4-mavzu Neyron. Neyron tarmoqlari. Reja



Yüklə 19,63 Kb.
səhifə1/3
tarix12.12.2023
ölçüsü19,63 Kb.
#148913
  1   2   3
4-tema


4-mavzu Neyron. Neyron tarmoqlari.
Reja:
1.Neyron haqida tushuncha.
2.Neyronlar va gliyalar.
1.Sinapslarning o`zaro o`tkazuvchanligi.
2.Sinaptik aloqalarni shakllantirish jarayonlari.
Maruzaning maqsadi: Talabalar muskul to‘qimasi to‘g‘risida tushinchaga ega bo‘lishi. Muskulning kiskarish turlari va rejimlari va uning kelib chiqish mexanizmlari, nazariyalarini bilish. Neyron va gliya xujayralari, nerv tolalarining sinflanishi va qo‘zg‘ulishlarning o‘tish qonunlari, mexnizmlari moxiyatlarini tushintirish.sinapslarning tuzilishi va qo‘zg‘alish o‘tish mexanizmlarini tushintirish.
Tayanch iboralar: mushak, neyron, sinaps, qisqarish, nerv tolalari.
Ma’ruza vaqti -2 soat.
Pedagogik vazifalar:
· Muskulla, nerv tolalari va sinapslar tushunchalarini talabalar tomonidan anglanishiga erishishni ta’minlovchi faoliyatni tashkillash;
· Muskul qisqarish mexanizmi va uning moxiyatini tushintirish.
· Nerv tolalarida qo‘zg‘alishlarning o‘tish qonunlarini tushintirish.
· Ta’limiy muammoni ifodalash, uni echish uchun hal qilinishi zarur bo‘lgan kichik muammolarni aniqlashni tashkillash;
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba quyidagilarni bajara oladi:
· Muskul tolasining tuzilishi va qisqarish mexanizmlariga tahminiy ta’rif bera oladi;
· Ta’limiy muammoni mavzuga bog‘liqligini ko‘rsatib bera oladilar;
· Nerv tolalarida qo‘zg‘alishlarning o‘tish qonunlarini va uning tibbiyotga tadbig‘i.
· Sinapslarning tuzilishi va ulardan qo‘zg‘ulishlarning o‘tish bosqichlarini sanab bera oladilar.
Ma’ruzani ta’minlanishi
Ko‘rgazmali materiallarni ta’minlash uchun multimedia texnikasi.
Maruzaning rejasi.
1. Muskullarning sinflanishi 5 min
2. Skelet muskullarining fiziologik xossalari. 15 min
3. Muskulning kiskarish turlari va rejimlari.15 min
4. Muskulning kiskarish mexanizmi. 10 min
5. Neyron va gliya xujayralari, nerv tolalarining sinflanishi. 20 min
6. Sinapslarning tuzilishi va sinflanishi. 15 min
Ma’ruza mazmuni
Odamlarda va umurtqali hayvonlarda mushaklarni 3 turi bor.
1. Skeletning kundalang – targil mushaklari.
2. YUrakning kundalang – targil mushaklari.
3. Sillik mushaklar.
Skelet muskullari bizning tayanch va harakat sistemamizning aktiv kismiga kiradi.
Muskular uzlarining qisqarishlari natijasida:
a)organizmni harakatida,
b)tananing kismlarini bir – biriga nisbatan harakat kilishga,
v)ma’lum xolatni saklab turishda,
g)issiklik xosil kilishda ishtirok etadilar.
Tana temperaturasini ushlab turishda muskullarning axamiyati juda katta, mushakni kimyoviy energiyani mexanik energiyaga va issiklikga almashtiradigan mashina deb aytishadi.
Mushaklar bundan tashkari quyidagi vazifalarni bajaradilar:
1.Retseptor funksiyani (proprio, xemo, termoretseptorlar joylashgan).
2.Suv va mineral tuzlar deposi va suv tuzlar almashinuvini boshqarishida ishtirok etadilar.
3.Mushaklar – glikogen va kislorod deposi xisoblanadi.
Skelet mushaklari odam vaznining 40% tashkil etadi, chakaloklarning 20-25%ni.Karigan sari muskullarning massasi kamayadi 25-30%gacha.Odam organizmida xammasi bulib 600 ta skelet muskuli borligi aniklangan.Skelet mushaklari kundalang – targil tolalardan tuzilgan.Tolalar ok va kizil buladi, bu tolalar fiziologik xossalari jixatidan fark kiladi.

Yüklə 19,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə