Microsoft Word bmi qodirqulova doc


Dreamweaver dasturi yordamida o’rgatuvchi dasturlar yaratish



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə10/16
tarix18.04.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#106052
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
dreamweaver mx imkoniyatlaridan fojdalanib orgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

Dreamweaver dasturi yordamida o’rgatuvchi dasturlar yaratish


metodikasi
Umuman aytganda, har qanday pedagogik texnologiya - bu axborot texnologiyadir, chunki o’qitishning texnologik asosini axborot va uning harakati tashkil qiladi. Shuning uchun kompyuterdan foydalanadigan o’qitish texnologiyasini dasturli texnologiya deb atash to’g’riroq bo’ladi.
Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o’qitish g’oyalarini rivojlantiradi, o’qitishning zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan mutlaq yangi, hali tadqiq qilinmagan o’qitishning texnologik variantlarini ochadi. [29].
O’qitishning kompyuter texnologiyalari – bu o’rganuvchiga axborotni tayyorlash va uzatish jarayoni bo’lib, u kompyuter vositasida amalga oshiriladi
Axborotni kompyuterda tasvirlashning boy imkoniyatlari ta`lim mazmunini cheksiz boyitishga va o’zgartirishga imkon yaratadi.
O’qitishning kompyuterli vositalarini interfaol deb atashadi, chunki ular pedagog va o’quvchining faoliyatlariga «javob berish», ular bilan «muloqotga kirishish» qobiliyatiga ega bo’lib, bu kompyuterli o’qitish metodikasining asosiy xususiyatini tashkil etadi.
Dreamweaver MX dasturi, ta’lim jarayonida nafaqat o’rgatuvchi dasturlar yaratishda, balki hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan masofaviy ta’lim jarayonida yaratilayotgan web-sahifalar, saytlarni ishlab chiqishda xam qulay vosita xisoblanadi.
Dreamweaver MX dasturi elektron darslik yaratishda noan’anaviy tartibda web sahifalardan o’quv qo’llanma sifatida foydalanish imkonini beradi.
Bunday web saxifalarni yaratishda dastur imkoniyatlarini iloji boricha to’laqonli o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Yaratilayotgan elekton o’quv qo’llanma saxifalari web saxifalardan iborat bo’lgani uchun ularni qisqacha shu nom bilan ataymiz.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, xatto eng kuchli dasturchi ham HTML singari belgilash tillarining yuzdan ortiq teglarini eslab qolish imkoniyatiga ega
emas. Dreamwewer MX dasturi HTML singari belgilash tillari va foydalanuvchi o’rtasida muloqot o’rnatish, sodda qilib aytganda ularning orasida bir ”eshik“ vazifasini o’taydi. Web saxifa yaratuvchi shaxs dasturning qulay interfeysidan foydalangan holda, o’zi hoxlagan dizaynda ish olib bora oladi va bu jarayon tez, samarali tartibda amalga oshiriladi.
Endi Dreamweverda o’rgatuvchi elektron o’quv dastur yaratish uslublari misollar yordamida bayon qilamiz.
Yaratilayotgan dasturimiz standart ko’rinishda, faqat matndan iborat bo’lib qolmasligi lozim.

  • Dreamweaver MX dasturini ishga tushiramiz (Пуск/Программы/ Macromedia / Macromedia Dreamweaver MX).

  • Dastur ishga tushishi bilan yangi HTML-hujjat hosil bo’ladi. Ob`ektlar palitrasi (Insert) va xususiyatlar paneli (Properties) ni topamiz.

  • Agar birorta palitra ekranda bo’lmasa, Window menyusidan foydalanib uni ekranga chaqiramiz.

  • Window menyusidan Insert va Properties punktlari oldidagi belgini olib tashlab, Insert va Properties panellarini yopamiz.

  • Window menyusidagi Others>History buyrug’ini tanlab, History panelini ekranga chiqaramiz.

  • Ekranning o’ng qismida bir nechta palitralardan tarkib topgan panel hosil buldi, lekin joriy vaqtda faqat History palitrasi faollashtirilgan holos. Boshqa palitrani faollashtirish uchun sichqoncha tugmasini uning sarlavhasi ustida bosish kerak.

  • Insert va Properties palitralarini ekranga chiqaring. Buning uchun Window menyusidan avval Inserts buyrug’ini, so’ngra Properties buyrug’ini tanlaymiz.

  • Insert menyusidan Table buyrugini tanlang xamda 3ta ustun va 3 ta satrdan iborat jadval joylashtiramiz.

  • Jadvalning yuqori birinchi va ikkinchi satr katakchalarning barchasini tugmacha yordamida birlashtiramiz(2.4.1).


2.4.1-rasm. Joylashtirilgan jadval va hususiyatlar palitrasi.

  • Endi jadval kengligini jadval chegaralaridan toki kodlar oynasidan o’zgartiramiz.






 
 
     
Natijada
2.4.2-rasm. Joylashtirilgan jadval. ko’rinishida jadval xosi bo’ladi.

    • Jadvalning yuqori birinchi satriga mavzuga ta’luqli biror rasm joylashtiramiz.buning uchun kursorni satrga joylashtirib Insert/Image buyruqlarini

tanlaymiz natijada

2.4.3-rasm. Rasm joylashtirish oynasi. oyna xosil bo’ladi va bu oynadan kerakli variant tanlanadi.



  • Jadvalning ikkinchi satriga mavzu nomi kiritiladi, masalan “Macromedia Draemweaver MX 2004”. Properties oynasidan matn keraklicha formatlanadi.

  • Jadvalning birinchi ustun uchinchi satr katakchasini mavzu rejasiga qarab bo’laklaymiz.

  • Reja matnlarini kiritishda Flash text lardan foydalanishni tafsiya etiladi. Bu oddiy matndan birmuncha farq qiladi. Common uskunalar panelidan tugmachani tanlaymiz. (2.4.5-rasm)


2.4.5-rasm. Flashe text joylashtirish oynasi.
Insert Flashe Text oynasidan reja nomi, rangi, tanlanishdagi rangi, shrift o’lchami, murojat manzili kabi amallar bajarish imkoni mavjud. Link ro’yxati murojat manzili, Target ro’yxati murojat natijasida oyna xosil bo’lish pozitsiyasini belgilaydi.

    • Barcha mavzularni kiritamiz va formatlaymiz.

    • Bosh sahifa (2.4.6-rasm).

    • Mundarija (2.4.7-rasm).

    • Mavzuga oid nazorat testlar (2.4.8-rasm).

    • Mustaqil ish (2.4.9-rasm).

    • Adabiyotlar ro’yxati. (2.4.10-rasm)


Bosh sahifa ko’rinishi (2.4.6-rasm).

  • Barcha rejalar kiritilgandan keyin, saxifani “Bosh sahifa” nomi bilan saqlaymiz. Kodlar oynasidagi barcha kodlarni belgilab nusxa olamiz.

  • File/New… buyrug’i yordamida yangi oyna xosil qilamiz.

  • Kodlar oynasiga nusxalangan kodlarni o’rnatamiz. rejaga mos ma’lumotlarni kiritamiz. Faylni fan nomi bilan saqlab qo’yamiz.


Bosh sahifada 1-mavzu (2.4.6.1-rasm).
Mavzuga mos saxifa ko’rinishi.

  • Bosh sahifa fayliga o’tib, birinchi reja va unga mos yaratilgan saxifa bilan bog’lanish o’rnatamiz.

  • Qolgan rejalarga mos ma’lumotlar xam shu tartibda kiritiladi va bog’lanishlar o’rnatiladi.


Mundarija (2.4.7-rasm).

Mavzuga oid nazorat testlar (2.4.8-rasm).


Ta’lim jarayonida mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar o’z-o’zini nazorati.

Mustaqil ish (2.4.9-rasm).


Mavzularga oid mustaqil ta’limni shakllantirish uchun mustaqil ish topshiriqlari, ularni bajarish tartiblari.

Adabiyotlar ro’yxati. (2.4.10-rasm)


Elektron darslikni yaratishda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Ko’rib o’tgan yuqoridagi misolimizda sahifa yaratishda gipermurojatlar, jadvallardan foydalanishga ko’proq e’tibor berildi. Bu web saxifalar ishlashning optimal variantlaridan biri hisoblanadi. Bu holda dastur sarlavhasi harakatlanuvchi matn sifatida berilgan.

XULOSA


Xulosa qilib aytganda, jamiyatning barcha jabhalarida ro’y berayotgan hamma yangiliklar, kashfiyotlar va rivojlanishning to’xtovsiz o’sishi zamirida ta’lim tizimida erishilayotgan yutuqlar yotadi. Bunga ta’lim tizimida erishilayotgan yutuqlar samaralari deb baho berish mumkin. Faqat ta’lim tizimidagina jamiyatning barcha jabhalari uchun zarur yuksak bilimli, iqtidorli kadrlar tayyorlanadi. Ta’lim tizimida samaradorlikka erishish uchun esa professor- o’qituvchilardan o’z ustida tinimsiz ishlash, fan-texnika yangiliklaridan o’z vaqtida xabardor bo’lish va ularni o’z mehnat faoliyatiga tadbiq qilish, chet tillarini bilish, axborot texnologiyalaridan oqilona foydalana olishlari talab etiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda axborot texnologiyalariga bo’lgan talab kuchayib, internet tarmoqlarida ma’lumotlar hajmi kun sayin kengaymoqda. Endilikda o’quvchi dunyoning istagan joyidan turib, internet orqali xohlagan ma’lumotini olishi mumkin. Bu albatta quvonarni holat.
Hozirgi texnika rivojlangan zamonaviy talablarga moslashish, undagi barcha qulayliklar va yaratilgan yangiliklardan samarali foydalanish uchun kompyuter texnikasidan foydalanishni juda yaxshi bilish lozim. Buning uchun yosh avlodni ushbu texnikadan foydalanishga o’rgatish, ularda mavjud ko’nikma va malakalarini rivojlantirish uchun, ta’lim jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir
Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida avvalo o’rgatuvchi dasturlar va ularning ahamiyati, Dreamweaver MX dasturi haqida, uning imkoniyatlari va avzalliklari to’g’risida kengroq ma’lumot berishga harakat qilindi.
Web sahifalar yordamida o’rgatuvchi dasturlar yaratish va foydalanish web texnologiyalaridan foydalanishning eng optimal variantlaridan biri xisoblanadi.
O’rgatuvchi dasturlardan foydalanish Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarida nafaqat Informatika va axborot texnologiyalari fanini, balki boshqa fanlarni o’qitishda ham eng samarali metodlardan biri hisoblanadi.
Biz yaxshi bilamizki, hozirgi kunda pedagoglar oldida turgan muhim vazifalardan biri o’quvchilarni nafaqat o’qitish, balki ularni o’qishga o’rgatishdan ham iboratdir. Shu sababli dars mobaynida an’anaviy metodlardan foydalanibgina qolmay, o’quv materiallarini o’rgatuvchi dasturlar yordamida berish, o’quvchilar bilim saviyasini nafaqat oshiradi, ularni mustaqil o’qishga, izlanishga ham o’rgatadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishda Dreamweaver MX imkoniyatlari, ulardan foydalanish, o’rgatuvchi o’quv dasturlari va ta’lim jarayoniga tadbiq qilish kabi masalalar imkon qadar yoritishga harakat qilindi. O’z navbatida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilariga bu dasturdan foydalanib, elektron o’quv materiallarini yaratishni tavsiya qilish mumkin.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə