Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


 Agrar islohotlarning maqsadi, zarurati, mohiyati va huquqiy asoslari


səhifə55/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

3.2. Agrar islohotlarning maqsadi, zarurati, mohiyati va huquqiy asoslari 
 
Iqtisodiy  
islohotlar  
iqtisodiyotda   tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy 
chora-tadbirlar majmui bo’lib, ulardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va 
faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.  
 
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy modeli yaratildi. 
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, 
islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.  
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:  

 
mulkiy munosabatlarni isloh qilish;  

 
agrar islohotlar;  

 
moliya-kredit va narx-navo islohoti;  

 
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;  

 
tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; ijtimoiy islohotlar.  
Mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  birinchi  bosqichida  quyidagi  ikkita  vazifani 
birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yildi:  

totalitar  tizimning  og’ir  oqibatlarini  yengish,  tanglikka  barham  berish,  iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish;  

Respublikaning  o’ziga  xos  sharoitlari  va  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  bozor 
munosabatlarining negizlarini shakllantirish Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi 
bosqichida  iqtisodiyotda  va  ijtimoiy  sohada  yuz  bergan  tub  o’zgarishlar  uning  o’z  taraqqiyotida 
keyingi  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga  o’ta  boshlash  uchun  mustahkam  shart-sharoit  yaratdi.  Shu 
bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari ikkinchi bosqichning strategik maqsadlari va 
ustun  yo’nalishlarini  aniq  belgilab  olish  imkonini  berdi.  Mazkur  bosqichda  investisiya  faoliyatini 
kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni 
ta’minlab,  bozor  munosabatlarini  to’liq  joriy  qilish  maqsad  qilib  qo’yiladi.  Shu  maqsaddan  kelib 
chiqib  respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ikkinchi  bosqichda  amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan 
quyidagi bir qator vazifalarni ko’rsatib berdi:  


 
61 
 

 
davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish; 

 
ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; milliy 
valyuta – so’mni yanada mustahkamlash;  

 
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot 
ishlab chiqarishga o’tish  
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo’jaligini 
isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo’ldi:  

mamlakatimiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka egaligi, aholining ko’pchiligi qishloq xo’jaligida 
bandligi, iqtisodiy o’sishning ko’p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog’liqligi;   

respublika  butun  sanoat  potensialining  yarmiga  yaqinini  tashkil  qiladigan  sanoatning  ko’pgina 
tarmoqlarini  (paxta  tozalash,  to’qimachilik,  yengil,  oziq-ovqat,  kimyo  sanoati,  qishloq  xo’jalik 
mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqligi;  

qishloq xo’jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqtda valyuta resurslari, respublika uchun zarur 
bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib 
olishni ta’minlayotgan asosiy manba ekanligi;  

mustaqillik  sharoitida  qishloq  xo’jaligining  oziq-ovqat  muammosini  hal  etishdagi  rolining  ortib 
borishi.  
 
Biz mustaqillikka erishganimizdan keyin sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan ko’pgina respublikalar 
boshqa  davlatlar  uzoq  yillar  davomida  erishgan  yutuq  va  marralarga  bir  zumda,  ya’ni  “shok 
terapiyasi” usulini qo’llagan holda erishmoqchi bo’lishdi. Biz buning uddasidan chiqish uchun barcha 
imkoniyatlarimizni ishga solamiz, hammadan o’zib ketamiz, degan balandparvoz gaplar aytildi, turli 
rejalar, hisobotlar tuzildi, ular haqida dunyoga jar solindi. Keyin ma’lum bo’ldiki, shoshmashosharlik 
bilan uzoqqa borib bo’lmas ekan.  
 
Odatda  bir  iqtisodiy  tizimdan  boshqasiga  o’tilar  ekan,  yillar  davomida  hal  etishga  to’g’ri 
keladigan  muammolar  paydo  bo’ladi.  Bir  siyosiy  tuzumdan  boshqasiga  o’tish  uchun  eng  muhimi 
odamlarning  ongini,  tafakkurini  o’zgartirish  lozim.  Bu  ishni  amalga  oshirmasdan  turib 
ma’muriybuyruqbozlik,  subyektiv,  volyuntaristik  siyosatga  asoslangan  rejali-taqsimot  tizimidan 
bozor iqtisodiyotiga aslo o’tib bo’lmaydi.  
 
Iqtisodiy  islohotlarning  bosh  bo’g’ini  mulkchilik  munosabatlarini  tubdan  o’zgartirishdir, 
chunki  shu  orqali  ko’p  ukladli  iqtisodiyot  va  raqobatlashish  muhiti  shakllantiriladi  hamda  bozor 
iqtisodiyotiga  o’tishning  shart-sharoitlari  vujudga  keltiriladi.  Shu  sababli  Respublikada  mulkiy 
munosabatlarni isloh qilishdan ko’zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu 
mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.   
 
2007  yilning  30  avgustida  Prezidentimiz  Islom  Karimov  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi,  Vazirlar  Mahkamasi  va  Prezident  Devonining  O’zbekiston  mustaqilligining  16  yilligiga 
bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasida respublikamizning bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot 
yo’li va oldimizda turgan vazifalarning ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida so’z yuritib, bu yo’lni 
alohida ikki davrga ajratish to’g’ri bo’lishini ta’kidlab o’tdi. Bu davrlarning har biri mamlakatimiz 
tarixida o’ziga xos va o’ziga mos muhim o’rin egallashini bildirdi.   
 
Jumladan, dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz 
qoldirgan o’tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga egaligi e’tirof etildi. Bu bosqichda o’tish davri 
va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq dolzarb va muhim vazifalar belgilanib, 
amalga oshirildi. Ikkinchi bosqich 2001 yildan 2007 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga olib, u 
Prezidentimiz tomonidan faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizasiya qilish davri 
deb nomlandi.  
Milliy  taraqqiyotimizning  hozirgi  pallasida  mamlakatimizni  isloh  etish  va  modernizasiyalash 
jarayonlari  yanada  kuchaytirilib,  pirovard  strategik  maqsadimiz  –  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor 


 
62 
 
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
yo’lidagi harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi.   

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə