Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Iqtisodiy strategiyani shakllantirish tartib qoidalari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/135
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84095
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Iqtisodiy strategiyani shakllantirish tartib qoidalari. 
Korxonaning 
ishlab chiqarish  strategiyasi va uning aniq bo’linmalari uning iqtisodiy 
strategiyasi asosida ishlab tayyorlanadi. Shu bilan korxonaning iqtisodiy 
strategiyasini shakllanish tartib va qoidalari jarayoni to’g’risida aniq 
tasavvurga ega bo’lish zarurdir, negaki bularning ko’pidan ishlab chiqarish 
strategiyasini ishlab chiqishda foydalanish mumkin. 
 
Iqtisodiy strategiyaning shakllashini quyidagi etaplarga ajratish 
mumkin:  
1. Firmaning tashqi muhitini yig’diruvchanligi tahlili va unga ko’proq mos 
keluvchi strategik boshqarish turini tanlash. 
2. Firma erishgan raqobatbardoshlik darajasini tahlili va lokal strategik 
maqsadlarni aniqlash natijasida tashqi muhitning o’zgaruvchan darajasi 
sharoitida firmaning raqobat ustunliklarini ta`minlaydi. 
3. Firmaning strategik potensialini kuchaytirish hisobiga strategik maqsadga 
iqtisodiy samaraliroq erishish vositalarini tanlash. 
4. Firmani ijtimoiy va texnik rivojlantiruvchi strategik dasturlarini ishlab 
chiqarish va qo’llash. 
 
Iqtisodiy strategiya boshqa iqtisodiy sistemalar singari quyidagi 
savollarga javob beradi: 
- nima va qancha ishlab chiqarish kerak? 
- qanday qilib va qanday jihozlar bilan ishlab chiqiladi? 
- kim uchun va qachon ishlab chiqariladi ? 
Bu savollarga javob berish uchun, firmaning iqtisodiy strategiyasi tartib 
va qoyidlarni ishlab chiqarish kerak: 
- mamlakatda va uning tashqarisida raqobat ustunliklariga ega bo’lish 
sharoitlarini o’rganish; 
- firmaning missiyasiga to’g’ri keluvchi, tovar va xizmatlar potensial 
bozorini o’rganish, hamda shunday strategik maydonlarni egaligini tanlash 
lozimki, u firmaning tashqi bukuluvchanligini uzoq davrga ta`minlashga 


 
26
qodir bo’lishi kerak, ya`ni firma faoliyatini iqtisodiy tomondan, siyosiy
huquqiy ijtimoiy-madaniy, ilmiy -texnika va ekologik nuqtai nazarlarga 
mutannosib ravishda olib borishga imkon berish kerak. 
- mamlakatda va uning tashqarisidagi potensial xaridorlarning individual va 
ishlab chiqarish ehtiyojlarini yuqori darajada qondira oluvchi firmaning 
tavarlari xilma-xilligini shakllantirish. Buning natijasida esa firma o’z 
faoliyatiga yarasha foyda olib va ishlab chiqarish dasturini kengaytirishga 
imkon yaratish;  
- firmaning ixtiyorida bo’lgan resurslardan eng yuqori unumdorlik 
(rentabellik) darajada foydalanishni taqsimlash; 
- firmani uzoq davr mobaynida mustahkam holatini ta`minlovchi samarali 
baholash siyosatini shakllantirish
- milliy iqtisodiyot doirasida va uning tarmoqlarida, shuningdek firma 
ichida inqiroz belgilarini oldindan aniqlab, uni bartaraf etish. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə