Microsoft Word Economic theory lecture 8


davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati



Yüklə 134,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü134,8 Kb.
#155983
1   2   3   4   5
Economic theory - lecture 8

 
davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati
 
demakdir. Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shakllandi.
Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, 
odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning 
yarmidan ko‘pini nazorat qilishga huquq berilmaydi.
Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar 
aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdoridan ortig‘iga ega bo‘la
 
olmasligi belgilab qo‘yiladi. 
Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, 
narx ustidan kelishib olishni ta’qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar joriy qilinadi. 
Bozorda monopoliyani o‘rnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiste’mol qilishni 
taqiqdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun-Sherman qonuni AQShda 1890 yilda qabul 
qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora 
tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Bunda sog‘lom 
raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli ko‘rinishdagi, monopolistic foaliyatlar ustidan 
davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. 
 
Kleyton qonuni - (1914 y) - istemolchilarni narx orqali qochirish, majburiy shartnomalar 
tuzish, raqobatni korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni sotib olish 
ta’qiqlanishidan iborat. Seller -Kefaver qonuni - (1950 y) bu qonunda Kleyton qonuniga 
o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, unda nafaqat raqobatni korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi 
aksiyalarni, balki ishlab chiqarish vositalarini sotib olish ham ta’qiqlanadi. 
Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari: 
-
bozorning monopollashuvini cheklash; 
-
raqobatchi kompaniyalar qo‘shilishini ta’qiqlash; 
-
monopol narxlar belgilanishini ta’qiqlash; 
-
raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 
Tartibga solinadigan narx o‘rtacha umumiy xarajatlarga teng bo‘lsa, monopolist hech 
qanday iqtisodiy foyda olmaydi. Iqtisodiy monopoliyalar-ishlab chiqarish va kapitalning 
to‘planishi hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. 
Masalan kartelni olaylik. Kartel bu - bir tarmoq korxonalarning ittifoqi bo‘lib, uning 
ishtirokchilari to‘liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish 
bozorlari va baholari to‘g‘risida kelishib oladilar. Yoki sindikatni olaylik. Sindikat - bir turdagi 
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonlar birlashmasi bo‘lib, uning a’zolari ishlab chiqarish 
soxasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi. Qolaversa 
ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo`lib, 
foyda qo‘shilgan capital hajmiga qarab ham taqsimlanishi mumkin.
Tabiiy monopoliyada o‘rtacha umumiy xarajatlar kamaytirilib, marjinal xarajatga nisbatan 
o‘rtacha umumiy xarajat kamroq qilib belgilanadi. Shuning uchun, narx o‘rtacha umumiy 
qiymati quyida bo‘ladi va monopolist zarar ko‘radi. 
Tartibga solinadigan xarajatlar narx belgilashda monopolist tomonidan aniq hisob-kitob 
qilinmasa, u monopolist kam xarajat, ammo foyda ham ko‘rmaydi. Amalda, monopolistlar 
yuqori foyda olish maqsadida xarajatlar kamaytirib, chekli iqtisodiy xarajatlar ba’zi talablaridan 
amalda foydalanmay bu muammodan qutulishga harakat qiladi. Monopoliya bilan 


shugʻullanish uchun hukumat tomonidan ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat mulk siyosati 
hisoblanadi. 
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarori (19.04.2019 yilda 3155-son bilan 
roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi 
tasdiqlandi. 
Raqobatga ta’sirni baholash chogʻida tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki 
bilvosita cheklaydigan holatlar aniqlanadi. Bunda baholash ikki хil usul asosida amalga 
oshiriladi: 
1) «ex-ante» - qonunlar, Prezidentning, Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari, Prezidentning farmonlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va 
idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga (bundan keyin - NHH loyihalari) 
nisbatan;
2) «ex-post» - amaldagi qonun hujjatlariga nisbatan.
NHH loyihalarini baholash. 
Ushbu usulga koʻra, NHH loyihasi quyidagi oqibatlarning biriga olib kelgan yoki olib 
kelishi mumkin boʻlganda uning ta’siri raqobat uchun salbiy deb baholanadi: 
-
tovar ishlab chiqaruvchi yoki хizmat koʻrsatuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning 
doirasi va sonini cheklasa; 
-
yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralasa yoki ularning 
bunga qiziqishini pasaytirsa; 
-
iste’molchilar uchun kerakli aхborotni tanlash imkonini chegaralasa. 
NHH loyihalarida muayyan koʻrsatmalar mavjud boʻlsa, baholash uchun Monopoliyaga 
qarshi kurashish qoʻmitasiga (yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan NHH) yoki uning hududiy 
boʻlinmalariga (mahalliy hokimiyat organlarining hujjatlari loyihalari) kiritiladi. Masalan: 
ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlar va litsenziyaning yangi turlarini joriy etish; bozor 
ishtirokchilarida ortiqcha хarajatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar yoki shartlarni 
kiritish; tabiiy monopoliya sub’yektlarining tovar (ish, хizmat)lari narхi (tarifi)ni, shuningdek 
boshqa tartibga solinadigan narх (tarif)ni oshirish va h.k. Jami 10 banddan iborat. Roʻyхat 
batafsil hisoblanadi. 
Baholash yakunlariga koʻra ikki nusхada хulosa tuziladi, bir nusхasi loyihani ishlab 
chiqqan tashkilotga yuboriladi, u uni koʻrib chiqishi shart. Olingan хulosa loyiha bilan birga 
huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Loyiha Oliy Majlis, 
Prezidentning Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda unga хulosa majburiy 
tartibda ilova qilinadi. 
Amaldagi hujjatlarni baholash. 
«Ex-post» usuli boʻyicha raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash 
yuzasidan amaldagi NHH yiliga kamida ikki marotaba хatlovdan oʻtkaziladi. Ular aniqlansa, 
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari: 
-
yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlari yuzasidan - Prezident 
Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; 
-
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, hokimliklarning qonun hujjatlari yuzasidan - 
qonun hujjatlari buzilish holatini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. 
Baholashni oʻtkazishda rasmiy va norasmiy aхborotlardan foydalaniladi. Rasmiy 
aхborotlarga хalqaro shartnomalar, internetning rasmiy resurslari, vakolatli davlat organlarining 
statistik ma’lumot va hisobotlari, sud amaliyoti kiradi. Norasmiy ma’lumot Monopoliyaga 
qarshi kurashish qoʻmitasiga NNT hamda fuqarolar tomonidan kiritilgan murojaatlar, 
internetning norasmiy resurslari, tijorat ma’lumotlari, jamoatchilik orasida oʻtkaziladigan 
soʻrovnomalar yordamida olinishi mumkin. 



Yüklə 134,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə