Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Hayzli va nifosli ayolning tizzasi bilan kindigi orasidagi qismi ham haromdir



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

 
Hayzli va nifosli ayolning tizzasi bilan kindigi orasidagi qismi ham haromdir
Hayz va nifosdagi ayolning tizzasi ostidan kindigiga qadar bo‘lgan qismidan shahvatsiz 
bo‘lsa ham foydalanmoq yoki ko‘ylaksiz teginmoq haromdir. Qur’oni Karimda: 
“...poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar!...”
deyilmoqda. (Baqara surasi, 
222-oyat) 
Demak hayz va nifosli bo‘lgan bir ayoldan jismoniy huzurlanishga intilish qanday 
ko‘rinishda bo‘lmasin haromdir. Chunki hayz va nifosli ayol tibbiy jihatdan o‘ziga xos 
bemorlik hukmidadir.
Hayzli ayol yuvinmasdan qilishi muboh bo‘lgan ishlar
Hayzli ayol qo‘lini, ogzini yuvgach, yeb-ichishi makruh bo‘lmaganidek, hayz tugashida 
yuvinmasdan jimo’ qilmog‘i, ikki jinsiy aloqa orasida tahorat olib, g‘usl etmasdan, yana 
aloqa qilishi mumkin. Ammo orada cho‘milib-yuvinmoq yoki tahorat olmoq afzalroqdir. 
Odatli ayollar qo‘liga va sochiga xina qo‘yishlari mumkin.
Hayzli ayolning xushbo‘y sepishi va surishi
Ayol eri oldida jozibasini yo‘qotmasligi uchun ayniqsa jinsiy joziba zaiflashadigan odat 
davrida xushbo‘y (atir)lar sepishi hamda surishi mumkin va kerakdir. 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30
Odat holida (jinsiy munosabat) harom bo‘lsa-da, erkalashib-suyushmoq (yalong‘och 
holda ta’qiqlangan joylardan tashqari) haloldir. Bu davrda vujuddan taralgan noxush 
hidlarni ketkizmoq, salbiy taassurot qoldirmaslik uchun xushbo‘y sepish va surish 
mumkin.
Hayzli bilan birga yeb-ichish
Hayzli ayollar bilan yeb-ichish, jinsiy hayotdan tashqari turli hamdamlik va hamkorlik 
davom etishi shu hadisda ham oydinlashmoqda: 
Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar: 
“Hayzli paytlarimda Rasululloh (s.a.v.) suv solingan meshni menga berardilar, men ichib 
bo‘lgach, u zotga uzatardim. Mening labim tekkan joyni ko‘zdan kechirar, u zot ham 
o‘sha joydan ichardilar”. 
Hayzli ayol ovqat pishirishi va xamir qilishi, suv ishlatishi makruh (ta’qiqlangan) emas.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə