Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


səhifə46/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

10.
 
Analitik-tahlil vazifasi
 – davlatning fermer xo’jaliklari rivojlanishini kuzatib borish, chuqur 
tahlil qilish va shu asosda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasini nazarda tutadi.  
11.
 
Ekspertlik  vazifasi
  –  fermer  xo’jaliklari  va  agrar  tarmoqni  barqaror  rivojlantirishga  oid 
loyihalarni, dasturlarni, shuningdek mahsulot va tovarlarni davlat standartlariga mos kelishini davlat 
ekspertizasidan o’tkazish hamda tegishli xulosalar chiqarishdan iborat.  
12.
 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  muqobillashtirish  vazifasi
  –  xalqaro  bozorlarda  fermer 
xo’jaliklari manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona ta’riflari va soliqlar orqali eksport uchun 
qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat.  
13.
 
Istiqbolni  belgilash  vazifasi
  –  agrar  tarmoq  va  fermer  xo’jaliklarini  istiqbolda 
rivojlantirishning  ustuvor  yo’nalishlarini  belgilash  choralarini  izchil  amalga  oshirishni  o’z  oldiga 
maqsad qilib qo’yadi.   
Fermer  xo’jaliklarini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  va  qo’llab-quvvatlashning  turli 
shakllari,  usullari,  mexanizmlari  va  dastaklarini  o’z  ichiga  muayyan  tizim  shakllangan  bo’lib,  bu 
tajribalarni  o’rganish  agrar  sohani  qo’llab-quvvatlashning  milliy  tizimini  shakllantirishga  yordam 
berishi mumkin.  
Shunday qilib, davlat tomonidan agrar siyosatni tartibga solishning qarab chiqilgan barcha 
ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyot agrar sektorida 
takror  ishlab  chiqarish  jarayoniga  va  mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  aloqalariga  o’z  ta’sirini 
ko’rsatadi. 
 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə