Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc


Savol: Turmush o‘rtog‘imni ismlarini aytib chaqirishim uyat



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/49
tarix21.08.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#120769
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

 
Savol: Turmush o‘rtog‘imni ismlarini aytib chaqirishim uyat 
hisoblanadimi?
Javob: Ota-onani, shuningdek, ayol kishiga erini ismini aytib chaqirishning makruhligi 
kitoblarimizda ko‘rsatilgan. Hurmat anglatuvchi so‘zlar bilan murojaat qilishlik 
musulmon kishiga munosibdir. Baland ovozda chaqirish ham yaramaydi. Asta yoniga 
borib ta’zim bilan «begim» yoki «xo‘jayin» deyish kerak.
Savol: Hozir ayollar ko‘zlariga surma o‘rnida turli-tuman bo‘yoqlar 
suradilar. Ulardan foydalanish mumkinmi? Tahoratni buzmaydimi?
Javob: Suv o‘tkazadigan, tarkibi toza modda bo‘lsa, foydalanish mumkin. Tabiiyki, uy 
sharoitida. Afifa xonimlarga bulardan foydalanmaslikni tavsiya qilamiz. Zotan, tabobatda 
foydali deb topilgan, suvni yaxshi o‘tkazadigan surma bor. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) har 
kecha uyquga ketishdan oldin ko‘zlariga uch martadan surma tortar edilar. Ko‘zga 
surma surish sunnatdir. Ko‘z bo‘yoqlari zamonamizda ijod qilingan. Ulardan 
foydalanishga majbur ham emasmiz. Musulmon ayollarga munosibi ularni 
ishlatmaslikdir.
Savol: 1.Maxsiga mash tortishning tartibi qanday bo‘ladi? 
2. Umuman maxsidan boshqa, masalan paypoqqa mash tortish 
mumkinmi? 


Dinda savolim bor. 2-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Javob: Maxsiga mashning joizligi haqida ahli sunnat val jamoa mazhabi payravlaridan 
biror kishi ixtilof qilmaydi. Bunga faqat mubtade’ (sunnatga qarshi chiquvchi)gina xilof 
qiladi.
Oyoqqa kiyiladigan hamma narsaga ham mash tortilaveradimi? Yo‘q. Mash uchun 
quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerak: 
– U narsa (maxsi) to‘piqni berkitib tursin; 
– To‘piqdan pasti yirtiq bo‘lmasin; 
– Uch-kecha kunduzlik yo‘l yurganda to‘zib ketmasin; 
– Teridan boshqa narsa bo‘lsa osti va ustiga teri qoplangan bo‘lsin; 
– Bog‘lanmasdan o‘z qaddini ko‘tarib turadigan bo‘lsin; 
– Va nihoyat tahorat komil bo‘lganda kiyilgan bo‘lsin. 
Mash tortish tartibi esa quyidagicha: o‘ng qo‘lga suv olib – tashlab, panjalari va 
aloqoni (kaft) bilan o‘ng oyoq maxsisi ustiga qo‘yiladi va qo‘l panjalari ochilib to‘piqqa 
qarab tortiladi. Bunda shuni unutmaslik kerakki, qo‘l panjalarining uchini maxsi uchi 
bilan barobar etib emas, balki maxsi ichidagi oyoq panjalari uchi bilan barobar etib 
qo‘yish kerak. So‘ngra chap qo‘lga suv olib tashlab mazkur tartibda chap mahsiga mash 
tortiladi. Mash tortilgandan so‘ng qo‘llar uch bor chayilishi darkor.
Panjalari bukilmaydigan kishilar qo‘l aloqonini mahsiga tekkizishlari, so‘ng mash 
tortishlari lozim. Mazkur shartlari mukammal holda kiyilgan maxsiga muqim (safarda 
bo‘lmagan kishi) bir kechayu kunduz, musofir esa uch kechayu kunduz mash qila oladi. 
Bu muddatlar maxsi kiyilgan vaqtdan boshlab emas, balki uni kiygandan so‘ng dastlab 
tahorati singandan boshlab hisoblanadi. Ya’ni bomdod namozidan oldin tahorat olib 
maxsini kiygan bo‘lsayu kunduz soat o‘n ikkida tahorati sinsa ertasiga soat o‘n ikkigacha 
shu maxsiga mash qilsa bo‘ladi. Bu yerda shuni aytib o‘tish kerakki, musofir bir kechayu 
kunduz ham bo‘lmay uyiga qaytib kelsa, maxsisiga uch kecha-kunduzgacha emas, balki 
muqim hukmida (bir kecha-kunduz bo‘lguncha) mash qiladi. Muqim esa mash muddati 
to‘lmasdan safarga chiqsa musofirlik hukmida uch kecha-kunduz to‘lguncha mash qilishi 
mumkin.
Kishining bir oyog‘ida yarasi bo‘lib, tahorat olganida unga mash qilsa, sog‘ oyog‘ini 
yuvib unga maxsisini kiysa, jarohatli oyog‘iga kiymasa so‘ng mazkur bir oyog‘iga mash 
tortaolmaydi. Chunki bir oyoq maxsisiga mash tortib ikkinchisini yuvish mashru’ 
emasdir. Shuning uchun bir oyoq yechilsa, albatta ikkinchi oyoq ham yechilib yuvilishi 
vojibdir.
Tahoratni nima sindirsa mashni ham sindiradi. Ya’ni har tahorat qilganda maxsilarga 
mash qilish kerak. Shuningdek, maxsi ichiga suv kirib oyoqning hammasi (bir rivoyatda 
yarmi) ho‘l bo‘lsa, yuqorida aytilgan muddatlar o‘tsa, mahsining to‘piqdan pasti 
oyoqning kichik uch panjasi ko‘rinadigan miqdorda yirtilsa mash buziladi. (Bir maxsining 
turli joylarida oz-ozdan yirtiq bo‘lib, hammasi to‘planganda uch panja ko‘rinsa ham 
mash ravo emas, astari lattadan bo‘lib u agar yirtilmagan bo‘lsa ham). Bu holatlarda 
maxsi yechilib, oyoq yuvilishi lozim.

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə