117
2. Xodimlarning ish vaqti ko‘rsatkichlari
statistikasi
Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakatini statistik o‘rganish
bilan
birga, xodimlarning ish vaqtidan foydalanishini ham har tomonlama o‘rganadi.
Bunda quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
Kalendar ish vaqti fondi – bir yil (oy, chorak) – 365 kelendar kun
hisoblanib, korxonadagi xodimlar soniga ko‘paytirib topiladi. Tabel ish vaqti fondi
– bu kalendar ish vaqtidan dam olish va bayram kunlarini
chiqarib tashlanganiga
teng. Demak 365 kundan dam olish kunlarini (taxminan – 52 kun) va bayram
kunlarini (9 kun) ayirib tashlasak 304 kunga teng bo‘ladi.
Albatta korxona
xodimlari ta’til olish huquqiga ega. Demak tabel ish vaqtidan xodimlarning
o‘rtacha ta’til kunlarini chiqarib tashlasak maksimal
imkoniyatli ish vaqti kelib,
uni xodimlar soniga ko‘paytirsak maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi kelib
chiqadi.
Xodimlarning ish vaqti mehnat qilishning me’yori bo‘lib, ishlagan kishi-soat
yoki ishlangan kishi-kunlarda ifodalanadi. Ishlangan kishi-soatlar
vaqtni aniqroq
belgilab, unda soatlab bo‘sh turishlar (turli sabablarga ko‘ra-xomashyo
yetishmasligi, elektr energiya yo‘qligi va shu kabilar), ishga kech kelish yoki erta
ketish soatlari kiritilmaydi.
Korxonadagi mavjud ma’lumotlardan foydalanib,
yuqoridagi ish vaqti
fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash mumkin.
Kalendar ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti (KIVF) ishlangan kishi
kunlarni kalendar ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi.
Tabel ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (TIVF) ishlangan kishi kunlarni
tabel ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi.
Maksimal imkoniyatli ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (MIVF)
ishlangan kishi / kunlarni maksimal imkoniyatli ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi.
Bu ko‘rsatkichlar ichida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish
koeffitsienti muhimroqdir.
Dostları ilə paylaş: