Microsoft Word asosij vositalar hisobi


BOB. Ijaraga olingan va nomoddiy aktivlarni hisobga



Yüklə 225,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix31.12.2021
ölçüsü225,09 Kb.
#82314
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
asosij vositalar hisobi

3.BOB. Ijaraga olingan va nomoddiy aktivlarni hisobga 

olish. 

3.1  IJARAGA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISH 

 

Xozirgi  davrda  sanoat  ishlab  chiqarishda  yangi  iqtisodiy  munosabatlarni  ishlab  chiqarishga 

keng joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Korxona mablag`larini ijaraga olish munosabatlari ham 

shular jumlasidandir. 

Ijara munosabatlarini mohiyati shundan iboratki, bunda ijarachi ijara beruvchidan shartnoma 

asosida  ishlab  chiqarish  vositalari,  yer  va  boshqa  mol-mulklarni  maolum  bir  muddatga  ijara 

to`lovi asosida foydalanish uchun oladi. Ijara munosabatlarida ijara xaqi muhim rol o`ynaydi va 

ijarachi bilan ijaraga beruvchi munosabatlarini keltirib chiqaradi. 

Asosiy  vosita  ijarasi  bu,  ijaraga  oluvchining  xo`jalik  faoliyatini  mustaqil  amalga  oshirishi 



 

21 


uchun  zarur  bo`lgan  asosiy  vosita  oboektlaridan  foydalanishi  yoki  mulkchilik  huquqiga  ega 

bo`lishga  asoslangan  shartnomadir,  Ijaraga  beruvchi  va  ijaraga  oluvchi  o`rtasidaga  o`zaro 

munosabat ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Shartnoma ijara xaqi miqdori, ijara muddati, 

tomonlarning  ijara  shartlarini  bajarish  bo`yicha  majburiyatlari  xaqidagi  to`liq,  mag`lumotlarni 

o`zida mujassam etishi lozim. 

Ijaraning quyidagi turlari mavjud, 

Muddatiga ko`ra: 

1) uzoq, muddatli ijara - bir yil va undan ortiq muddatga; 

2) qisqa muddatli ijara - bir yildan ortiq bo`lmagan muddatga. Mulkni topshirish shartiga ko`ra: 

1) moliyalashtirilgan; 

2) joriy. 

Moliyalashtirilgan  ijara  natijasida,  ijaraga  beruvchi  odatda,  shartnoma  tuzilgan  vaqtda 

berilayotgan mulkni joriy baxosidan ortiq yoki unga teng qiymatda oladi va ko`pchilik xollarda, 

topshirilgan  mulk  keyinchalik  ijaraga  oluvchining  mulkiga  aylantiriladi  (shunday  shart  bilan 

ijaraga  oladi).  Bu  asosan  uzoq  muddatli  ijaraga  xosdir.  Ijaraga  oluvchi  asosiy  vosita 

oboektlaridan  shu  oboektga  bo`lgan  vaqtinchalik  ehtiyojini  qondiradi.  Mulkchilik  huquqi  esa 

ijaraga beruvchida saqlanadi. 

Ijaraga olingan asosiy vositalar buxgalteriya uchyotini ijaraga oluvchi 001-«Ijaraga olingan 

asosiy vositalar» nomli balansdan tashqari schyotda, ijaraga olingan asosiy vositalarning har bir 

oboekti bo`yicha shartnomada aniqlangan baxoda amalga oshiradi. 

Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi bilan joriy hisob-kitobni 76-«Har xil debitor va kreditorlar 

bilan hisob-kitob» sintetik schyotida yuritadi. 

Ijaraga oluvchi buxgalteriya provodkasini tuzadi. 


Yüklə 225,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə