va rus tillariga tarjima
qilinib, chop etilgan. Bu kitob twg’risida 1999 yili sharqshunos Mah’mud Hasaniy
risola elon qilgan.
8.4. Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ah’amiyati
Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar ananaga binoan arab tilida nomlanar,
ularda h’am islomiy manbalar va islom tarixiy asarlar xususiyatlari yaqqol kwzga
tashlanar edi. Xatto ёzuv ёki xat turi arab alifbosida bwlib,
keyincha forsiy va
turkiy til xususiyatlarini h’isobga olgan h’olda yigirma sakkiz arab h’arfiga twrt
h’arf qwshildi va natijada arab ёzuviga asoslangan fors va turkiy til ёzuvi vujudga
keldi.
XIV asrgacha asosan arab ёzuvi mumtoz turlari kufiy, nasx va suls istemol
etilgan bwlsa, XV asrdan boshlab yangi ёzuv nastaliq Temuriylar davrida Mir Ali
Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, istemolga kiritildi bu ёzuv badiiy va
tarixiy asarlarda etakchi wrin egalladi.
Ammo tarixiy asar matni ichida kelgan “Quroni karim” oyatlari, “Hadisi
sharif”lar
ananaga binoan arab tilida, kufiy, nasx va suls ёzuvlarida barcha
h’arakatlari kwrsatilgan h’olda ajratilib bitilar va swngra ularga forsiy ёki turkiy
tilda izoh’, tafsir keltirilar edi.
Fors tilining tarixiy manbalar tiliga aylanish davri va taraqqiy etishi kitobat
sanatining Movarounnah’r va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga
twg’ri keldi.
Aksariyat fors tilidagi tarixiy asarlar bksak sifatli qog’ozga bitilar, kitob turli
ajoyib naqshlar va mwjaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va aёnlar
uchun yaratilgan mwtabar qwlёzmalar
oltin va kumush suvlari, turli bwёqlar bilan
bezatilib, kitobat sanatining shoh’ asarlari darajasida yaratilib, yuksak sanat
namunalariga aylantirilar edi.
Ananaviy tarixiy asarlar, yani ulkan umumiy tarixga oid, barcha xalqlar
tarixini wz ichiga qamrab oluvchi mah’obatli kitoblar wrnini asta-sekin aloh’ida
davr va biron bir sulolalar tarixiga bag’ishlangan asarlar paydo bwlib,
ularning
wrnini egallay boshladi.
Eng qadimgi fors tilida bitilgan manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro
tarixi” asari bwlsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali
Yazdiy, Hofizu Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Muh’ammad Mirxond,
G’iёsiddin Xondamir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. Swnggi fors
97
tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Ah’mad Donishning
tarixiy
asarlarini namuna sifatila kwrsatish mumkin.
Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri matn
orasida, voqealar baёni davomida sheriy lavh’alarning keltirilishidir. Bu sheriy
lavh’alar tarixchining wz asari bwlishi mumkin va u boshqalarning sheriy
asarlaridan h’am bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-sheriy lavh’alarda
konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda kwp ishlatilishidir.
Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda wxshatish, mubolag’alar kwp
ishlatilib, baёn uslubi wta jimjimador bwlishi mumkin. Mana shunday asarlar
twg’risida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu
uslubda ёzilgan, tashbih’ va mubolag’alar bilan oro berilgan
kitoblarda kwzlangan
maqsadlar wrtada ywqolib ketadi, agar swz qoida-qonunidan nasibador
bwlganlardan birontasi manini fah’mlab qolsa qolar, ammo qolgan wntasi, balki
yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga etishdan ojiz. Shu sababli, uning
foydasi barchaga barobar bwlmaydi.”
34
Yurtimiz
h’ududida
fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda h’am arabiy,
h’am turkiy, ayrim h’ollarda mwg’ul tili elementlari, swzlar,
iboralar, atamalar va
h’ujjatlar uchrashi va mavjud bwlishi biz uchun bir tabiiy h’oldir. Chunki
wtmishda xalqimiz ziёlilari va namoёndalari uchun bir necha tilni bilish va ularni
ishlatish odatiy h’ol edi.
Ushbu qwllanmada barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni twla qamrab
olishni maqsad qilib qwymay, ularning ichidan eng muh’imlarni namuna sifatida
tanlab olib, ular twg’risida ixcham,
qisqa malumotlar keltirdik, xalos. Chunki bu
bilimlarni talabalar wzlari mustaqil kengaytiradilar degan umiddamiz. Bizning
maqsadimiz, keltirilgan ushbu malumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy
manbalar xususida umumiy tasavvurni shakllantirish va uni mustaqil fikrlashga
wrgatishdir.
8.5.Foydalanigan adabiёtlar rwyxati:
1.
B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”.
2001.
2.
T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarixnavisligidan lavh’alar.
- Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. -.
3.
Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan.
İstoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”.
1998. –S. -.
4.
Rukopisnaya kniga v kulturax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-
Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.-S. 330-406.
5.
B.A.Axmedov. İstoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-
XU111 vv. (Pismennıe pamyatniki).-Tashkent: “Fan”, 1985.
6.
Manbashunoslikdan maruzalar majmuasi. Tuzuvchi A.A.Madraimov.-
Toshkent: TDPU, 2001. 42-53 betlar.
34
Шомий Низомиддин. Зафарнома. Форс тилидан ўгирувчи Ю. Ҳакимжонов.-Т.: “Ўзбекистон”, 1996, 23 бет.