4-mavzu Neyron. Neyron tarmoqlari. Reja


Qizil tolalar. Oq tolalar



Yüklə 19,63 Kb.
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü19,63 Kb.
#148913
1   2   3
4-tema

Qizil tolalar. Oq tolalar.
1.Sarkoplazmasi kup. Kam.
2.Ingichka. Kalin.
3.Rangi kizil. Rangi ok.
4.Kovushkokligi kuprok. Kamrok.
5.Sekin qo‘zg‘aladi va kiskaradi. Tez qo‘zg‘alib kiskaradi.
6.Sekin charchaydi. Tez charchaydi.
7.CHuzuluvchan buladi, plastiklik CHuzuluvchanligi va pla-
xossasiga ega. stikligi kamrok.
Odam organizmida muskullar kizil va ok tolalardan tuzilagan. Quyonda kizil muskul – yarimpay muskuli, ok - boldir muskuli. Tolalarni joylashishiga karab muskullar quyidagi turlarga bulinadilar.
1.Paralell muskullar.
2.Duksimon muskullar.
3.Patsimon muskullar.
Mushaklarnig fiziologik xossalari.
1.Qo‘zg‘aluvchanlik.
2.Kiskaruvchanlik.
3.Utkazuvchanlik.
4.Refrakterlik.
5.Labillik.
6.CHarchashi.
7.Regeneratsiyaga moyilligi.
Mushaklarning fizikaviy xossalari.
1.CHuzuluvchanlik.
2.Elastiklik.
3.Plastiklik.
Organizmda muskullarning qisqarish turlari.
1.Izotonik qisqarish – unda kalta tortadi – yu, tarangligi doimiy bulib kolaveradi.Muskulning bemalol yuk kutarishi izotonik qisqarishga misol buladi.
2.Izometrik qisqarishda – muskul kaltalana olmaydi, masalan, muskulning ikki uchi kimirlamay yopishib turganda shunday buladi.Bu xolda muskulning tarangligi uzgarib, uzunligi uzgarmaydi.
Organizmda muskullarning tabiiy qisqarishlari xech kachon sof izotonik yoki sof izometrik qisqarishlardan iborat bulmaydi, masalan muskullar yukni kutarayotganda (kulni tirsakdan bukayotganda, oyokni tizzadan bukayotganda) kaltalanadi va shu bilan birga karama – qarshi muskullari chuzib, uz tarangligini uzgartiradi.
3.Auksotonik qisqarish – uzunligi xam, tarangligi xam uzgarmaydi.
4.Konsentrik qisqarish – muskulni qisqarishi.
5.Ekssentrik qisqarish – muskulni uzunlashishi.
Muskul tolasi membranasining tinchlik potensiali 80-90 mv, harakat potensiali 120-135 mv ga teng.Muskulga vositali ta’sir etilganda nerv oxirlariga nerv impulslari kelganda atsetilxolin ajraladi.Harakat potensiali butun muskul tolasi buylab tarkaladi.Harakat potensiali 3-5 m/sek. davom etadi.Muskulning xosil kila oladigan impulslarning maksimal soni 200-250 m/sekunda. YAkka ta’sirga muskul yakka qisqarish bilan javob beradi.
YAkka qisqarish 3 fazadan iborat:
1.Qisqarishning latent davri – oddiy usulda kayd kilinganda 0,01 sek.teng (optik usulda 0,0025 sek.).
2.Qisqarish fazasi – 0,05” }0,1 sek.
3.Bushashish fazasi – 0,05” }
Organizmda tabiiy sharoitlarida skelet mushaklariga nerv sistemasidan odatda yakka – yakka ta’sirlarni emas, balki ketma – ket tez keluvchi bir kancha nerv impulslarini olib keladi.Ritmik ta’sirotlarda muskul kuchlirok va uzokrok kaltalanadi bunday qisqarish tetanik qisqarish yoki tetanus deb ataladi.Muskulning tetanik qisqarishlari yakka qisqarishlarning kushilishi summatsiya natijasidir.Summatsiya ikki xil bulishi mumkin: chala va tula.Tula summatsiya olish uchun birinchi ta’sirotdan keyin ikkinchisi intervali 0,05” kamrok bulish kerak, chala uchun interval 0,05 sek. dan kuprok bulishi kerak.
Tetanus ikki xil buladi. 1)Tishli. 2) Sillik.
Ta’sirotlar chastotasi bir kadar kamrok bulsa – tishli tetanus chikadi, chastota katta bulsa – sillik tetanus olinadi.Tetanik qisqarish balandligi yakka qisqarishning maksimal amplitudasidan ancha ortik buladi.
G.Gelmgols navbatdagi xar bir impulsda muskul shu payt bushashib turganda kaltalanadi deb faraz kilib, bu jarayonga superpozitsiya, ya’ni qisqarishlarning taxlanishi deb nom berdi.Keyinchalik N.E.Vvedenskiy anikladiki ketma – ket keluvchi ikki ta’sirot effekti yakka qisqarishlarning arifmetik yigindisiga aslo teng bulmay, shu yigindidan gox kattarok, gox kichikrok chikishi mumkin.Bundan aniklashdiki, qo‘zg‘alishning xar bir avvalgi tulkindan keyin muskulning yangidan qisqarish xossasi ancha uzgaradi. Vvedenskiy qo‘zg‘alish va qisqarishning xar bir tulkini to‘qimada uta qo‘zg‘aluvchanlik shaklida iz koldiradi deb tushuntirdi.Ikkinchi ta’sirot muskulning qo‘zg‘aluvchanligi oshib turgan paytda kelsa, ikkinchi qisqarish amplitudasi oshadi, ritmik ta’sirotlarda esa tetanik qisqarish amplitudasi xam yakka qisqarishdagiga nisbatan kattarok buladi. E.B.Babkining fikricha, muskul xolatining tetanik qisqarishga asos buladigan o‘zgarishlari muskulda xar bir yangi qisqarishda adenozintrifosfat kislotaning ajralib chikishiga bog‘liq.Qo‘zg‘alishning navbatdagi tulkini boshlanguncha ATF tula parchalanib ulgurmaydi. Bu modda juda oz konsentratsiyada muskulning qo‘zg‘aluvchanligi va kiskaruvchanligiga katta ta’sir kursatadi, natijada muskulga kelaetgan navbatdagi xar bir impuls avvalgilariga nisbatan kattarok effekt bera oladi. 

Yüklə 19,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə