Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanoat majmuasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147
Agrosanoat m

4.3. Agrosanoat majmuasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta 
ishlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohaning hozirgi holati va 
rivojlantirish yo’nalishlari 
O’zbekiston Respublikasida agrosanoat majmuasining 3-sohasi nisbatan yaxshi 
rivojlangan. Jumladan, agrosanoat majmuasining 3-sohasiga kiruvchi meva va 
savzavotlarni qayta ishlash sanoati yetarli darajada yaxshi rivojlangan. Respublikada 
“O’zmevasabzavotuzumsanoat xolding” kompaniyasining tashkil etilishi, uning 
tarkibiga meva, sabzavot, poliz hamda uzum yetishtirishga ixtisoslashgan 89 ta 
shirkat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi ko’plab zavodlarning 
kiritilishi bu sohaning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Respublikada yiliga 5 mln. 


64
tonnadan ko’proq meva va sabzavot ishlab chiqariladi. Meva sharbatlari, 
konservalari, vino, kon’yak, likyor kabi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va sifati 
oshmoqda. Respublikada har yili 16 mln. dal vino materallari tayyorlanadi. Ulardan 
30 xil vino ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlar ko’p muqdorda chetellarga eksport 
qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan vinolar xalqaro 
ko’rgazmalarda 92 ta medal olgan. 2005 yilda respublikada 2442 ming dal uzum 
vinosi, 5938 ming dal aroq va likyor mahsulotlari, 30 ming dal konyak, 168 ming dal 
shampan vinosi, 3098 ming dal ichimlik spirti ishlab chiqarildi.
O’zbekiston Respublikasida oziq-ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan 
tarmoqlar qatoriga kiradi. Respublika oziq-ovqat sanoati quyidagi tarmoqlarni o’z 
ichiga oladi: 
·
bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarani qayta ishlash tarmoqlari. Bularga: un-
krupa, Yog’-moy, kraxmal, sut, go’sht, choy, shakar, vinochilik uchun xomashyo 
mahsulotlarni tayyorlash sanoati kabi tarmoqlar kiradi; 
·
oziq-ovqat sanoati korxonalarining mahsulotlaridan keng foydalangan holda 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarani ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. Bularga: mevasabzavot 
sanoati korxonalari, sut va go’sht mahsulotlaridan konservalar ishlab chiqaruvchilar, 
pivo va vino ishlab chiqarish sanoati korxonalari kiradi; 
·
non va non mahsulotlari, makaron, salqin ichimliklar, qandolatchilik, kolbasa, 
rafinadlangan qand, oziq-ovqat kontsentratlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar; 
·
baliq va boshqa suv hayvonlari mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar 
korxonalar;
·
Tuz ishlab chiqarish korxonalari. 
O’zbekiston keyingi yillarda vaqtinchalik baliq va boshqa suv hayvonlari 
mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar tugatilgan. Albatta keyinchalik 
bozor talabi va mavjud iqtisodiy sharoit ushbu korxonalarning istiqbolini belgilaydi. 
2004 yilda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 13,2 
foizi oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarilgan bo’lsa 2006 yilda bu ko’rsatkich 14,2 
foizni tashkil etdi. 2005 yilda 1320,3 ming tonna un, 23,1 ming tonna krupa, 397,2 


65
ming tonna omuxta yem, 4534 ming dal alkogolsiz ichimliklar, 16,9 ming tonna 
makaron mahsulotlari, 46,2 ming tonna non va non mahsulotlari, 253,9 ming tonna 
o’simlik moyi, 16108 tub meva sharbatlari, 147429 tub mevasabzavot konservalari va 
boshqa ko’plab mahsulotlar (shakar, margarin va x.z.) ishlab chiqarildi.
Mamlakatda juda katta Yog’-moy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilgan. 
Hozirda respublika aholisiga yetarli miqdorda sifatli Yog’-moy ishlab chiqarib bera 
oladigan imkoniyat mavjud. Bu boradagi asosiy masala Yog’-moy beruvchi 
xomashyo yetishtirishni ko’paytirishdir. Albatta keyingi yillarda soya, masxar, 
kunjut, zig’ir kabi moy beruvchi ekin turlari yetishtiriladigan maydonlar 
kengaytirilmoqda. Ammo ulardan olinayotgan xomashyo miqdori hozircha qayta 
ishlash sanoatining talablari darajasi uchun yetarli emas. 
Respublikada, ayniqsa, go’shtni, sutni qayta ishlash sanoatining quvvati juda 
katta. Lekin keyingi yillarda chorvachilikning to’liq xususiylashtirilishi yirik chorva 
fermalarining tugatilishiga olib keldi. Bu, o’z navbatida, go’sht va sutni qayta ishlash 
sanoatini xomashyo bilan yil davomida bir tekisda ta’minlanish imkoniyatini yo’qqa 
chiqardi. Natijada sutni va go’shtni qayta ishlaydigan yirik zavodlar yil davomida 
deyarli bekor qola boshladi. Bu, quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda:
·
sohada 
ishlaydigan 
ishchi, 
xodimlarning 
asosiy 
qismi 
o’z 
ishlarini 
o’zgartirishlariga majbur bo’lishmoqda yoki ularning vaqtincha ishsiz qolishlariga 
sabab bo’lmoqda; 
·
davlat byudjetiga to’lanadigan soliq va boshqa to’lovlarning shu soha bo’yicha 
kamayishga olib kelmoqda; 
·
chova mollarini go’shtga so’yish natijasida olinadigan ayrim xomashyoning 
(ikkinchi darajali mahsulotlar: qon, ichki bezlar, birinchi qorin bo’shlig’ida 
bo’ladigan yem-xashak, suyak kabi mahsulotlar) nobud bo’lishiga sabab 
bo’lmoqda; 
Hozirda mamlakat go’sht zavodlari quvvatidan foydalanish 4-18, sut zavodlari 
quvvatlaridan foydalanish darajasi 25-62 (turli viloyatlar va korxonalarda turlicha) 
foizdan oshmaydi. Demak, bu borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar ko’p. 


66
Respublikada mavjud qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan 
to’liq va samarali foydalanishning mo’’tadil yechimlarani topish ustida ilmiy va 
amaliy ishlar olib borilishi zarur. 
Respublikada go’sht va sutni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga e’tibor 
kuchaytirilmoqda. Bu borada yangi texnika va texnologiyalarga asoslangan qo’shma 
korxonalar tashkil etilmoqda. Bunga Rossiyaning sut va sharbat ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan “Vimm-Bill-Donn” ochiq aktsionarlik jamiyati “Toshkentsut” OAJ 
bilan birgalikda tashkil etgan korxonasi misol bo’la oladi. Rossiyaning sut va sharbat 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Vimm-Bill-Donn” ochiq aktsionarlik jamiyati 
131,4 ming AQSH dollariga “Toshkentsut” ochiq aktsionerlik jamiyatining 
aktsiyalarani sotib olish yo’li bilan sutni qayta ishlash sohasiga investitsiya kiritdi.
Respublikada texnika ekinlari xomashyosini daslabki qayta ishlash tizimi yetarli 
darajada rivojlangan. Lekin paxta, pilla va kanop tolasini ikkilamchi va chuqur qayta 
ishlash darajasi yuqori emas. Bu boradagi asosiy yo’nalish paxta, pilla tolasini chuqur 
qayta ishlash tizimini rivojlantirishdir. Bunga erishilsa, tayyor iste’mol mollari ishlab 
chiqarishni tubdan rivojlantirish imkoniyati kengayadi. Bu, o’z navbatida, ko’pgina 
mehnat resurslari ish joylariga ega bo’lishini, mamlakat ichki mahsuloti hajmi keskin 
ko’payishini, mamlakat eksport salohiyati oshishini ta’minlaydi. Ayrim hisoblarga 
qaraganda paxta tolasini chqur qayta ishlash va ulardan tayyor iste’mol buyumlari 
ishlab chiqarish yalpi mahsulot hajmini 7 martagacha oshrish imkonini beradi. Bir 
so’mlik homashyo o’rniga 7 so’mlik tayyor mahsulot ishlab chiqarish mamlakatdagi 
ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yaxshilash imkoni beradi. Bu O’zbekiston 
Respublikasi uchun iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlardan bo’lib, 
hozirda ushbu masalaga ustivorlik statusi berilgan.
2005 yilda 564,4 tonna ipak ipi, 247 mln. kv.m. paxta matolari, 3226 ming kv.m. 
ipak matolari, 6414 ming kv.m. gilam va gilam mahsulotlari, 32154 ming dona 
trikotaj mahsulotlari, 17589 ming poy paypoq, 1187,6 ming tonna paxta tolasi va 
1835,4 ming tonna paxta chigiti ishlab chiqarildi. 


67
Mamlakat agrosanoat majmuasining 3-sohasida oziq–ovqat sanoatining o’rni 
katta. 2002 yilda mamlakat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishida oziq – ovqat 
sanoatining salmog’i 14,2 foizni, 2004 yilda 9,4 va 2005 yilda 8,4 foizini tashkil etdi.
Engil sanoat O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining eng salmoqli 
tarmoqlaridan biridir. 2002 yilda jami sanoat mahsulotlarning 18,1 foizi, 2004 yilda 
19,2 va 2005 yilda 16,9 foizi yengil sanoatda ishlab chiqarildi va tarmoq keyingi 
yillarda tez o’sib borish tendentsiyasiga ega. Mustaqillikkacha respublikada 7 ta yirik 
to’qimachilik korxonasi bo’lgan bo’lsa 2004 yilga kelib ularning soni 62 taga etdi. 
1995 yilda 152 ming tonna paxta tolasi soha korxonalari tomonidan ishlatilan bo’lsa 
2004 yilda bu ko’rsatkich 255 ming tonnani tashkil etdi. 1995 yildan 2005 yilgacha 
tarmoqqa 900 mln. AQSH dollaridan ko’proq miqdordagi chet el investitsiyasi jalb 
qilindi. Natijada 1995 yilda tarmoq mahsulotlarining 17 foizi qo’shma korxonalarda 
ishlab chiqarilgan bo’lsa 2005 yilga kelib bu ko’rsatkich 85 foizni tashkil etdi.
Respublika yengil sanoatining asosiy qismi “O’zbekengilsanoat” davlat 
aktsionerlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. “O’zbekengilsanoat” davlat aktsionerlik 
kompaniyasi mamlakatning tekstil, trikataj, to’qimachilik, chinni sanoatiga qarashli 
130 ta korxonadan ibarat. Ularning 50 tasi qo’shma va chet el korxonalaridir. 
Respublikada yengil sanoatga ustivorlik statusi berilgan. Uni rivojlantirish katta 
istiqbolga ega. Bu jarayonda qo’shma korxonalar tashkil etishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Tarmoqni rivojlantirish maqsadida qo’shma korxonalarga davlat 
tomonidan qator yengilliklar yaratilgan. Chet el investitsiyalari faoliyati qonun bilan 
to’liq kafolatlangan. Jumladan, yangidan qabul qilingan qonun, me’yoriy hujjatlar 
sohada tashkil etilgan qo’shma korxonalarning faoiliyatiga salbiy ta’sir etadigan 
bo’lsa, ular tashkil etilgan kundan boshlab 10 yil eski belgilangan qoidalar amal 
qilishi O’zbekiston Respublikasining “Xorijiy investitsiyalarni huquqlarini kafolatlari 
va himoyalash choralari to’g’risi”dagi qonunda belgilab qo’yilgan. O’zbekiston 
Respublikasining 
“Xorijiy 
investitsiyalarni 
to’g’risi”dagi 
qonunda 
xorijiy 
investitsiyalar uchun huquqiy muhit O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari 
uchun o’rnatilganidan yomon bo’lishi mumikn emasligi qat’iy belgilab qo’yilgan. 


68
Bundan tashqari xorijiy inverstorlar uchun ma’lum miqdorda yengilliklar yaratilgan. 
Masalan, 2009 yilning 1 yanvariga qadar chet el investitsiyalari mavjud korxonalar 
byudjedga barcha to’lovlardan (qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari) ozod qilingan. 
Davlat dasturiga kiritilgan xorijiy investitsiyalari mavjud korxonalar texnik qayta 
ta’minlanish maqsadida xorijdan olib kelayotgan texnika, texnologik uskunalar, 
ehtiyot qismlar uchun bojxona to’lovlaridan (bojxona hujjatlarini qilish xarajatlaridan 
tashqari) ozod qilingan. Bundan tashqari “O’zengilsanoat” davlat aktsionarlik 
kompaniyasi korxonalari 4 yilga tashqaridan olib kelinayotgan buyoq, kimyoviy 
vositalar va boshqa zururiy mollar uchun import to’lovlaridan ozod qilingan. 
Qo’shma korxonalar uchun paxta xomashyosini qattiq valyutaga sotib olishda 
Liverpul birjasida yuzaga kelgan narxdan 15 foiz chegirma qilinadi. Agarda ular 
tomonidan olingan xomashyoni to’liq va chuqur qayta ishlab tayyor mahsulotlar 
chiqarsa va ushbu mahsulotlarning 80 foizini xorijga eksport qilsa paxta tolasining 
narxidan yana 5 foiz chegirma qilinadi. Shunday qilib ular paxta xomashyosini 20 
foiz arzoga olish imkoniyatilari mavjud. Respublika tijorat banklariga yengil sanoat 
korxonalari uchun 180 kunlik qisqa muddatli kreditlar ajratish tavsiyasi berilgan. Bu 
ham davlat tomonidan yengil sanoatni rivojlantirish uchun berilan katta yordam 
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan va qayta ishlash sanoati chiqarayotgan 
oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga, iste’molchilarga yetkazib berishda birjalarning 
ahamiyati va o’rni oshib bormoqda. Respublikada agrosanoat majmuasi 
mahsulotlarini sotishni takomillashtirish, bu boradagi ishlarni bozor talablariga 
moslashtirish maqsadida Respublika Agrosanoat Birjasi (RASB) tashkil etilgan. 
Respublika Agrosanoat Birjasi (RASB) quyidagi vazifalarni bajaradi: 
·
ASM mahsulotlari va ularni qayta ishlash natijalarini sotish, jumladan, tashqi 
bozorga chiqarish; 
·
ASM korxonalari ta’minoti bilan shug’ullanish; 
·
Bojxona, omborxona, reklama va tashish xizmatlarini amalga oshirish; 
·
Marketing faoliyatini yuritish va boshqalar.


69
Respublika qayta ishlash sanoatini rivojlantirishning muhim bir yo’nalishi ilg’or 
texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishdir. Bu omil juda katta 
iqtisodiy samara beradi. Masalan, birgina paxtachilikni olaylik. Hozirgi mavjud 
texnika va texnolgiyada bir birlik paxta xomashyosidan 32,7 foiz paxta tolasi olinishi
me’yor qilinib belgilangan. Amalda ham bir birlik paxta xomashyosidan paxta 
tolasining chiqishi 30-33 foizni tashkil etmoqda. Ko’plab paxta yetishtiruvchi va uni 
qayta ishlovchi mamlakatlarda paxta xomashyosidan tola chiqishi 38 foizni tashkil 
etadi. Birgina shu omilning o’zi mamlakatda qo’shimcha yer, suv resurslarini jalb 
etmasdan 16 foizga paxta tolasinining ko’payishini ta’minlagan bo’lar edi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki ishlab chiqarishga ilg’or texnika 
va texnologiyani jalb etish qo’shimcha tabiiy resurslar jalb etmasdan ishlab 
chiqarishning hajmini oshiradi. Uzoq yillik ishlab chiqarish (iqtisod) nuqtai nazaridan 
qaralganda iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo’ladi. 
Ishlab chiqarishga yangi nav va chorva mollarning yangi zotini kiritish ham 
qayta ishlash tarmoqlarini barqaror rivojlanishiga olib keladi. Masalan, tomat ishlab 
chiqarishda pomidorning quruq modasi ko’p navlarini yetishtirish, Yog’-moy sanoati 
uchun Yog’lilik darajasi yuqori navlarni ekish, paxtaning tola ko’p beradigan 
navlarini ishlab chiqarishga joriy etish bunga misol bo’la oladi.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə