O’simliklarni tuzlarga chidamliligi


Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi



Yüklə 91,12 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü91,12 Kb.
#163628
1   2   3   4   5
O’simliklarni tuzlarga chidamliligi

2.Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi.
Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi deb, tuproq tarkibidagi tuzlarning va tuproq eritmasi konsentratsiyasining qishloq xo’jalik ekinlarining normal o’sishi va rivojlanishiga ta’sir qilmaydigan miqdoriga aytiladi.
U quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
1.Ekinlarni tuz ta’siriga chidamliligi o’simlikning yoshiga qarab o’zgaradi. O’simliklarning dastlabki rivojlanishida tuz kuchli ta’sir etadi, yoshi ulgayishi bilan uning chidamligi oshib boradi. Shuning uchun ham o’simlik yoshligida tuproqda tuzning miqdori kam bo’lishi kerak.
2.Tuzlarning tarkibiga bog’liqligi. Tuproqning tarkibida xlorli tuzlar ko’p bo’lgan Mirzacho’l, Qarshi, Sherobod cho’llarida ekinlar quruq qoldiq 0,3-0,4% bo’lganda zaharlanadi. Sulfatli sho’rlangan Farg’ona vodiysining tuproqlarida esa ekinlar quruq qoldiq bo’yicha 0,6-0,8% bo’lganda ham chiday oladi.
3.Tuproq namligiga bo’g’liqligi. Tuproq qanchalik nam bo’lsa tuproq eritmasining konsentratsiyasi shuncha past bo’ladi va ekinlarni tuz ta’siriga chidamliligi shuncha yuqori bo’ladi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi bir xil bo’lib, nam ko’paysa o’simliklarni tuzga chidamliligi oshadi.
4. Tuproq unumdorligi - unumdor tuproqlarda o’simliklarning tuzga chidamliligi oshadi, unumsiz tuproqlarda kamayadi. Bunda organik o’g’itlar, almashlab ekish, ilmiy asosida mineral o’g’it berish yaxshi natija beradi. Lekin o’g’it me’yoridan ko’p berilganda (NaNo3) tuproq eritmasi konsentratsiyasi oshib, o’simliklarning tuz ta’siriga chidamliligi kamayadi.
5. Iqlim sharoiti - iqlimi quruq, issiq, yog’ingarchilik kam bo’ladigan yerlarda o’simliklarni tuz ta’siriga chidamliligi kamayadi.
6. Ekin turiga bog’liqligi.
Ekinlar tuz ta’siriga chidamliligi bo’yicha quyidagi guruhga bo’linadi: 1.Chidamsiz. 2.O’rtacha chidamli 3.Chidamli.
O’simliklarning tuz ta’siriga chidamligini
oshirish yo’llari.
O’simliklarni o’sish sharoitlarini o’zgartirish yo’li bilan ekinlarni tuz ta’siriga chidamligini oshirish mumkin.
1.Ekish oldidan urug’larni tuz eritmasida ivitish yoki ishlov berish (NaCl eritmasi)
2.Minerallashgan suv bilan urug’larga ishlov berish (3,0-4,0 g/l)
3.Superfosfat o’g’iti eritmasida urug’ni ivitish.
4.Sho’r yerlardagi q-x ekinlarini ekish normasini 25-30% oshirish.
5.Sho’r yerlardagi q-x ekinlarini sug’orish normasini 30% gacha oshirish.
6.Yuqori klassli, saralangan urug’larni ekish.
7.Tuzga chidamli navlarni ekish.
jadvaj
Tuproq tarkibidagi tuzlarning yo’l qo’yilgan miqdori.

Vohalar

Qattiq qoldiq,%

Xlor-ioni,%

Urug’ unib chiqishi va dastlabki o’suv fazasida

Mirzacho’l
Farg’ona
Xorazm

0,25-0,30
0,50-0,80
0,30-0,40

0,008-0,01
0,008-0,01
0,015-0,02

O’suv davrining keyingi fazalarida

Mirzacho’l
Farg’ona
Xorazm

0,30-0,40
0,75-1,20
0,50-0,80

0,01-0,02
0,02-0,03
0,01-0,02

Dastlabki hayotning paydo bo’lishidan boshlab organizmlarning tashqi mux.itni notsulay omillari ta‘siriga moslashuvi va chidamdiligi sodir bula boshladi. Chunki nokulay omillar organizmlarning, jumladan, o’simliklar tanasida kechayotgan fiziologik va bioqimyoviy jarayonlarning jadalligiga ta‘sir etadi. Ayniqsa, suv yetishmasligi, haroratning minimumdan past yoki maksimumdan Yuqorii bo’lishi, xar xil tuzlarning to’plaishi natijasida tuproq eritmasi kontsentratsiyasining kuchli bo’lishi, patogen mikroorganizmlarning ko’payishi, zararli gazlar va radiatsiyaning me‘yordan ortib ketishi kabilar o’simliklarning hayotiy jarayonlariga salbiy ta‘sir etmay kolmaydi. Bunday omillarning yuzaga kelishi usim-liklar uchun nokulay sharoit hisoblanadi. O’simliklarning shunday nokulay omillar ta‘siriga nisbatan javob reaktsiyasi ularning chidamliligini belgilaydi. Chidamlilik darajasi individual xususiyatga ega bo’lib, u o’simlik turiga, yashash sharoitidagi boshqa omil¬lar ta‘siriga boғliq, xolda xam o’zgaradi. Xatto bir o’simlikning xar xil xujayralari, to’qimalari va organlari chidamlilik daraja¬si bilan bir-biridan farq. kilishi mumkin.


Tashqi mudit nokulay omillariningta‘siri qisqa va uzoq, muddatli bo’lishi mumkin. Evolyutsiya davomida bunday nokulay omillar ta‘siriga o’simliklar moslasha boradi. O’simlik tuqimalarida uziga xos fiziologik-bioqimyoviy uzgarishlar ruy beradi, natijada o’simlik shu sharoitga moslasha boradi va kelajak avlodlarning nokulay sharoitga budgan chidamliligi orta boradi, ya‘ni o’zlarini ximoyalash kobiliyati paydo bo’lib, ular rivojlana boradi. O’simliklarning anik, bir yashash mux.itiga moslashuvi — adaptatsiyalanish deyiladi. Bunday funktsiyalarning mavjudligi barcha fiziologik jarayonlar kabi zaruriy hisoblanadi. Nokulay omillarning kisk.a yoki uzoq muddatli ta‘siriga moslashmagan o’simliklarning metabolitik jarayonlari kuchli zararlanadi va ular nobud bulishlari mumkin.
Nokulay omillar ta‘sirida organizmda paydo bo’ladigan nospetsifik uzgarishlar yigindisi stress bo’lib, bu o’zgarishlarni ruyobga keltiradigan kuchli ta‘sir etuvchi omillar stressorlar deyiladi. O’simliklar tanasida -stressni ruyobga keltiruvchi omillarni uchta asosiy guruxga ajratish mumkin:
Fizik — suv yetishmasligi yoki ortikligi, yoruғlik va xaroratlar-
ning uzgarishi, radiofaol nurlar va mexanik ta‘sirlar.
Kimyoviy — xar xil tuzlar, gazlar, gerbitsidlar, fungitsidlar,
sanoat chikindilari va boshqalar.
Biologik — shikastlovchi xasharotlar, patogen mikroorganizm-
lar, parazitlar, boshqa o’simliklar bilan raqobat va boshqalar.
O’simliklarning stressorlar ta‘siriga chidamliligi o’sish va ri-vojlanish bosqichlarida xar xil bo’ladi. Tinim davrida ularning chidamliligi eng yukrri bo’ladi. Eng chidamsizlik — o’simliklarning .yosh maysalarida kuzatiladi. Keyinchalik o’simliklarning o’sish va rivojlanishi bilan bir katorda ularning chidamlilik darajasi ham to pishib yetilish bosqichigacha ortib boradi. Ammo o’simliklarning gullash fazasi, ayniqsa, gametalarning shakllanish muddati xam kritik sanaladi. Chunki bu muddatda o’simliklar stressorlar ta‘sirida kuchli zararlanishi vaxrsidtsorlikni keskin kamaytirishi mumkin.
Kuchli va tez ortib borayotgan stressorlar ta‘siridan paydo bo’ladi¬gan nospetsifik jarayonlarga kuyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Membranalar o’tkazuvchanligi ortadi va membrana potentsiali uzga-
rishi natijasida ionlar almashinuvi ham buziladi.
Sitoplazmaga Sa2+ kirishi o’zgaradi.
Sitoplazmaga rp nordonlik tomonga o’zgaradi.
Protoplazmaning qovushqoqligi ortadi.
Kislorodning yutilishi va ATF sarflanishi kuchayadi.
Gidrolitik jarayonlar tezlashadi.
Stress Oqsillarninghosil bo’lishi faollashadi.
Plazmolemmadagi N+ - pompalarning faolligi ortadi.
Etilen va ABK sintezi tezlashadi, xujayralarning bulinishi va
o’sishi sekinlashadi, fiziologik va metabolitik jarayonlar o’zgaradi.
Yukrrida sanab utilgan stress reaktsiyalar istalgan stressorlar ta‘¬sirida sodir bo’lishi mumkin. Ular xujayra tuzilmalarini ximoyalashga va nokulay uzgarishlardan saklashga qaratilgan (Polevoy, 1989). O’z navbatida, nospetsifik uzgarishlar bilan bir katorda spetsifik uzga¬rishlar ham paydo bo’ladi (ular xakida keyingi ma‘lum bir omillar¬ning ta‘sirini izoxlashda tuxtaymiz).
Stressorlar ta‘sirida umumiy oqsillar sintezining kuchsizla-nishi bilan bir katorda maxsus stress-Oqsillarining sintezlanishi qizikarli sanaladi. Masalan, makkajuxorida bunday Oqsillar harorat 45°S bo’lganda xosil bo’ladi va ular issiklik shoki Oqsillari deyiladi. Bu Oqsillarning hayotiyligi 20 soatgacha bo’lib, xujayralar chidamligini boshqaradi. Bunday Oqsillar tsitoplazmada ham - bo’lib, stress sharoitda faollashadi. Ular yadro, yadrocha, membranalarda ximoya funktsiyalarini bajaradi.
Noqulay omillar ta‘sirida xujayrada uglevodlar va ayniqsa, prolin (aminokislota) miqdori ham ko’payadi va himoya reaktsiyalarida ishtirok etadi. O’simliklarga suv yetmaganvda xujayra tsitoplazmasida (arpa, shpinat, guza) prolin kontsentratsiyasi 100 martagacha ko’paygani aniqlangan. Prolin oqsillarni denaturatsiyadan saqlaydi. Prolin to’planganda, osmotik faol organik modda bo’lganligi uchun xujayrada suvni saqlashda ham xizmat qiladi.



Yüklə 91,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə