Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


balansi bir tomondan xo‘jalik (korxona, tashkilot) mablag‘larini turlari va



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
iqtisodiy statistika

balansi bir tomondan xo‘jalik (korxona, tashkilot) mablag‘larini turlari va 
joylanishiga ikkinchi tomondan esa tashkil topish manbaiga qarab ma’lum 
vaqtga pul ifodasida umumlashtirib aks ettirish usulidir
Buxgalteriya balansining umumiy sxemasi 
AKTIV 
PASSIV 
Xo‘jalik mablag‘larining turlari, 
joylanishi va ulardan
foydalanish 
Xo‘jalik mablag‘larining tashkil bo‘lish 
manbalari va qaysi maqsadga 
mo‘ljallanganligi 
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv tomonlarining ayrim ko‘rsatkichlari 
balans moddalari deb ataladi. Aktiv va passiv tomonlarining iqtisodiy mazmuni 
yoki ishlatilish maqsadlariga bir - biriga yaqin bo‘lgan ko‘rsatkichlari (moddalari) 
guruhlarga birlashtirilgan. Guruhlar birlashtirilib bo‘limlarni tashkil qiladi. Hozir 
qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansi 2 bo‘limdan iborat. Balansining aktiv 
tomonida xo‘jalik mablag‘larining turlari bo‘yicha qoldig‘i ko‘rsatiladi: asosiy 
vositalar, materiallar, yoqilg‘i, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, 
tovarlar, kassadagi va bankdagi pul mablag‘lari, jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha 
haridorlardagi va debitor qarzlardagi mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar va shu 
kabilar.
Balansning passiv tomonida quyidagi moddalar ko‘rsatiladi: ustav fondi, 
rezerv fondi, tovar yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar, bank 
ssudasi, mehnat haqi bo‘yicha ishchi - xizmatchilar bilan hisob - kitoblar, foyda va 
shu kabilar. 
Buxgalteriya balanslari sub’ektning mulkchilik shakliga, tuzilgan vaqtga, 
axborot hajmiga va boshqa belgilariga qarab guruhlanishi mumkin. 
Sub’ektning mulkchilik shakliga ko‘ra balanslar davlat, aksioner 
jamiyatlari, shirkat, qo‘shma, xususiy korxonalar balansi bo‘lishi mumkin. 
Tuzilish vaqtiga qarab, buxgalteriya balanslari kirish (boshlang‘ich), joriy, 
birlashtirish va ajratish (bo‘lish) hamda tugatish balanslari bo‘lishi mumkin. 
Korxonaning xo‘jalik faoliyati boshlanishida tuzilgan balans, kirish yoki 
boshlang‘ich balans deyiladi. Unda faoliyat boshlanmasdan korxona qancha 
mablag‘ga ega bo‘lib, ular qaysi manbalardan tashkil topganligini ko‘rsatadi. 
Korxonalar me’yoriy hujjatlar asosida ko‘rsatilgan muddatlarda doimiy 
tuzadigan balanslari joriy balanslar hisoblanadi. Korxona o‘z faoliyatlarini 
tugatayotganda tuziladigan balanslar tugatish balanslari deyiladi. Korxonalarning 
bir nechtasi birlashganda tuzilgan balans birlashtirish balansi deyiladi. 
Korxona bir nechta mayda korxonalarga bo‘linganda tuzilgan balans 
bo‘lish balansi, agarda biror qismi boshqa korxonaga berilayotganda tuzilgan 
balans berish balansi deyiladi. 


143 
Buxgalteriya balanslari axborot hajmi bo‘yicha dastlabki va yig‘ma 
(jamlama) balanslarga guruhlanadi. Korxona buxgalteriya hisobi asosida tuzilgan 
balans dastlabki (birlamchi) balans hisoblanadi. Yuqori tashkilotlarda (uyushma, 
birlashma, jamiyatlar, vazirliklar kabi yuqori idoralarda) korxonalarning dastlabki 
balanslari asosida tuzilgan balanslar yig‘ma (jamlama) balans deyiladi.
Korxonalar uchun balans tuzish va uning moddalarini baholanishi 
qonunlashtirilgan tartibi o‘rnatilgan. Buxgalteriya balanslarida asosiy vositalar 
boshlang‘ich qiymatda, boshqa mablag‘lar esa haqiqiy tannarxda ko‘rsatilishi 
kerak. Balansda ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqiy (real) bo‘lishi kerak. Buning 
uchun balans moddalarining ko‘rsatikchlari ma’lum davrlarda inventarizatsiya 
qilinib turilishi zarur. 
Buxgalteriya balanslari har bir xo‘jalik hisobidagi korxona a tashkilotlarda 
joriy oy tamom bo‘ladigandan keyin, chorakda va yilda tuziladi. Buxgalteriya 
balansining shakli Respublika Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
Tashkilotlarning (korxonalari) buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi 
bo‘limlar: 
1 - bo‘lim: Uzoq mudatli aktivlar; 
2 - bo‘lim: Joriy aktivlar; 
Passiv tomoni bo‘limlari: 
1 - bo‘lim: O‘z mablag‘lari manbalari; 
2 - bo‘lim: Majburiyatlar.
Demak, korxona mablag‘larining barchasi foydalanish muddatiga qarab 2 
guruhga (uzoq muddatli va joriy (aylanma) mablag‘larga bo‘linar ekan. 
Korxonaning barcha mablag‘lari 2 manbadan: o‘z mablag‘lari manbai va chetdan 
jalb qilingan (majburiyatlar) mablag‘lar manbaidan tashkil topar ekan. 
Buxgalteriya balansida ko‘rsatilgan summalarga qarab umumiy dastlabki 
xulosalar qilish mumkin. Albatta avtotransport korxonasida, GESlarda va shu kabi 
korxonalar balansida asosiy vositalar, ya’ni uzoq muddatli aktivlar juda katta 
summani va balans summasining katta qismini tashkil etadi. Faqat ishlab chiqarish 
bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda xom ashyo va materiallar moddasida katta 
summa bo‘lib, tovarlar qatorida summa bo‘lmaydi. Faqat savdo bilan 
shug‘ullanuvchi korxonalarda uning teskarisi, xom ashyo va materiallar bo‘lmaydi, 
tovarlar esa katta summani tashkil etadi. Buxgalteriya balansi moddalari 
summalariga qarab, korxona faoliyati natijalari qanday ekanligi, moliyaviy holatini 
(mustahkamligini) baholash mumkin. Moliyaviy mustahkam korxonalarda 
mablag‘larining asosiy qismi, o‘z mablag‘laridan tashkil topgan, joriy aktivlari 
(aktiv II bo‘lim), majburiyatlardan (balans passivi, II bo‘lim) ko‘p bo‘lishi lozim. 
Masalan, ikki korxona balanslarining jami summalari 26 mln so‘mdan, lekin 
ularning mablag‘larining joylanishi va tashkil topish manbalari quyidagicha: 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə