53
MA’RUZA – 10
Mavzu: Populyatsiyalar dinamikasi
Reja:
1. Populyatsiyaning dinamik tavsifi.
2. O’sishning eksponentsial va logistik modellari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Tug’ilish, o’lish, emigratsiya, immigratsiya, o’sish
tezligi, biopotentsial, eksponentsial o’sish, logistik o’sish.
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Populyatsiyalarning mahsuldorligi, tug’ilish,
nobud bo’lish, hayotchanlik, emigratsiya va immigratsiya tushunchalarni talabalarga tushuntirish.
Populyatsiyaning dinamik tavsifi. Populyatsiyalarning dinamik tavsifini - tug’ilish, mahsuldorlik,
nobud bo’lish, hayotchanlik, emigratsiya va immigratsiya kabilar belgilaydi.
Tug’ilish va mahsuldorlik.
Tug’ilish ko’payish tezligini miqdoriy jihatdan tavsiflovchi, yani vegetativ yoki generativ yo’llar bilan
ko’payishidan qatiy nazar populyatsiyada yangi hosil bo’lgan individlar sonini bildiradi. Populyatsiyada
individldr sonining ortishi tug’ilish hisobiga ortibgina qolmay, balki immigratsiya tufayli, yani boshqa
populyatsiyalardan individlarining kelib qo’shilishi hisobiga ham o’zgaradi.
Tug’ilish tushunchasi populyatsiyaga nisbatan ishlatiladi. Individlarga nisbatan mahsuldorlik
tushunchasi ishlatiladi. U malum vaqt oralig’ida paydo bo’lgan yangi tug’ilgan individlar sonidir.
Hayoti davomida ko’payish davri soniga qarab monotsiklik va politsiklik turlar farqlanadi.
Monotsiklik xususiyat, odatda - hayoti qisqa vaqt davom etadigan turlarga xosdir. (may qo’ng’izi,
losos
baliqlari, boshqa hasharotlar).
Politsiklik rivojlanishida esa, turlar bir mavsumda bir necha marta nasl beradi. Bu ko’pincha
umurtqali hayvonlarga va qator umurtqasizlarga, masalan qisqichbaqasimonlarga xosdir.
O’simliklarda mono va polikarp turlarga bo’linadi. Ular hayoti davomida bir marta va ko’p marta
ko’payadi. Individlarning serpushtligi ham muhim ahamiyatga ega. Serpushtlilik ko’pchilik chollarda parvarish
qilishga yoki tuxumning oziqa moldalar bilan taminlanganligiga bog’liq bo’ladi. Qushlarda tuxum qo’yish
baliqlardagi kabi mingtagacha o’zgarmaydi. Ular bittadan 20 - 25 tagacha tuxum qo’yishi mumkin. Ular
bolalarini boqish uchun ko’plab energiya yo’qotadilar. Kichik qushlar uyasiga bir sutkada 100 marta
oziqa olib
keladilar. Masalan: qizilqum chumchug’i - 200 marotabadan ko’p; katta chittak - 400, sayroqi qush - 600
marotabagacha uyasiga oziqa olib keladi. Agar uyaga qo’yilgan tuxumlar odatdagidan ko’p bo’lsa, jo’jalar
to’yib oziqlana olmaydilar, yani oziqa etarli bo’lmaydi va uning hayotchanligi past bo’ladi. Agar
populyatsiyalarda serpushtlik yuqori bo’lsa, ularning nobud bo’lishi ham yuqori bo’ladi. Shuning uchun
populyatsiyalarda serpushtlilik yuqori bo’lsa, ularning umumiy ko’payishi past bo’ladi.
Nobud bo’lish (o’lish). Nobud bo’lish populyatsiyada individlarning o’lishini tavsiflaydi. Ekologik
nobud bo’lish deganda, malum sharoitda individlarning nobud bo’lishi tushuniladi. Bu ko’rsatkich tashqi muhit
va boshqa omillar tasirida o’zgarib turadi.
Nobud bo’lishdan tashqari populyatsiyada individlar sonining kamayishiga emigratsiya tasir qiladi.
Emigratsiya muayyan bir populyatsiyalardagi individlarning boshqa populyatsiyaga chiqib ketib, jadal
ko’payishi va individlarning yuqori zichligi natijasida kelib chiqadi.
54
Populyatsiyadagi sonlarning umumiy o’zgarishi 4 ta holat hisobiga amalga oshadi: tug’ilish, o’lish,
turning emigratsiyasi, immigratsiya. Populyatsiya sonining o’zgarishi “=” tug’ilish “+” immigratsiya “-
” o’lish “+” emigratsiya.
Populyatsiyada individlarning o’lishi ko’pgina sabablar orqali sodir bo’ladi: turning
genetik va fiziologik
to’liqligi, muhit sharoiti, noqulay omillar tasiri, yirtqichlar, parazitlar, kasalliklarning tasiri.
Tajribada,
populyatsiyalarda o’lishning qanday borishini bilish uchun yashab qolish jadvali tuziladi. Bu jadval asosida
yashab qolish egri chizig’i chiziladi.
Tabiatdagi ko’pchilik turlar uchun o’lim - yosh organizmlarda ularning hayotining erta davrlarida
- voyaga etganlarga qaraganda doim yuqori bo’ladi. Ko’pgina baliqlarda voyaga etgan fazagacha qo’yilgan
ikraning 1 – 2 % gina yashab qoladi. Hasharotlarga qo’yilgan tuxumdan - 0,3 - 0,5 % gina.
Insonlarda ham uzoq vaqtgacha yosh bolalar ulimi yuqori bo’lgan - tibbiyot rivojlanishi bilan, o’lim biroz
kamaygan. Bu esa avlodlar yashovchanlik egri chizig’i tipining o’zgarishiga olib keladi va er yuzi aholi
sonining
ortishiga, yani «demografik portlashga» olib keldi.
O’lim 3 ta tipga ajratiladi:
1 – tipiga – butun hayot davomida bir xildagi o’lim kiradi, yoki bir tekis nobud bo’lishi kuzatiladi u
eksponentsial egri chizig’i bilan ifodalanadi. Bunday tipdagi o’lim juda kam uchraydi, yani butun hayoti
davomida nisbatan kam nobud bo’lishi kuzatiladi. Bu grafikda boshlanish va generatsiyaning nol
miqdoridan boshlab bir tekis to’g’ri chiziq hosil qiladi.
2 – tipi – rivojlanishning boshlang’ich bosqichida yuqori o’lim bilan xarakterlanadi. Ko’pchilik
o’simliklarning maksimal xalokati - urug’ning va o’simtaning unib chiqish bosqichi ro’y beradi. Hayvonlarda
esa - lichinka fazasi va yosh holatida kuzatiladi. Bunday populyatsiyalarda o’lish egri chizig’i vertikal o’q
bo’yicha boshidayoq keskin pastga tushib ketadi. Voyaga etgan shakllari ancha himoyalangan va chidamli
bo’ladi.
3 – tipi – katta yoshdagi ayniqsa qari turlarda yuqori halokat bilan xarakterlanadi. Agarda bitta
generatsiyadan hosil bo’lgan individlar o’zlarining biologik yosh chegarasigacha yashab, keyin qisqa vaqt
ichida o’ladigan bo’lsa, bu ideal holat hisoblanadi. Bu populyatsiyadagi eng kam nobud bo’lishga to’g’ri keladi.
Avlodlar sonining vaqtga bog’liqligini ifodalaydigan bunday egri chiziq dastlab gorizontal o’qga parallel holda
boradi, keyin esa tez pastga egilib tushadi.
Tabiatda ayrim turlarning nobud bo’lishi unga malum miqdorda yaqin bo’lishi mumkin: Masalan,
ayrim xasharotlarda – qo’ng’iz, yirik sut emizuvchilarda kuzatiladi. Bu tipga hozirgi
inson populyatsiyalarini
ham kiritish mumkin. Bunday populyatsiyalarda turning o’rtacha hayotining davom etishi yuqori bo’lib,
maksimumiga yaqinlab qoladi.
Populyatsiyadagi individlarning tug’ilishi bilan nobud bo’lishi o’rtasidagi farq hayotchanlik deb
qaraladi.
Yuqorida aytilgan o’limning 3 tipi asosida yashovchanlik, hayotchanlik egri chizig’i chiziladi.
Yashovchanlik egri chiziqlarining 3 xili (E.Makfeden bo’yicha, 1965)
I - II. Yashovchanlik egri chiziqlari.
1. Gidro va bazi qushlar, sut emizuvchilarga xosdir.
2. Yirik, ko’pchilik umurtqasiz
hayvonlar, baliqlar, qushlarning ayrim turlarida kuzatiladi.
3. Yirik sut emizuvchilar, odam populyatsiyasiga xosdir.