Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


 Agrar siyosatning tarixiy, huquqiy va institutsional asoslari


səhifə47/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

2.4. Agrar siyosatning tarixiy, huquqiy va institutsional asoslari 
 
Zamonaviy  agrar  iqtisodiyot  mamlakatimiz  iqtisodiy  hayotida  muhim  o’rin  tutadi.  Uning 
rivojlanish holati doimiy e’tiborga molikdir. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston qishloq 
xo’jaligining iqtisodiy inqirozga yuz tutganligining bir qator sabablari mavjud edi:  

 
birinchidan, ko’p yillar davomida yerga nisbatan davlat mulki munosabatlari hukmronlik 
qilgani  va  kishilarda  sosializmga  xos  fikrlashning  hukmronlik  qilishi  iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi;  

 
ikkinchidan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga fan-texnika yutuqlarini qo’llash va uni 
amalga oshirishning qiyinlashib qolganligi;  

 
uchinchidan,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishida  keragidan  ortiqcha  mehnat 
resurslarining  yig’ilib  qolganligi,  ularni  bo’shatish  va  boshqa  ish  bilan  ta’minlash 
hukumat oldiga yana bir ulkan muammoni qo’yganligi;  

 
to’rtinchidan, 
qishloq 
xo’jaligi 
texnikalarining 
eskiligi 
va 
tarmoqda 
mexanizasiyalashtirish darajasining pasayib ketganligi, yangi texnika sotib olish va ishlab 
chiqarishga  jalb  qilish  qimmatligi  va  ishlab  chiqaruvchilarda  buning  uchun  kerakli 
mablag’ning yo’qligi;  


 
54 
 

 
beshinchidan,  qishloq  xo’jaligi  korxonalarini  rivojlantirish  uchun  kerakli  miqdordagi 
ssuda va kreditlarning yetishmasligi yoki ularni olishning haddan tashqari qiyinligi.  
Agrar siyosatning asosiy vazifasi bu kabi muammolarga imkon qadar tezroq barham berish va 
iqtisodiy  islohotlarning  samarali  amalga  oshirilishiga  erishishdir.  Shu  maqsadda  keyingi  yillarda 
mamlakat agrar tarmog’ini rivojlantirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi.  
Ular ichida eng muhimlaridan biri mamlakat agrar siyosatining huquqiy asoslari yaratildi.  
O’zbekiston agrar siyosatining huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi:  

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;  

Yer Kodeksi;  

Mehnat Kodeksi;  

Fermer xo’jaligi to’g’risidagi qonun;  

Dehqon xo’jaligi to’g’risidagi qonun;  

Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi qonun;  

Qishloq  xo’jaligini  rivojlantirish,  undagi  ishlab  chiqarish,  moliya,  soliq,  kredit  va  boshqa 
munosabatlarni  takomillashtirish  borasidagi  qonunlar,  farmonlar,  qarorlar,  me’yoriy  hujjatlar  va 
boshqa qonunosti hujjatlari.  
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  institusional  o’zgarishlarni  amalga  oshirishda,  avvalambor, 
amaliy tajribaning yetishmasligi natijasida qator muammolar, kamchiliklar hamda nomutanosibliklar 
mavjud bo’lib, ular bevosita chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni va nazariy jihatdan asoslangan 
tavsiyalar  ishlab  chiqishni  taqozo  qiladi.  Shu  bois  institusional  muhitni  faollashtirish,  faoliyat 
ko’rsatayotgan  iqtisodiyotning  rivojlanish  qonuniyatlarini  bilish,  uni  modernizasiya  qilish 
mexanizmlarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. Rasmiy qoidalar 
bir  kechadayoq  siyosiy  qarorlar  yordamida  o’zgartirilishi  mumkin  bo’lgani  holda,  norasmiy 
me’yorlar juda sekin o’zgaradi. Norasmiy qoidalar asrlar davomida qaror topgan urf-odatlar, hatti-
harakatlar  me’yorlari,  milliy  mentalitetdan  tashkil  topgan.  Ular  vaqti  kelib  ushbu  jamiyat  uchun 
majburiy bo’lgan rasmiy qoidalar darajasiga ko’tarilishi yoki ularni qaror topishiga ta’sir ko’rsatgan 
shart-sharoitlarning o’zgarishi natijasida yo’q bo’lib ketishi mumkin. Masalan, O’zbekiston qishloq 
xo’jaligida tarixan mayda oilaviy ishlab chiqarish keng tarqalgan va bu ko’nikma hosil etgan shaxsiy 
tomorqa  xo’jaliklarining  dehqon  xo’jaliklariga  aylantirilishi.  Qonun  rasmiy  qoidalar  sifatida  asta-
sekin  urf-odat  va  an’analardan  vujudga  keladi.  Bunga  teskari  jarayon  qonunlar  urf-odat  va 
an’analarga  ta’sir  ko’rsatgan  chog’da  yuz  berishi  mumkinki,  buni  ko’proq  iqtisodiyot  sohasida 
kuzatish  mumkin.  Ammo  yangi  qonunlarning  bunday  ta’siri  jamiyatda  ularga  ehtiyoj  yetilgan 
bo’lishini  yoki  ularni  ijtimoiy  ongga  singdirish  bo’yicha  maqsadga  yo’naltirilgan  mafkuraviy 
ishlarning olib borilishini taqozo etadi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  institusional  o’zgarishlarni  amalga  oshirishda,  avvalambor, 
amaliy tajribaning yetishmasligi natijasida qator muammolar, kamchiliklar hamda nomutanosibliklar 
mavjud bo’lib, ular bevosita chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni va nazariy jihatdan asoslangan 
tavsiyalar  ishlab  chiqishni  taqozo  qiladi.  Shu  bois  institusional  muhitni  faollashtirish,  faoliyat 
ko’rsatayotgan  iqtisodiyotning  rivojlanish  qonuniyatlarini  bilish,  uni  modernizasiya  qilish 
mexanizmlarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. Rasmiy qoidalar 
bir  kechadayoq  siyosiy  qarorlar  yordamida  o’zgartirilishi  mumkin  bo’lgani  holda,  norasmiy 
me’yorlar juda sekin o’zgaradi. Norasmiy qoidalar asrlar davomida qaror topgan urf-odatlar, hatti-
harakatlar  me’yorlari,  milliy  mentalitetdan  tashkil  topgan.  Ular  vaqti  kelib  ushbu  jamiyat  uchun 
majburiy bo’lgan rasmiy qoidalar darajasiga ko’tarilishi yoki ularni qaror topishiga ta’sir ko’rsatgan 
shart-sharoitlarning o’zgarishi natijasida yo’q bo’lib ketishi mumkin. Masalan, O’zbekiston qishloq 
xo’jaligida tarixan mayda oilaviy ishlab chiqarish keng tarqalgan va bu ko’nikma hosil etgan shaxsiy 
tomorqa xo’jaliklarining dehqon xo’jaliklariga  aylantirilishi. Qonun rasmiy qoidalar sifatida asta-
sekin  urf-odat  va  an’analardan  vujudga  keladi.  Bunga  teskari  jarayon  qonunlar  urf-odat  va 


 
55 
 
an’analarga  ta’sir  ko’rsatgan  chog’da  yuz  berishi  mumkinki,  buni  ko’proq  iqtisodiyot  sohasida 
kuzatish  mumkin.  Ammo  yangi  qonunlarning  bunday  ta’siri  jamiyatda  ularga  ehtiyoj  yetilgan 
bo’lishini  yoki  ularni  ijtimoiy  ongga  singdirish  bo’yicha  maqsadga  yo’naltirilgan  mafkuraviy 
ishlarning olib borilishini taqozo etadi.  
Rasmiy (qonunlar) va norasmiy (urf-odatlar) institutlarning iqtisodiy tizim rivojiga hal qiluvchi 
ta’sir ko’rsatishini tan olish institusional iqtisodiyotning asosiy qoidasi hisoblanadi.  
Bozor islohotlarini o’tkazish va samarali bozorning yuzaga kelishiga to’siq bo’luvchi omillar 
juda  ko’p,  lekin  eng  asosiysi  –  institusional  o’zgarishlarning  yetarli  darajada  emasligidir. 
Institusional  sohadagi  o’zgarishlar  jamiyatning  taraqqiyot  yo’lini  belgilab  beradi,  iqtisodiyotning 
samaradorligiga ta’sir etadi.  
Bozor  iqtisodiyotida  davlatning  asosiy  vazifasi  kuchli  raqobatni  tashkil  etish,  daromad  va 
resurslarni taqsimlashda davlatning aralashuvi darajasini pasaytirish, bozorga kirish va resurslarga 
egalikdagi tengsizlikni bartaraf etish, hamda transaksion xarajatlarni pasaytirishga erishish lozim. 
Faqat shu yo’l bilan xususiy tadbirkorlik va bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga erishish mumkin.   
Institusional  o’zgarishlar  –  texnika  taraqqiyoti,  mulkchilik  munosabatlarining  o’zgarishi, 
milliy  iqtisodiyotni  boshqarishning  tashkiliy  tuzilishini  ya’ni,  bozorga  xos  yangi  muassasalarni 
yaratish  va  rasmiy  normalarning  qabul  qilinishidir.  Shu  nuqtai  nazardan,  agrar  islohotlarning 
institusional asosi yangi iqtisodiy institutlarning–mulk, ishlab chiqarish va boshqarishning iqtisodiy 
- huquqiy shakllarining, moliyaviy institutlar va bozor infratuzilmasining qaror topishi hisoblanadi.   
Tanlangan yo’l asosida O’zbekistonda agrar sohani rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab 
olindi  va  qishloq  xo’jaligida  iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish,  sohani  barqaror 
rivojlantirishga  qaratilgan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmon  va  qarorlari,  Davlat 
dasturlarida belgilangan tadbirlarning ijrosini tashkil etish, ularning o’z muddatlarida va to’laqonli 
bajarilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 
Hay’at qarori bilan quyidagi maxsus ishchi guruhlari tashkil etildi:  
1.
 
Tizimdagi korxonalarni modernizasiyalash va mahalliylashtirish, sifat va narxlar borasida 
raqobatbardosh  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmlarini  kengaytirish,  eksport  salohiyatini 
oshirish yo’li bilan ularning barqaror ishlashini ta’minlash masalalari bo’yicha;  
2.
 
Eksport mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni xorijga sotish ko’lamini oshirish, import 
hajmini optimallashtirish masalalari bo’yicha;  
3.
 
Xorijiy investisiyalarni jalb etish, ulardan maqsadli foydalanish va loyihalar monitoringini 
tashkil etish masalalari bo’yicha;  
4.
 
Qishloq  xo’jaligida  amalga  oshirilayotgan  tarkibiy  o’zgarishlar  jarayonida 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq va suv xo’jaligi 
boshqarmalari  hamda  tumanlar  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  bo’limlari  faoliyatini  takomillashtirish 
masalalari bo’yicha;  
5.
 
Qishloq infratuzilma obyektlari faoliyatini rivojlantirish hamda fermer xo’jaliklari Bilan 
ta’minotchi,  xizmat  ko’rsatuvchi,  tayyorlov  idoralari  o’rtasida  shartnoma  majburiyatlarining 
bajarilishi ustidan monitoring yuritish masalalari bo’yicha;  
6.
 
Suv  tanqisligining  salbiy  ta’sirini  yumshatish,  suv  resurslarini  oqilona  boshqarish  va 
suvdan samarali foydalanish hamda tomchilatib sug’orish tizimini tashkil qilish masalalari bo’yicha;  
7.
 
Paxtachilik, g’allachilik va moyli ekinlar masalalari bo’yicha;  
8.
 
Sabzavot, poliz, kartoshka, meva va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, ichki 
iste’mol bozorini to’ldirish hamda eksport qilish hajmlarini kuchaytirish masalalari bo’yicha;  
9.
 
O’simliklarni  himoya  qilish,  biolaboratoriyalar  va  agrokimyo-  stansiyalar  faoliyatini 
takomillashtirish masalalari bo’yicha;  
10.
 
Chorvachilik va qorako’lchilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha;  


 
56 
 
11.
 
Parrandachilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha;  
12.
 
Baliqchilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha;  
13.
 
Asalarichilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha;  
14. Pillachilik masalalari bo’yicha.  
Mazkur ishchi guruhlariga hududlarda yuqorida qayd etilgan yo’nalishlar bo’yicha belgilangan 
chora-tadbirlarning  bajarilishi  borasida  amalga  oshirilayotgan  ishlarni  tahlil  qilish,  joylarda 
aniqlangan xato-kamchiliklarni mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari rahbarlari bilan 
birgalikda bartaraf etish va muammolarni hal qilish vazifalari yuklatildi.  
Shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo’jaliklari  hamda  tegishli  korxona  va  tashkilotlar 
rahbarlari o’zlaridagi mavjud muammolar hamda ushbu yo’nalishlar bo’yicha vazirlik va uning tizim 
tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflarini Ishchi guruhlariga taqdim qilishdi.  
Shunga ko’ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-
tadbirlarini  belgilashda  jahon  moliyaviy  inqirozi  oqibatlarining  ta’sirini  har  tomonlama  hisobga 
olishimiz,  iqtisodiy  rivojlanish  dasturlarini  ushbu  jarayonlar  ta’siri  nuqtai-nazaridan 
shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. O’zbekiston uchun inqirozni 
bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’li sifatida quyidagi eng 
muhim ustuvor yo’nalishlar belgilangan:  
1)
 
mamlakatimizda  qabul  qilingan  jahon  iqtisodiy  inqirozi  oqibatlarining  oldini  olish  va 
bartaraf qilish bo’yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o’sishning 
uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;  
2)
 
tarkibiy o’zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikasiyalash, buni birinchi 
navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan 
raqobatbardoshli  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  yo’naltirilgan  iqtisodiyotning  eng  muhim 
tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo’li bilan amalga 
oshirish;  
3)
 
qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va 
ishlab  chiqarish  infratuzilmasini  jadal  rivojlantirishga,  mulkdorning,  tadbirkorlik  va  kichik 
biznesning  maqomi,o’rni  va  ahamiyatini  tubdan  qayta  ko’rib  chiqishga,  fermer  xo’jaligini 
rivojlantirishni  har  tomonlama  qo’llab-quvvatlashga  yo’naltirilgan  uzoq  muddatli,  o’zaro  chuqur 
bog’langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;  
4)
 
aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida 
xizmatlar ko’rsatish sohasi va kichik biznesnijadal rivojlantirish;  
5)
 
mamlakatni  modernizasiya  qilish  va  aholi  bandligini  oshirishning  eng  muhim  omili 
sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish;  
6)
 
banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarning bo’sh 
mablag’larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag’batlantirish.  
O’zbekiston  agrar  siyosatining  huquqiy  asoslari  yaratilgan,  faqat  uni  to’g’ri  amalga  oshirish 
muhim,  shundagina  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  kerakli  darajadagi  samarani  berishi 
mumkin. 
 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə