Laboratoriya mash’ulotlari tеxnikasi bilan tanishtirish Mashg'ulot shakli: «Biologiya»



Yüklə 67,16 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü67,16 Kb.
#139098
  1   2   3
Amaliy m 2



Biotexnologiya Amaliy mashg’ulot materiallari
o’quv-uslubiy majmua
AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
MASHG‘ULOT№ 2
Mavzu: Biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari. Laboratoriya mash’ulotlari tеxnikasi bilan tanishtirish


Mashg'ulot shakli: «Biologiya» yo‘nalishlari talabalari uchun amaliy mashg‘uloti.
Mashg'ulot uslubi: «Trening muloqot» pedogogik texnologiyasi
Mashg‘ulot maqsadi: talabalarga Biotexnologiyada qo‘llaniladigan usullar.
haqida ma'lumot berish.
Mavzuning ahamiyati: biologik texnologiyalar xalq xo'jaligining barcha sohalariga shu jumladan farmatsiyaga ham jadal sur'atlar bilan kirib bormoqda


Ishning nazariy qismi
Tirik organizmlarni majoziy ma'noda ixcham, murakkab, iqtisodiy tejamkor, o’z- o’zini boshqara oladigan, barqaror va faol biokimyoviy ishlab chiqarish uchun texnologik parametrlarni optimal saqlay oladigan sistema deb xarakterlash mumkin.
Biotexnologiya ob'ektlari: viruslardan tortib odamgacha bo’lgan barcha tirik organizmlarni o'z ichiga qamrab oladi. viruslarni organizm deb qabul qilish mumkin emas, biroq ularning irsiyati, moslashuvchanligi, o’zgaruvchanligi va boshqa xususiyatlariga ko’ra ularni jonli tabiat vakillari deb bemalol xisoblasa bo’ladi.
Nazorat uchun savollar



  1. Biotexnologiya nima?

  2. Biotexnologiya fanining obektlarini sanang.

  3. Biotexnologiyaning tadqiqot uslublari to‘g’risida malumot bering

  4. Biotexnologiyada ishlatiladigan anjomlarga misollar keltiring

  5. Biotexnologiyani o’rganishda texnika xovsizligi.

Mavzu bo’yicha muloqot treningi
Trening «Muloqot» Ushbu trening o’quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o’z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda baxslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichik guruxlarga bo’lgan guruxlarga bo’lgan holda o’tkaziladi.
Maqsad: Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo’lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to’g’ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda baxslashishlariga sharoit yaratish.
O’tkazilish tartibi.Trener mashg’ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs-munozarani o’tkazishga qo’yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so’ngra ushbu trening bochqichma-bosqich o’tkazilishini tushuntiradi
Viruslar . Viruslar eng mayda organizmlar bo’lib, ularning o’lchami 20—300 nm(nanometr)ga teng bo’ladi. 1 nanometr=10-9 metr ya'ni metrning milliarddan bir ulushi.
Ular juda mayda, hatto bakteriyalar ham o’taolmaydigan filtrlardan o’ta olganligi uchun filtrlanuvchi viruslar xam deyiladi. Viruslarni o’rganuvchi fan virusologiya deb ataladi.Viruslarni 1892-yilda rus botanigi D.I. Ivanovskiy kashf qilgan. Viruslar o’zining parazitizmi bilan boshqa organizmlardan ajralib turadi.O’simliklar, hayvonlar, bakteriyalar va xatto zamburug'larda parazitlik qiluvchi viruslar aniqlangan.
Virusning tuzilishi deyilganda uning strukturaviy bloklardan iborat spetsifik «qurilishi» yoki arxitektonikasi (yunoncha archi-boshlang'ich, dastlabki, tecton-usta, master) nazarda tutiladi. Organizmdan tashqarida virus kristall ko’rinishda bo’ladi va u virion deyiladi. Har bir virion toza xolda bir-biri bilan kovalent bog'lanmagan nuklein kislota va oqsildan iborat. Virion-intakt (lotincha intactus-tegilmagan, shikastlanmagan), yuqish xossasiga ega virus.
Nuklein kislotalar-viruslarning irsiyat moddalari. Tarkibidagi nuklein kislota tipiga ko’ra viruslar 2 xil: DNK saqlovchi va RNK saqlovchi viruslarga bo’linadi. RNK saqlovchi viruslarga o’simlik viruslari, DNK saqlovchi viruslarga esa bakteriya, hayvon, odam viruslari kiradi.
Virionning nuklein kislotasi (genomi) atrofida hosil bo’lgan oqsil qobiq kapsid deb ataladi. Virion shakli (formasi) uning kapsidi bilan belgilanadi.Kapsid nuklein kislota bilan birga nukleokapsidni hosil qiladi.
Murakkab tuzilgan viruslar qo’shimcha oqsil yoki lipoproteid qobiqlardan tuzilgan bo’ladi. Ba'zan qobiq tarkibida ayrim uglevodlar va fermentlar ham uchraydi. Gripp, gerpes viruslari murakkab tuzilgan viruslarga misol bo’la oladi.
Umurtqali hayvonlar viruslari 17ta oilaga, umurtqasizlar viruslari 7ta oilaga, bakteriyalar viruslari 10ta oilaga bo’linadi. O’simlik viruslarining 20ta turi va zamburug'lar viruslarining 5ta turi mavjud. Bu raqamlar keyinchalik o’zgarishi mumkin. Chunki bugungi kunga kelib avval fanga ma'lum bo’lmagan yangi viruslar xam aniqlanmoqda (masalan, OITS).

1-rasm. Bakteriofag T2. 1-boshchasini berkituvchi


kapsomerlar, 2-yoqasi, 3-bo’yinchasi, 4-sterjen',
5-g'ilof, 6-ipchalari, 7-ikosaedr shaklidagi boshchasi.

Bakteriyalar. Hujayraviy tuzilishga ega organizmlar bo’lib, ularning yadrosi membrana orqali tsitoplazmadan ajratilmagan va oqsillar bilan bog'lanmagan. Sitoplazma qo’zg'almas, sitoplazmadagi ribosomalar tartibsiz sochilgan. Bakteriya hujayralarida endotsitoz va ekzotsitoz jarayonlari kuzatilmaydi. Ko’pchilik bakteriyalar-bir hujayrali. Eng kichik diametri 0.2-10.0mkm (mikrometr). Mikro-10-6 metr. Bakteriyalar 2ta guruhga bo’linadi:

  • arxeobakteriyalar

  • eubakteriyalar

Bu guruhlarning o’zi ham yana alohida guruhlarga bo’linadi. Arheobakteriyalarga quyidagi bakteriyalar kiradi:
Galofil bakteriyalar Haloarcula, Halobacterium, Halococcus, Natrobacterium, Natrococcus turlarini o’z ichiga oladi. Ular dengiz tuzlari ko’p joyda uchraydi. Galofillar uchun optimum natriy xlorid-3.5-5M.
Termoatsidofil bakteriyalar pH=2-3, temperaturasi 70-90°C bo’lgan issiq buloqlar, pH=1-2, temperatura 59°C bo’lgan ko’mir konlari terrikonlari va temperatura 85-105°C bo’lgan dengiz tubidagi issiq buloqlar, vulqon yonbag'irlarida uchraydi.
Metanogen (metan hosil qiluvchi) bakteriyalar:

  • kokklar-Methanococcus vannielli

  • sartsinalar-Methanosarcina barkeri

  • tayoqchalar-Methanobacterium formicicum, Methanobrevibacter ruminantium

  • spirillalar-Methanospirillum hungatei

Metanogen bakteriyalar-anaerob mikroorganizmlar. Ular aholi yashaydigan punktlar va shaharlarning oqava suvlaridan hosil bo’lgan ko’lmaklar, go’ng, dengiz sohillari va kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida uchraydi.
Eubakteriyalarga quyidagi bakteriya guruhlari kiradi:

Yüklə 67,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə