Microsoft Word haj va umra ziyouz com doc



Yüklə 192,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/39
tarix11.10.2023
ölçüsü192,52 Kb.
#126967
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Haj va umra ibodatlari (duo kitobi)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30
 «(Ey Muhammad), albatta sizga (ushbu) Qur’onni (ya’ni uni tilovat qilishni
unga amal qilishni va uni ummatlaringizga yetkazishni) farz qilgan zot, shak-
shubhasiz sizni bir qaytadigan joyga (Makkaga) qaytarguvchidir».
Ey 
Qutqaruvchi meni qutqargin, ey eshituvchi meni eshitgin, ey ulug‘ Qudrat sohibi, meni 
tuzatgin, ey (ayblarni) to‘suvchi, meni to‘sgin, ey Rahmon, menga rahm qilgin, ey 
Qaytaruvchi, meni bu Uyingga qaytargin. Unga qaytishlikni menga nasib qilgin, tavba 
qilgan holatda, ibodat qilgan holatda, sayohat qilgan, Rabbimizga hamd aytgan holatda 
so‘ng yana qaytishlikni bir necha marta nasib qilgin. 
Alloh taoloning va’dasi rost bo‘ldi, bandasiga yordam berdi, askarini aziz qildi, guruhlarni 
bir O‘zi yengdi. 
Allohim, bizga va Muhammad alayhissalom ummatlaridan bo‘lgan quruqlik va suvdagi
jamiki muqim va musofir, g‘oziy, Baytingni ziyorat qiluvchi va hoji bandalaringga 
g‘animat, ofiyat va salomatlikni yozgin. 
Allohim, meni o‘ngimdan, chapimdan, oldimdan, orqamdan, ustimdan va ostimdan to 
ahlim va yurtimga yetib olgunimcha asragin. Meni ko‘z ochib-yumguncha, undan ham 
ozroqqa ham rahmatingdan xoli qilmagin.
Allohim, bizning safarda sohibimiz va ahlimiz uchun bizdan xalifa bo‘lgin. 
Dushmanlarimiz yuzini teskari qilgin, ularni yurtlariga qaytarib yuborginki, toki biz 
tarafga o‘tishga ham, kelishga ham qodir bo‘lmasinlar. 
Allohim, buni Baytingdagi oxirgi ahdim qilmagin. Allohim, ma’siyatni tark etishlik bilan 
meni boqiy qoldirganingcha menga rahm qilgin, bema’ni narsaga berilishdan saqlab 
rahm qilgin. Mendan rozi bo‘ladigan narsalaringga chiroyli nazar qilishlik bilan meni 
rizqlantirgin. 
Allohim, ko‘zim bilan meni manfaatlantirgin va uni mendan voris qilgin. Dushmanlardan 
o‘chimni ko‘rsatgin, menga zulm qilganlarga qarshi menga yordam bergin. 
Allohim, Sen bilan xafachilik, g‘amdan panohlanaman, Sen bilan ojizlik va 
dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan panohlanaman, Sen bilan qarzdorlik bosib 
qolishidan, kishilarning zo‘ravonligidan panohlanaman. 
Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni va O‘zing rozi bo‘ladigan amallarni 
so‘rayman.
Allohim, Sen safarda sohibsan va ahlu ayolga xalifasan.
Allohim, Sen bilan safar mashaqqatlaridan, tushkun ko‘rinishdan va molim, ahlim va 
bolalarimda yomon o‘zgarishdan panohlanaman. 
Allohim, afving bilan tong ottirdik, ofiyating bilan qo‘zg‘oldik. 
Allohim, biz uchun yerning tanobini tortgin, (yo‘limizni yaqin qilgin) va safarni bizga 
yengil qilib, yomon o‘zgarishdan bizni salomat qilgin. Yaxshilikka yetkazuvchi Allohim, 


Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
meni xayriyatga yetkazgin, o‘zingdan menga satr (ayblarga to‘siq), rozilik, ato et, 
xayriyat Sening qo‘lingdadir, albatta Sen har bir ishga qodirsan. 
Allohim, bizga safarni yengil qilib, yo‘lni yaqin qil. Allohim, safarda tong ottirdik, Sen 
bizning ahlu ayolimizda xalifa bo‘lgin. 
Allohim, oldimdan, orqamdan, o‘ngimdanu chapimdan va ustimdan meni saqlagin. Va 
ostimdan menga xoinlik qilishlaridan Azamating bilan panohlanaman, ey rahm 
qiluvchilarning rahmlirog‘i, ey olamlarning Robbisi! 

Yüklə 192,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə