Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/150
tarix28.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#113763
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

Aqliy dalillar haqida
Bilgilki, bu bobdan ko‘zlangan maqsad ilmning fazilati va nafosatini bilishdir. Ammo 
«fazilat» so‘zining ma’nosi ayni o‘rnida tushunilmasa, uning nima maqsadda ilm yoki 
undan boshqa narsalarga sifat bo‘lib kelgani ham tushunilmaydi. Darhaqiqat, birovning 
hakimligi yoki hakim emasligini «hikmat» so‘zining ma’nosidan kelib chiqib anglashiladi. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22
«Fazilat» so‘zi ziyodalik ma’nosidagi «fazl» so‘zidan olingan. Agar ikki narsada bir xil 
sifat mavjud bo‘lib, birining sifati boshqasinikidan ko‘proq bo‘lsa, afzalroq, ziyodaroq, 
deyiladi. Bunda mazkur narsaning mukammalligiga dalolat qiluvchi ziyodalik miqdori 
ahamiyatli emas. Masalan, ot eshakdan afzal, deyilsa, ot bilan eshak yuk tashishda teng
ammo ot chopish, tez yurish va chiroyli suratda eshakdan ortiqroq, afzalroq ekani 
tushuniladi. Hatto birorta eshak otdan kattaroq bo‘lsa-da, u otdan afzal deyilmaydi. 
Chunki eshak jussada otdan kattaroq bo‘lgani bilan yuqoridagi ma’nolarda ustun emas 
va u mukammallikka dalolat qilmaydi. 
Shu singari, ilmning fazilati ham boshqa sifatlar bilan qiyoslanganda anglashiladi. Tez 
yugurishda ot eshakka nisbatan afzal sanalsa-da, u mutlaq fazilatli emas. Ilm esa aynan 
fazilatdir, boshqa narsaga qiyos qilinmaganida ham mutlaq afzal bo‘lib qolaveradi. Zero, 
ilm Alloh taoloning komil sifati, maloika va payg‘ambarlarning sharafidir. 
Bilgilki, nafis marg‘ub narsa uchga bo‘linadi: boshqa narsa u orqali yetiladigan, aynan 
o‘sha narsaning o‘ziga yetiladigan va o‘zidagi hamda boshqadagi narsaga barobar 
yetiladigan narsalar. 
«Aynan o‘zi istaladigan narsa» «boshqasiga u orqali yetishiladigan narsa»dan ustundir. 
«Boshqasiga u orqali yetishiladigan narsa»ni oltin va kumush misolida ko‘rish mumkin. 
Alloh taolo u ikkisini o‘zaro muomala vositasi qilib qo‘ymaganida, oddiy toshdan farqi 
bo‘lmas edi. 
«Aynan o‘zi istaladigan narsa» oxirat saodatiga erishish va Allohning jamolini ko‘rish 
lazzatidir. 
«Aynan o‘zi va boshqasi uchun istaladigan narsa» esa, badan salomatligidir. Chunki kishi 
maqsad-hojatlariga erishishi uchun ham, o‘zi uchun ham tan-joni salomat bo‘lishi 
kerak. Shu e’tibor bilan qarasak, ilm lazzatli va ayni talab qilinadigan narsa ekani
shuningdek, uning saodatga eltuvchi yo‘l va Allohga yaqinlashtiruvchi vosita ekani 
bilinadi. 
Odam farzandi yetishi mumkin bo‘lgan eng ulug‘ martaba, eng oliy daraja saodati 
abadiyadir. Demak, unga vasila bo‘ladigan narsa eng afzal narsa. Saodati abadiyaga ilm 
va amalsiz hargiz erishish mumkin emas. Amalga esa, qanday amal qilish ilmini 
bilmasdan erishish mahol. Dunyo va oxiratdagi saodatning asosi ilmdir. Shu jihatdan ilm 
amallarning eng afzalidir. Nega bunday bo‘lmasin?! Axir bir narsaning fazilati uning 
samarasi bilan bilinadi. Bildikki, ilmning samarasi olamlar Parvardigoriga qurbat hosil 
qilish va farishtalar darajasiga erishish ekan. Bu narsalar oxiratga oid ilmning 
foydalaridir. 
Ilmning dunyodagi manfaatlari esa, azizlik, viqor, hukmdorlarga so‘zi ta’sir qilishi va 
boshqalar tarafidan hurmatga sazovor bo‘lish kabilardir. Hattoki har bir millatning esi 
pastlari ham olimlarni ilmlari tufayli hurmat qiladi. Bu narsa ilmning mutlaq fazilatidir. 
Qolaversa, ilmlar ham bir-biridan fazilatda farq qiladi, bu haqda keyinroq to‘xtalamiz. 
Ta’lim berish va ta’lim olish fazilat ekani biz zikr etgan narsalarda ochiq ko‘rinib turgan 
ishdir. Zero, ilm eng afzal narsa bo‘lgach, uni o‘rganish va o‘rgatish ham afzal ish 
bo‘ladi. Buni quyidagicha bayon qilishimiz mumkin. Insonlarning g‘oyasi, maqsadi din va 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə