Qisqacha xulosalar Agrosanoat majmuasining asosini – yadrosini qishloq xo’jaligi tarmog’i tashkil
etadi. Agrosanoat majmuasining barcha tarmoqlari qishloq xo’jaligi bilan uzviy
bog’liq holda rivojlanadi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining bir qismi qishloq
xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaradi va yetkazib beradi, ikkinchi
qismi uning mahsulotlarni tayyorlaydi va qayta ishlaydi, uchinchisi esa, tayyor
mahsulotlarni sotadi yoki iste’molchilarga yetkazib beradi. Qishloq xo’jaligining
rivojlanganlik darajasi umuman mamlakat agrosanoat majmuasining rivojlanganlik
darajasini belgilaydi. Agrosanoat majmuasi oxirgi mahsuloti miqdori, sifati, tannarxi
va narxi darajasi asosan qishloq xo’jaligining natijalari bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuasining eng katta
tarmog’i hisoblanib, u juda yaxshi rivojlangan. Mamlakat qishloq xo’jaligi o’z oldida
turgan asosiy vazifalarni bajarib kelmoqda. Endilikda, uni yanada rivojlantirish
zarurati va imkoniyatlari mavjud. Ishlab chiqarishning texnik ta’minoti, yangi
texnologiyalar, yangi ekin turlari va navlari bilan ta’minlashni kuchaytirish zarur.
Tarmoqda mehnatning unumdorligini oshirish, u bozor talablari asosida rivojlanishi
uchun sohada iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish talab qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish
asosan shirkatlar, fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklari shaklida vujudga
keltirildi. Ularning huquqiy asoslari yaratildi. Mustaqillik yillarida mamlakat qishloq
xo’jaligining ishlab chiqarish tarmog’i tarkibi o’zgartirildi. Natijada g’alla
148
mustaqilliga erishildi. Mamlakat qishloq xo’jaligida dehqon xo’jaliklarini
rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.