Agrar islohotlar / agrarian reforms / аграрные реформы
– qishloq xo’jaligidagi islohotlar.
Davlatning yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlari va yerda xo’jalik yuritish usullarini o’zlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Dastlab agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari,
yo’nalishi, uni o’tkazish bosqichlari aniqlab olinadi. Shunga asoslanib agrar islohotlarni o’tkazishning
aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi.
Agrar siyosat / Agricultural policy / Сельскохозяйственная политика
– agrar
munosabatlar masalasida davlatning faoliyati. Uning yordamida yer, asosiy vositalarga bo’lgan
mulkchilik, qishloq xo’jaligini rivojlantirish masalalarining asosiy yo’nalishlari belgilanadi. Qishloq
xo’jaligini kompleks rivojlantirishga qaratilgan faolit olib boriladi. Qishloq aholisining masalalarini hal
etishninig bosh yo’nalishlari belgilanadi. Har bir davlat o’z mannafatlaridan kelib chiqib, mamlakat
imkoniyatlarini hisobga olib agrar siyosatini olib boradi. Agrar siyosat ma’lum davrlarda o’sha darvning
sharoitlarini hisobga olib o’zgarib, o’z zamonasiga moslashtirilib boriladi.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |