Mahsulot tannarxi
- mahsulot birligini ishlab chiqarish, sotish uchun qilingan
xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda
. Bu sotishdan olingan sof tushumdan
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini olish bilan aniqlanadi;
Moddiy-texnika bazasi
- tarmoqlarda ishlab chiqarishni amalga oshirish
jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalar, aylanma mablag’lar birgalikda ularning
moddiy-texnika bazasi deb yuritiladi.
Operativ lizing
– mulkni uning xizmat muddatida kam davrga ijaraga berishni
nazarda tutadi. Ijara muddati tugagach, mulk egasiga qaytariladi yoki yangi lizing
shartnomasi ob’yekti bo’lib qoladi.
Paychilik munosabatlari
– sherikchilik asosida biznes yuritishga hissa
qo’shish va shu hissaga qarab daromad ko’rish sohasidagi iqtisodiy munosabatlar.
Pay fondi -
shirkat xo’jaligi ustaviga muvofiq shirkat xo’jaligi a’zolarining
qiymatda ifodalangan mulkiy paylari, har bir a’zoning shirkat xo’jaligi pay fondidagi
ulushi.
Rentabellik
– tarmoq yoki korxonaning foyda olib ishlashi, aktivlar, sotilgan
mahsulot yoki ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan foydalilik darajasini ko’rsatadi.
Soliq to’lagungacha olingan foyda -
u umum xo’jalik faoliyatidan olingan
foyda, plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va
minus zarar sifatida aniqlanadi.
Tarmoq -
qo’llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil
qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan farq
qiladigan ishlab chiqarishning bir qismi.
Ta’rif ish haqi fondi
- ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra bajariladigan
ishning hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko’ra aniqlanadigan ish haqi fondi.
|