Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
351.
Oxir zamondagi mulklarning yomoni – bu qullardir. 
352.
Odamlarning – yomoni Tangri nomini o’rtaga qo’yib biror narsa so’ralsa ham bermaydigan 
kishidir. 
353.
Odamlarning yomoni – o’z ahli-ayoliga baxillik va qizg’anchiqlik qiladiganidir. 
354.
Kishidagi eng yomon xislat – o’ta baxillik va o’ta qo’rqoqlikdir. 
355.
Yashirin shahvat va riyokorlik – shirkdir. 
356.
Inson keksayib jismi zaiflashgani bilan, qalbi uzoq umr ko’rish va molu dunyo yig’ishga 
yoshlardek qiziqadigan bo’ladi. 
357.
Qarzini uzmay dunyodan o’tgan odam, to o’sha qarzi uzilmaguncha qabrida kishanlangan 
holda yotadi. 
358.
Qarindoshning qarindoshga qilgan sadaqasi – ham sadaqa, ham qarindoshlik muruvvati 
hukmidadir. 
359.
Xufyona qilingan sadaqa Tangrining g’azabini so’ndiradi. 
360.
Xayru ehsonni bechoraholga berishlik – sadaqa hisoblansa, uni qarindoshga berishlik ham 
sadaqa, ham muruvvatdir. 
361.
Qarindoshlarga muruvvat qilish xushxulqlik va yaxshi qo’shnichilik – yurtni obod va umrni 
ziyoda etadi. 
362.
Uzilib ketgan qarindoshlaringga muruvvatli bo’l. Birov senga yomonlik qilsa ham, sen unga 
yaxshilik qilaver. Garchi o’zingning zararingga bo’lsa ham haq so’zni so’zla. 
363.
Tonggi uyqu rizqni qisqartiradi. 
364.
Jamoat bo’lmay yakka holda yashash davri o’tib ketdi. 
365.
Ziyofatning muddati uch kundir. Undan ortig’i sadaqa hisoblanadi, birovga qilingan har bir 
yaxshilik ham sadaqadir. 
366.
Otaga itoat qilish – Tangriga itoat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish Tangri oldida gunohkor 
bo’lish bilan barobardir. 
367.
Bir kishilik taom ikki kishiga kifoya qiladi. Ikki kishilik ovqat to’rt kishiga, to’rt kishiligi esa 
sakkiz kishiga kifoya qiladi. 
368.
Saxiy kishining taomi shifodir, baxil odamning taomi esa kasallikdir. 
369.
Nikoh to’yida bir kun ziyofat berishlik sunnatdir, ikki kunligi fazldir, lekin uchinchi kunga o’tish 
riyokorlik va xo’jako’rsinga qilingan ish bo’ladi. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə