Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
iqtisodiy statistika

2. Korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar statistikasi 
Korxonalar moliyaviy holatini o‘rganish muhim bo‘lib, uning holati korxona 
xodimlariga ham, bu korxona bilan hamkorlik qilayotgan boshqa sub’ektlarga ham 
zarur. Korxonaning moliyaviy holati yaxshi bo‘lsa, yangi texnika va texnologiyani 
sotib olib, turli faoliyatlar bilan shug‘ullanib (qimmatbaho qog‘ozlar bozorida va 
shu kabilardir), iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, natijada barcha xodimlarni 
qo‘shimcha (ish haqidan tashqari) moddiy rag‘batlantirishga imkoniyat yaratiladi. 
Korxonaning moliyaviy holatining yaxshiligi bu korxona bilan hamkorlik 
qilayotgan barcha sub’ektlarga ham ijobiy xom ashyo yetkazib beruvchilar vaqtida 
sotgan xom ashyo qiymatini oladi, davlatga muddatida soliqlar to‘lanadi, 
investorlar esa ma’lum darajada foyda oladilar (dividend va boshqa shakllarda). 
Agarda korxonaning moliyaviy holati yomon bo‘lsa, yuqoridagilarning aksinchasi, 
faoliyatni rivojlantirishga mablag‘ yetishmaydi, soliqlar va jamg‘armalarga 
ajratmalar vaqtida to‘lanmaydi, qo‘shimcha rag‘batlantirish emas, xodimlarga ish 


145 
haqi ham vaqtida berilmaydi, kreditorlarga qarzlar muddati kelgach qaytarilmaydi, 
natijada korxona bankrotlik holatiga borib qoladi. 
Shuning uchun ham bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislar korxonalar 
moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni yaxshi o‘rganib, ularni amaliyotda 
muntazam ravishda tahlil qilib borishlari lozim bo‘ladi. Umuman olganda 
korxonalar (korxonalar deganda faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlar tushuniladi) 
moliyaviy holati juda ko‘p omillarga bog‘liq: 

mavjud asosiy vositalar (mashina, uskunalar) texnik holati va ulardan 
samarali foydalanishga; 

hom ashyo, material va boshqa ishlab chiqarish resurslaridan 
tejamkorlik va unumli foydalanishga; 

ishlab chiqarishni tashkil etish, sifatli va talabga javob beradigan 
mahsulotlar ishlab chiqarishga; 

mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalanib, ularni to‘g‘ri 
ishlatishga (sarflangan); 

mahsulot tannarxi va faoliyat moliyaviy natijalarga va hakozalar. 
Shuning uchun ham korxonalar moliyaviy holatiga kompleks ko‘rsatkich 
bo‘lib, uni baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi. Iqtisodchi olimlarning 
fikricha korxonalar holatini to‘liq baholash uchun 80 dan ortiq ko‘rsatkichlarni 
hisoblab, o‘rganish lozim ekan (Shodiyev. 248 bet, MMst. 248 bet). 
Korxonalar moliyaviy holatini baholashda iqtisod fanlari doktori, professor 
E.A. Akramov iqtisodchi olimlarning tavsiya etgan ko‘rsatkichlarini o‘rganib, 
ularning barchasini umumiy va xususiy ko‘rsatkichlarga ajratish kerakligini 
ta’kidlaydi. Korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar 
qo‘yidagilar: 
1. Mustaqillik koeffitsienti – bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari 
manbaini (O‘zM) barcha mablag‘larining umumiy summasiga (balans jamiga, BJ) 
bo‘lib topiladi. 
Must.k = 
BJ
М
Uz
.
;
Bu yerda Must.k – korxonaning mustaqillik koeffitsienti: 
Bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari mavjud barcha mablag‘larining 
qancha hissasini tashkil etishini bildiradi. Ma’lumki korxonaning o‘z mablag‘lari 
manbaining hissasi qancha ko‘p (katta) bo‘lsa, korxonani shunchalik mustaqil, 
ya’ni boshqa qarz manbalarida shuncha kam qaramligini bildiradi. 
2. Likvidlik koeffitsienti (Likv.k) – korxonaning joriy aktivlar summasini 
(balans aktiv qismi II “Joriy aktivlar” ja’mi summasi, JA) joriy majburiyatlar 
(J.M.) summasiga bo‘lib topiladi. Joriy majburiyatlar summasi balans passivi II 
“Majburiyatlar” ja’mi summasidan uzoq muddatli qarz va uzoq muddatli bank 
kreditlarini ayirib topiladi. 
Likv. k. = 
J
М
J
А

Bu ko‘rsatkich majburiyatlarning to‘lov muddati kelganda qanchalik joriy 
aktivlari bilan qoplab,to‘lanadi degan savolga javob beradi. Shuning uchun ham 
ayrim adabiyotlarga bu ko‘rsatkichni qoplash koeffitsienti deb ham yozishadi. 


146 
3. Barqarorlik koeffitsienti (Barq.k) – korxonaning o‘z mablag‘lari manbaini 
(O‘z.M) qarz majburiyatlarning umumiy summasiga (Qarz.M) bo‘lib topiladi. 
balans passivi I bo‘lim ja’mi 
Barq.k = 
=

М
Qarz
М
z
O
.
'
------------------------------------------ 
balans passivi II bo‘lim ja’mi 
Bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari nechog‘lik qarz majburiyatlarini 
qoplaydi degan savolga javob beradi. Albatta ma’lumki korxonaning o‘z 
mablag‘lari manbai, qarz majburiyatlaridan ko‘p bo‘laganligi ya’ni bu koeffitsient 
>
1 (birdan katta) yaxshidir. 
4. Korxonalar ish faollligi koeffitsienti (KIFK) – korxonalarning ma’lum bir 
davrda (ko‘pincha bir yilda) mahsulotlarni sotishdan, xizmat ko‘rsatishdan tushgan 
mablag‘lar summasini (STM) balansning jamiga ya’ni barcha aktivlar summasiga 
(BJ) bo‘lib topiladi. 
KIFK - 
BJ
S
ТТ

Bu ko‘rsatkich, korxona mavjud mablag‘laridan foydalanib, ularning har bir 
so‘miga (100,1000 sumiga) necha so‘mlik mahsulot sotdi yoki xizmat ko‘rsatdi 
degan ma’noni anglatadi. Demak korxonaning mavjud mablag‘lardan foydalanish 
samaradorligini ko‘rsatadi. Mablag‘larning foydalanish samaradorligi korxonaning 
moliyaviy holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə