Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


 Agrar islohotlarning bosqichlari, vazifalari va asosiy yo`nalishlari


səhifə56/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

 
3.3. Agrar islohotlarning bosqichlari, vazifalari va asosiy yo`nalishlari; 
 
 
Uzoq  davr  mobaynida  qishloq xo’jaligiga  nisbatan  noekvivelent  ayrboshlash  mavjud  bo’lib 
kelgan edi. Iqtisodiyotda rejali tizim amal qilgan yillarda qishloq xo’jaligidan boshqa umumdavlat 
ehtiyojlari  uchun  juda  katta  mablag’lar  “sog’ib”  olingan  edi,  xodimlarga  esa  eng  kam  ish  haqi 
to’landi,  uning  darajasi  tirikchilik  minimumidan  ancha  past  edi.  Bu  hol  narxlar  siyosati, 
investisiyalar, moddiy-texnika ta’minoti, mehnatga haq to’lashda yanada yorqinroq namoyon bo’ldi. 
Qishloq xo’jaligi bo’yicha hukumatning bir qancha qarorlari qabul qilinganligiga qaramay, ushbu 
muhim  sohada  ahvol  tubdan  yaxshilanmadi  va  u  mamlakat  oldida  turgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalarni  hal  qilishga  to’sqinlik  qildi.  Turg’unlik  yillarida  qishloqda  o’ta  og’ir  ijtimoiy  vaziyat 
yuzaga  keldi.  Ko’pchilik  qishloqlarda  tibbiy  muassasalar,  shuningdek  do’kon  va  maktablar 
yetishmas  edi.  Ko’p  yerlar  agrar  sektor  oborotidan  chiqarib  tashlangan  va  tubdan  yaxshilashga 
muxtoj edi. Agrar sektor ishchilarining maoshlari shahardagi ishchilarning maoshlaridan 3-5 marta 
kam edi.   
Mana shunday sharoitda O’zbekiston 1991 yilda o’z mustaqilligini e’lon qildi va tub iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishga kirishdi.  
Respublikada 1990-1991 yillarda o’tkazilgan agrar islohot davomida aholiga 1,5 milliondan 
gektardan  ortiq  haydaladigan  yer  bo’lib  berilgandi  va  bu  tadbir  respublika  aholisining  o’z-o’zini 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashdagi ahvolini ma’lum darajada yaxshilashi lozim edi va bu 
tez orada o’z samarasini berdi Bu davrda respublikaning qishloq xo’jaligi tarmog’i quyidagi o’ziga 
xos xususiyatlari:   

xom ashyo yetishtirishga yo’naltirilganlik;  

yer-suv resurslarining cheklanganligi;  

ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi taraqqiyotining pastligi;  

qishloqda  aholi  va  mehnat  resurslarining  o’sish  sur’atlari  yangi  ish  o’rinlari  yaratish  va 
iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlariga nisbatan yuqoriligi;  

yerni  qashqatqich  holda  ekspluatasiya  qilish  natijasida  uning  tabiiy  unumdorligining  pasayib 
ketganligi;  

agrotexnik  qoidalarga  rioya  qilinmaslik  va  almashlab  ekish  jarayonining  buzilganligi  (oxirgi 
paytlarda almashlab ekishni barbod qilinganligi);  

yerlarning  meliorativ  holatining  qoniqarsizligi,  suv  ta’minoti  va  drenaj  quduqlarning  achinarli 
xolatga keltirilganligi;  

suvdan  
oqilona  
foydalanmaslik  
maqsadida  
ilg’or   sug’orish  
tizimlarini 
 
joriy etilmaganligi;  

mineral o’g’itlar va turli kimyo vositalari narxlarining o’sib borishi;  

madaniy o’g’itlar asosini tashkil qiluvchi chorvachilik sohasiga e’tiborning susayishi;  

yonilg’i-moylash materiallari narxining ortib borishi;  

qishloq  xo’jaligida  band  mutaxassisilarni  layoqati  yetarli  emasligi  tizimning 
tugashiga sabab bo’ldi deyish mumkin. 

XX  asrning  80-yillarigacha  iste’mol  tovarlarining  asosiy  qismi  mamlakat  tashqarisidan 
keltirilgan.  Bunday  holatni  yuzaga  keltirgan  asosiy  sabablari  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarish 


 
63 
 
vositalariga  davlat  mulkchiligi  va  iqtisodiyotni  boshqarishning  ma’muriy  usullari  tashkil 
etganligidir. 
7
 

Qishloq xo’jaligi korxonalarining qaror topgan tarkibi, davlat tomonidan qishloq xo’jaligi, 
ishlab  chiqarish  vositalari  va  mahsulotning  monopol  boshqarilishi,  moddiy-texnik  resurslar 
taqsimotining, mehnatga haq to’lash va daromadlarning qattiq nazorat qilinishi, davlatning yuqori 
organlari tomonidan ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatga qo’yilgan ko’plab cheklovlar, qishloq 
xo’jalik ekinlarini joylashtirishdagi, ularni ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi qat’iy ixtisoslashuv 
pirovardida  dehqonni  ishlab  chiqarish  vositalari  va  mahsulotdan,  eng  muhimi  esa  –  yerdan 
begonalashuviga  olib  keldi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  agrar  tadbirkorlikning  yangi  tuzilmasini 
yaratishni taqozo etdi.   

Islohotlarga qadar mavjud bo’lgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi xo’jalik yuritishning 
rejali  usuliga  moslashtirilgan  korxonalar  tuzilmasiga  ega  edi.  Aynan  shu  xususiyatlar  qishloq 
xo’jaligidagi institusional va tarkibiy o’zgarishlarning maqsadlari va bosqichlarini oldindan belgilab 
bergan. 
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida islohotlarni o’tkazishda quyidagi holatlar inobatga olindi:  

 
yer  (agrar  ishlab  chiqarish  uchun  yaroqli  bo’lgan)  va  suv  resurslarining  cheklanganligi,  ularning 
notekis taqsimlanishi va aholining o’sish sur’atlari nisbatan yuqori bo’lgan sharoitda yerga xususiy 
mulkchilikning joriy etilishi jamiyatda ijtimoiy beqarorlikning manbai bo’lib qolishi mumkin;  

 
qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatini shunday mehnat vositalari bilan to’ldirib 
tashlanganki,  ularni  texnik  jihatdan  mayda  xo’jaliklarga  bo’lib  tashlashning  umuman  iloji  yo’q, 
(masalan  paxta  yetishtirish  bo’yicha  texnologik  majmua  shunday  mashinalarni  ham  o’z  ichiga 
oladiki,  ularni  mayda  oilaviy  fermalarda  ishlatish  samarasiz  bo’ladi,  qishloq  xo’jaligi 
mashinasozligining mayda xo’jaliklarga xizmat ko’rsatuvchi texnikani ishlab chiqarishga tezkorlik 
bilan moslashtirilishiga umid qilish befoyda edi). Bunday sharoitda mayda oilaviy xo’jaliklarni tez 
shakllantirish ko’p hollarda ularni almisoqdan qolgan texnologiyada foydalanishga mahkum etgan 
bo’lur edi;  

 
yer–suv resurslari raqobatli taklifning mavjud emasligi tufayli fermer xo’jaliklari yer va irrigasion 
tizimlarni ijaraga berish orqali daromad oluvchi ijarachilarga qaram bo’lib qolishlari mumkin edi.   
Shuning  uchun  agrar  islohotlar  konsepsiyasiga  binoan  quyidagi  institutsional  o’zgarishlar 
ko’maklashuvi  kerak  edi:  yerni  xususiylashtirish,  sovxoz,  kolxozlarni  tugatish  va  yangi  ishlab 
chiqarishni hayotga tatbiq etish, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi 
korxonalarni,  qishloq  xo’jaligiga  xizmat  ko’rsatuvchi  va  moddiy-texnika  ta’minoti  bilan 
shug’ullanuvchi  korxonalarni  xususiylashtirish.  Iqtisodiy  islohotlar  amalga  oshirilgan  yillarda 
qishloq  xo’jaligi  xususan  g’alla  mustaqilligini  va  umuman  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta’minlashda 
muhim rol o’ynadi. Bunga mamlakat iqtisodiyotining agrar sektorini isloh qilish bo’yicha ko’rilgan 
chora-tadbirlar tufayli erishildiki, ular makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sishni yangidan 
yo’lga qo’yishda muhim omillarga aylandi.  
Respublikamizning  qishloq  xo’jaligidagi  o’zgarishlar  iqtisodiy  islohotlarning  milliy  O’zbek 
modelining  eng  muhim  tamoyillari  asosida  amalga  oshirildi.  Bu  eng  avvalo,  tashkiliy-huquqiy 
asoslarning  yaratilishida,  tarkibiy-investision  siyosatni  yuritishda  davlatning  faol  aralashuvida 
hamda tarkibiy o’zgarishlarning ketma-ketligida o’z aksini topdi.  
O’zbekistonda agrar islohotlarning asosiy maqsadlari quyidagilar bo’lib hisoblanadi:  

 
aholiga  kerakli  miqdordagi  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  qayta  ishlash  sanoati  uchun  xom  ashyo 
yetkazib berishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash;  

 
iste’mol bozorlarini barqarorlashtirish;  
                                                 
7
 Just R.E., N Bockstael. Commodity and resource policies in Agricultural Systems, Springer-Verlag, Berlin Heidelberg 
1991 


 
64 
 

 
qishloq aholisining ijtimoiy muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish imkoniyatlarini shakllantirish;  

 
agrar  tarmoq  samaradorligini  ta’minlash  va  uning  asta-sekinlik  bilan  mamlakat  iqtisodiyotining 
barqaror bo’lishidagi hissasini oshirishga erishish.  
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi asosiy vositalardan foydalanish lozim edi:  
1.
 
Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishidagi  mulk  shakllari  turlaridan  samarali  foydalanish.  Bunda 
raqobatga asoslangan mulkchilik tizimidan foydalanish, ya’ni, qayerda qaysi mulk shakli eng ko’p 
samara  bersa,  o’sha  yerda  shu  mulk  shaklidan  foydalanish  tamoyili  asosida  ish  yuritish  muhim 
ahamiyat kasb etadi.  
2.
 
Aholining  daromadlarini  oshishiga  xizmat  qiladigan  agrar  sektordagi  mehnat  unumdorligini 
oshirishga erishish.  
3.
 
Ish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, bu o’z navbatida mehnat sharoitlari va 
ularning natijalarini o’zgartiradi.  
4.
 
Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqaruvchilari,  qayta  ishlovchi  korxonalar  ishchilari  va  ularni  tashkil 
qiluvchilariga  tizimli  ravishda  yo’l-yo’riqlar  berib  borish,  shu  bilan  birgalikda  ishlab  chiqarishga 
ko’proq takomillashgan va tejamli omillardan foydalana borish, marketingni joriy qilish.  
5.
 
Ichki agrar ishlab chiqarishni himoya qilish, moliyalashtirishni davlat tomonidan qo’llabquvvatlash, 
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash.  
6.
 
Qishloq hayoti va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi infratuzilmasini shakllantirish.  
7.
 
Agrosanoat  ishlab  chiqarishida  bozor  mexanizmini  takomillashtirish  va  korxonalar 
raqobatbardoshligini ta’minlash.  
8.
 
Baho tizimini takomillashtirish orqali qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini barcha turlarini samarali 
bo’lishiga  erishish,  maxsus  fondlarni  tashkil  qilish  orqali  esa  qishloq xo’jaligining  kam  samarali, 
ammo hayot uchun zarur tarmoqlari ishlab chiqarishini barqarorligini saqlab qolish.  
9.
 
Qishloq xo’jaligining ayrim tarmoqlari, ayrim hududlar ishlab chiqarishi yoki ayrim qishloq joylarini 
alohida yoki bir butun holda qishloq xo’jaligini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish, shu orqali yer fondini, yer unumdorligini, chorva mollari genetik salohiyatini, shuningdek, 
qishloq xo’jaligi mashinasozligi imkoniyatlarini oshirish.  
Qishloq xo’jaligida islohotlarga bir qator obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko’rsatdi.  
Obyektiv omillarga asosan quyidagilar kiradi:  

qishloq xo’jaligini mavjudlik va tashkil etish xususiyatlari;  

agrar sektordagi bioklimat salohiyati darajasi;  

qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining katta mehnat sig’imiga ega ekanligi;  

agrar  sektorda  bozor  munosabatlarining  to’la  rivojlanmaganligi  va  uni  qishloq  aholisining  qabul 
qilishi qiyin bo’layotganligi;  

agrar soha faoliyatini tashkil qilish jarayoniga davlatning aralashuvining zarurligi.  
Qishloq  xo’jaligida  islohotlarda  subyektiv  omillar  ham  muhim  o’rin  tutadi.  Subyektiv 
omillarga kishilar, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, rahbarlar, iste’molchilar va boshqalar kiradi.   
Shuningdek, qishloq xo’jaligida islohotlarga quyidagi umumiy omillar ham ta’sir ko’rsatadi:  

 
korxona hajmi yiriklashuvining texnologik samarasi;  

 
texnik rivojlanish (biologik, mexanik, tashkiliy-texnik);  

 
tadbirkorlikning maxsus omillari;  

 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish omillarini o’z vaqtida ta’sir ko’rsatishini ta’minlovchi jihatlar;  

 
umumiqtisodiy rivojlanish (talabning o’sishi, tovar va xizmatlar bahosi); 


 
65 
 

 
 siyosiy o’zgarishlar.  
O’zbekistonning  qishloq  xo’jaligida  tarkibiy  va  institusional  o’zgarishlar  bir  qancha 
yo’nalishlarda yuz olib borildi.  

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə