O’simliklarni tuzlarga chidamliligi



Yüklə 91,12 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü91,12 Kb.
#163628
  1   2   3   4   5
O’simliklarni tuzlarga chidamliligi


O’simliklarni tuzlarga chidamliligi.
Reja:




1.Tuzlarning o’simliklarga ta’siri.
2.Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi.
3.Ekinlarni tuz ta’siriga chidamliligini oshirish yo’llari.
4.Tuproq tarkibidagi tuzlarning yo’l qo’yiladigan miqdori.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1.Tuzlarning o’simliklarga ta’siri.
Tuzlarning o’simliklarga ta’siri turlicha bo’ladi. Tuzlar o’simliklarning bioximik, fiziologik funksiyalarini va suv, oziqa rejimlarini, nafas olish, fotosintiz jarayonlarini buzadi.
Tuz ta’sirida o’simliklarda fotosintiz kamayadi va buning natijasida quruq modda to’planishi susayadi. Shuning uchun ham sho’r tuproqlarda yetishtiriladigan ekinlarning bo’yi kalta, bargi va shohlari kichik bo’lib qoladi.
O’simliklarda fotosintez jarayonining kamayishi tuproqdagi tuzlarning tarkibiga bog’liq.
Sulfat-xlorid tuzlari bilan sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfat bilan sho’rlangan tuproqlarga nisbatan quruq modda kam to’planadi va bunda o’simliklarning rivojlanishi ancha orqada qoladi. Tuzlar o’simliklarning hujayralariga ham ta’sir qiladi.
Masalan, xlorli tuzlar bilan sho’rlangan yerlarda o’simliklarda galossukkulentlik alomati rivojlanadi, ya’ni o’simlik xujayrasi kattalashadi, barg tomirlari kamayadi, ular ancha yo’g’onlashadi, o’simliklarni suv so’rishi va ajratishi susayadi.
Sulfatli tuzlar bilan sho’rlangan tuproqlarda o’simliklarda kseromorfizm alomatlari ko’zga tashlanadi, ya’ni o’simlik xujayralari kichiklashadi, barg tomirlari ko’payadi, natijada transpiratsiya intensivligi ortadi.
Tuzlar o’simlikning suv rejimini ham buzadi, tuproqning sho’rlanganlik darajasi ortishi bilan uning suv sarflash qobiliyati kamayib boradi. Masalan, vegetatsiya davomida kuchsiz sho’rlangan yerlarda bir tup go’za 156,1 kg suv sarflagan bo’lsa, kuchli sho’rlash yerdagi go’za 92,35 kg suv sarflagan.
Tuproqda sho’rlanish darajsi ortishi bilan urug’larning nam tortishi kuchi juda sekinlashadi, shuning uchun ham sho’r yerlarda urug’larning unib chiqishi qiyinlashadi.
Ma’lumki, suv oziq moddalari bilan birgalikda ildiz tukchalari orqali ham so’riladi. Lekin o’simliklarning so’rish kuchi tuproq eritmasining osmotik bosimidan katta bo’lganda so’riladi.
O’simliklarning so’rish kuchi tuproq namligiga, o’simlikning turiga, yoshiga va sho’rlanish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Masalan, sho’rlanmagan tuproqlarda sabzavot ekinlarining so’rish kuchi 2-5 atm; go’zaniki 10-15 atm; sho’r yerda go’zaniki 18-30 atm. bo’ladi.
Agar tuproq eritmasining osmotik bosimi o’simlikning so’rish kuchidan katta bo’lsa, fiziologik quruqlik hodisasi yuz beradi. Tuproq eritmasining osmotik bosimi tuproqda tuzlarning ko’payishi bilan ortib boradi va shuning natijasida tuproqda yetarli miqdorda nam bo’lsa ham o’simlik undan foydalana olmaydi.
Tuzlar ta’sirida o’simlik hayotida mineral oziqlanish jarayoni buziladi. Ya’ni o’simlikning tanasida Ca, K, oltingugurt kamayib ularni o’rnini xlor, natriy, magniy egallab oladi, natijada o’simlik zaharlanadi.
Kuchli sho’rlangan yerlarda o’simlik organlarida xlor 2-3 marta, Na-5-10 marta oshib ketadi. Natijada o’simliklarning o’sishi sekinlashib, bargi so’liydi, bujmayib qoladi, rangi sarg’ayadi, tuz dog’lari paydo bo’ladi va to’kiladi. Tuzlarning zaharli ta’siri natijasida ekinlar yaxshi unib chiqmaydi, sekin o’sadi va rivojlanadi, pishishi kechikadi, sifati buziladi. Buni paxta misolida ko’rishimiz mumkin.

jadval
Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi.

Sho’r-la-
nish da-
rajasi

Gekt.
kochat
soni

O’sim-
lik
yuzasi,
sm2

Barg
yuzasi, sm2

Fazalarni boshlanishi

Hosil s/ga













sho-
na-
lash

gul-
lash

pi-shish




Kuch-siz

77000

65,6

1957

3.06

8.06

10.09

31.36

O’rta-cha

66800

38.6

919

17.06

22.06

17.09

14.92

Kuchli

28400

22.1

292

6.07

8.08

-

5.45



Yüklə 91,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə